Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Gazlar bilan ishlash. Gazlar bilan ishlashning umumiy uslublari
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33 – rasm. Gaz yig’ish uchun egik naychalar. GAZLARNI YIG‘ISH USULLARI
Gazlar bilan ishlash. Gazlar bilan ishlashning umumiy uslublari. Laboratoriyada gazlar olish uchun eng oddiy asboblar: kichik kolbachalar, silindrsimon (agar ochiq alangada isitish kerak bo‘lsa) va konussimon probirkalardan foydalanish mumkin. Gazlarni ko‘proq miqdorda olish uchun, odatda, Kipp apparati (32- rasm) ishlatiladi. Kipp apparati ikki qismdan — bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan idishlar (2) va (3) dan hamda ustki sharsimon voronka (7) dan iborat. Idishning yuqori qis-mida teshikcha (5) ga o‘rnatilgan gaz o‘tkazuvchi nay (6) va past-ki qismida foydalanib bo‘lingan suyuqlikni chiqarib yuborish uchun teshikcha (4) bo‘ladi. Kipp apparatini zaryadlash uchun o‘rtadagi shar (2) ga teshikcha (5) orqali qattiq modda (maydalangan marmar yoki rux bo‘lakchalari) solinadi. Voronka (1) orqali kislota quyiladi. Bu kislota nay orqali idishning pastki qismiga tushadi. Gaz chiqaruvchi nayning jo‘mragi ochilsa, suyuqlik idishning pastki qismini to‘ldirib qattiq moddaga tegadi va reaksiya boshlanadi — gaz ajralib chiqa boshlaydi. Jo‘mrak berkitilsa, gaz bosimi suyuqlikni voronkaga siqib chiqaradi va reaksiya to‘xtaydi. Gazlar bilan ishlash uchun diametri 2— 3 va 4 mm li gurli shaklda egilgan shisha naychalar (33- rasm) bo‘lishi kerak. Bunday naychalarning soni laboratoriyada ishlayotgan stu-dentlarga yetarli miqdorda tayyorlanadi. 32- rasm- Kipp apparati 33 – rasm. Gaz yig’ish uchun egik naychalar. GAZLARNI YIG‘ISH USULLARI Gazlar xossalariga ko‘ra tur-li usullar bilan yig‘iladi. Agar gazning solishtirma massasi havoning zichligiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, gaz 34-rasmda ko‘rsatilgan (a) usulda, agar yengil bo‘lsa, (b) usulda yig‘ish kerak. 28 34-a rasm 34-b rasm Gazlar ko‘pincha suv to‘ldirilgan probirkalarga yig‘iladi (35-rasm, v). Buning uchun probirkaga suv to‘ldiriladi va probirkaning og‘zi barmoq bilan berkitiladi. So‘ngra probirka og‘zini pastga qaratib suv solingan vannaga botiriladi va suv ostida barmoqni olib, probirka suvi to‘kilib ketmaydigan qilib vannaga suyab qo‘yiladi. Probirkaga yig‘ilishi kerak bo‘lgan gaz o‘tkazuvchi naydagi va gaz olinayotgan idishdagi havoni-to‘liq siqib chiqargandan keyin gaz o‘tkazuvchi nayning uchi suv ostida vannadagi probirka og‘ziga kirgiziladi. 35-v rasm Probirka gaz bilan to‘lgandan keyin uning og‘zi suv ostida barmoq bilan berkitib vannadan olinadi. Ajralib chiqayotgan gazning faqat rangini yoki hidini bilish kerak bo‘lsa, yoki uning yonishini kuzatish kerak bo‘lsa, gazni alohida probirkaga yig‘ishning ho-jati yo‘q. Gazning rangini probirka devoriga qarab, hidini esa hidlab bilish mumkin (gazlarning hidini ehtiyot bo‘lib, havoni qo‘l bilan idish og‘zidan o‘zingiz tomon yelpitib hidlang). Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling