50
Kerakli reaktiv va asboblar:
So’ndirilgan ohak,distillangan suv,HCl,kimyoviy
stakanlar,probirkalar,shisha tayoqcha, filtr qog’ozi,lakmus.
Ishning borishi: Xlorli ohakning olinishi (Tajriba murili shkafda olib boriladi) Hajmi 50-
100 ml bulgan silindrga 2 g toza so‘ndirilgan ohak (kalsiy gidroksidi) solib, ustiga 10-15 ml
distrllangan suv quying va shisha tayoqcha bilan yaxshilab. aralashtiring. Hosil bo‘lgan
aralashmani muzli suvda sovitib (nima uchun sovitish kerak?) unga 10-20 minut davomida
vodorod xloriddan tozalangan xlor yuboring. (Bu qanday qilinadi?).
Reaksiya tenglamasini
yozing.
a) olingan mahsulotning bir qismiga 10 ml suv qo‘shing va erimay qolgan cho‘kmadan
filtrlang. Olingan eritmaning indiso eritmasiga va biror rangli matoga ta’sirini sinab ko‘ring.
Kuzatilgan hodisalarni izohlang:
b) olingan xlorli oxak eritmasining bir qismiga kislotali muxit hosil bo‘lguncha, 1 i li sulfat
kislota eritmasidan quying va extiyotlik bilan hidlang. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini
yozing. Xlorli oxakning konsentrlangan eritmasi kizdirilganda nima sodir bo‘ladi?
HClO-HBrO-
HIO qatori bo’yicha kislota kuchi qanday o‘zgaradi? Bu kislotalarning eritmalarida qanday
ionlar bo‘ladi? Qator bo‘yicha barqarorlik va oksidlovchilik xossalar kanday o‘zgaradi?
Bertole tuzining xossalari.
(Tajriba murili shkafda o‘tkaziladi).
1. Kichknia chinni kogachaga bertole tuzi kristallaridan bir necha bo‘lakchasini soling va uni
3-1 tomchi 96% li konsentrlangan sulfat kislota bilan ho‘llang.- Nima kuzatiladi?
Shunday
tajribani konsentrlangan xlorid kislota bilan xam takrorlang. Bu holda nima kuzatdingaz?
Reaksiya tenglamalarini yozing. Bertole tuzining oksalat kislotasi bilan ta’siri natijasida kanday
mahsulotlar hosil bo‘ladi?
2. 0,5 g. maydalangan bertole tuzi kristallari bilan teng mikdordagi shakar pudrasini
tayoqcha bilan aralashtiring Ehtiyot bo’ling ). Aralashmani tigel qopkosiga soling va (murnli
shkaf ogtida) 3-4 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizing. Nima sodir bo‘ladi?
Qilingan
tajribalar bertole tuzining qaysi xossalarini ko‘rsatadi?
Nazorat savollari.
1.Qaysi oksidlovchidan foydalanilganda, xlor gazi ajralib chiqishi shiddat bilan boradi?
2.Xlor gazi qanday rangga ega?
3.Xlor gazi ajralib chiqayotgan probirkaga natriy tiosulfat eritmasidan
tomizilsa qanday hodisa
kuzatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: