Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ishning borishi: 4- rasmda keltirilgan asbobdan foydalanib xlor oling. Asbobning gaz
chiqaruvchi nayini distillangan suv solingach (1\2 hajmgacha) konussimon (30-50, ml li) kolbachaga tushiring va 3-4 minut davomida xlor yuboring. Kolba og‘zini probka bilan berkitib keyingi tajriba uchun qoldiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. a) marganets (II) xlorid hosil bo‘lishini hisobga olib xlor olish. b) xlorning suv bilan ta’sirini, oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko‘rsating. Olingan eritmaning rangi va hidiga e’tibor bering (ehtiyot bo‘ling). a) Xlorli suvning lakmus va indigo eritmalariga ta’siri. Ikkita probirka olib, ularning biriga lakmus, ikkinchisiga ega indigo eritmasidan 4-5 tomchi tomizib va xai biriga 2-3 -tomchi xlorli suvdan qo‘shib chayqating. Lakmusning qizarishini va indigo eritmasining rangsizlanishini tushuntirib bering. b) Probirkaga 2-3 ml xlorli suv quying va unga natriy gidroksid eritmasidan aralashtirib turib tomizing. Xlorli suvning rangi va hidi yo‘qolishi qanday tushuntiriladi? Xlor va suv orasidagi reaksiya muvozanatiga ishqor qanday ta’sir ko‘rsatadi? Le-Shatelye prinsipini ta’riflang. Probirkaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan qo‘shing (kislotali muhit hosil qilguncha), eritmaning hidi o‘zgardimi? Olingan natijalarni tushuntiring. Gipoxlorid kislotani qanday olish mumkin (eritmada)? Gipoxlorid kislotasiga qanday o‘zgarishlar xarakterli? Bu o‘zgarishni amalga oshiradigan sharoitlar qanday bo‘ladi? Nazorat savollari 1. Xlorli suvning rangi va hidi yo‘qolishi qanday tushuntiriladi? 2. Xlor va suv orasidagi reaksiya muvozanatiga ishqor qanday ta’sir ko‘rsatadi? 3. Gipoxlorid kislotani qanday olish mumkin (eritmada)? 4. Xlor va fosforning qaysi biri oksidlovchi va qaysi biri qaytaruvchi ekanligini ko‘rsating. 5.Temir xlorlanganda qanday modda hosil bo’ladi? 6.Xlorning murakkab moddalar bilan reaksiya tenglamalarini yozing Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling