Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi
- Sulfit angidridni xossalari.
Ishning maqsadi: Oltingugurtning kislorodli birikmalarini olinishi va xossalarini o’rganish
58 Kerakli asbob va reaktivlar: Quruq yoq’ilg’i,temir qoshiqcha,oltingugurt,probirkalar,sulfat kislota,pipetka,ishqor eritmasi,fuksin eritmasi,kaliy bixromat va kaliy permanganat Ishning borishi:Sulfit angidridning olinishi. (Tajriba mo‘rili shkafda olib boriladi). 1. Oltingugurt havoda yonganda nima hosil bo‘ladi? Temir qoshiqchaga oltingugurtning no‘xatdek bo‘lagini soling va gorelka alangasiga tuting. Oltingugurtning havoda yonishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing. 2. Probirkaga natriy sulfitning bir necha kristallaridan soling va 70% li sulfat kislotadan 2- 3 tomchi quying. Ajralib chiqayotgan gazning hidini sinab ko‘ring va reaksiya tenglamasini yozing, massalar ta’siri konuni asosida jarayonning yo‘nalishini tushuntiring. 3. Probirkaning 1/3 qismigacha natriy Na 2 S0 4 kristallaridan soling va 1-2 ml 4 n sulfat kislota eritmasidan quying. Probirkani tezlik bilan gaz chiqaruvchi nay o‘tkazilgan probka bilan berkiting.Ajralib chiqayotgan gazni avvaldan tayyorlangan lakmusni neytral eritmasi va distillangan suv solingan probirkalarga yuboring. Lakmus rangining o‘zgarishini tushuntiring. Sulfit angidrid, sulfit kislota olish reaksiya tenglamalarini yozing. Sulfit angidridning suvdagi eritmasining muvozanat sxemasini ko‘isating. Bu muvozanatdagi reaksiyani qizdirganda yoki ishqor eritmasi qo‘shganda qanday o‘zgarish kuzatiladi? Muvozanatning siljishini qanday tushuntirasiz? 4. Probirkaga 2 ml fuksin eritmasidan quying va unga sulfit angidrid gazini yuboring. Nima sodir bo‘ladi? Eritmani qizdiring. Nima kuzatiladi? Bu hodisalar qanday tushuntiriladi? Sulfit angidridni xossalari. 1. Probirkaning 3/2 qismigacha natriy gidroksid eritmasidan quying. Bunda ketma-ket qanday tuzlar hosil bo‘ladi? Bu tuzlarni qizdirilganda qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi? Reaksiyalarning tenglamalarini yozing. 2. Qator probirkalarga 5 ml dan xlorli suv, bromli suv va sulfat kislota bilan kislotali muhitga keltirilgan permanganat va bixromat kaliy eritmalaridan quying. Probirkalardan navbatma- navbat sulfit angidrit oqimini o‘tkazing yoki sulfitli suvdan quying. Nima sodir bo‘ladi'? Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Bunda sulfit angidrit qanday xossani iamoyon qiladi? 3. Probkikaga 1-2 ml vodorod sulfidli suv va sulfitli suv eritmasidan quying. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Bu holda sulfit kislota qanday xossani namoyon qiladi? Gazsimon sulfit angidrit va gaz vodorod sulfidlar o‘zaro ta’sir etganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling