Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
Kislorodning xossalari.
1. Temir qoshiqchaga oltingugurtning nuxatday bo‘lakchasini oling. Mo‘rili shkaf tagida gaz gorelkasining alangasida yondiring. Yonayotgan oltingugurtning alangasi pasiga va o‘lchamiga ahamiyat bering. Yonayotgan oltingugurtni kislorodli bankaga tushiring. Oltingugurtri kislorodda va havoda yonishini izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. 2. Temir qoshiqchaga bir bo‘lakcha yog‘och ko‘miridan soling alangada qizdiring va kislorodni bankaga tushiring. Ko‘mirning kislorodda yonishida qanday o‘zgarish kuzatiladi? 3. Temir qoshiqchaga oz miqdorda qizil fosfor olinib, gorelka alangasida yondiriladi va kislorodli bankaga tushiriladi. Bu yerda ham fosforning havoda va kislorodda yonishiga ahamiyat bering. Fosfor yonib bo‘lgandan keyin idish og‘zini mahkamlang va hosil bo‘lgan mahsulotni suvda erib ketishi uchun yaxshilab chayqang. Qizil va ko‘k lakmus qogozi bilan fosforning yonishi natijasida hosil bo‘lgan oksid eritmasini sinab ko‘ring. Nima uchun lakmusning rangi o‘zgaradi? Hosil bo‘lgan fosforning oksidi oksidlarning qaysi turiga kiradi? O‘tkazilgan tajribalar asosida kislorodning xossalari to‘g‘risida qanday xulosaga kelish mumkin? O‘tkazilgan reaksiyalariing tenglamalarini yozing. Indikator qanday tusga kiradi? Xuddi shunday tajribani ko‘mir (pista ko‘mir) bilan ham bajaring va tegishli xulosalar chiqaring. 4. Natriyning kislorodda yonishi. Kattaligi gugurt kallagidek keladigan kichkinagina natriy bo‘lakchasini oksid pardadan tozalab temir qoshiqchaga soling va gorelka alangasida ohista qizdiring. So‘ngra uni kislorod to‘ldirilgan bankaga kiriting va shiddatli yonishini kuzating. Qoshiqchada hosil bo‘lgan oq kristallik moddani disstillangan suvli stakanchaga botiring va 1-2 tomchi fenolftaleni eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Keyingi ikkita tajribada kuzatilgan natijalarni quyidagi jadvalga yozing. Eritmaning tarkibi Indikator qogozining rangi Eritmaning rn qiymati. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling