Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


Download 233.85 Kb.
bet1/10
Sana05.10.2023
Hajmi233.85 Kb.
#1692699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


M7. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari

Ko’pchilik moddalar bir - biriga (gaz – suyuqlik, suyuqlik – suyuqlik, qattiq modda – gaz, qattiq modda – suyuqlik) tarqaladi.Tarqalish natijasida geterogen yoki gamogen sistemalar hosil bo’ladi.


Bir modda ichida (muhitida) ikkinchi moddaning juda kichik zarrachalar (bo’lakchalar) holida tarqalishi (disperslanishi)dan (dispersus – tarqalgan, sochilgan, maydalangan degan ma’noni bildiradi) hosil bo’lgan mikrogeterogen sistemalar dispers sistemalar deyiladi. Har qanday dispers sistema dispersion muhitdan va unda tarqalgan modda zarrachalari – dispers fazadan iborat bo’ladi. Dispers sistemalar bir – biridan dispersion muhit va dispers fazaning agregat holati, zarrachalarning o’lchami (katta – kichikligi), ya’ni disperslik darajasi bilan farq qiladi.


Dispers sistemalarning agregat holatiga ko’ra sinflarga bo’linishi.



Dispersion muhit



Dispers faza



Shartli belgisi.
Dis.faza/dis. muhit

Nomi va misol.



Qattiq


Qattiq


Q / q


Qattiq geterogen sistemalar: minerallar, betan, qotishma-lar, sitallar, kompazision materiallar

_____!!_____



Suyuq


S / q


Kapillyar sistemalar: g’ovak jismga singigan suyuqliklar, tuproqqa yutilgan namlik.

_____!!_____



Gazsimon moddalar



G / q


G’ovak sirtga ega qattiq moddalar: gazsimon mahitdagi adsorbent va katalizator

Suyuq


Qattiq


Q / s


Suspenziya va zollar: sanoat suspenziyalari, pulpa, loyqa, pastalar, iviqlar

_____!!_____

Suyuq

S / s

Emulsiya: neft, kremlar, sut, mayonez, suyuq bo’yoqlar

_____!!_____





Gazsimon moddalar



G / s


Ko’piklar: flotasion, yong’inga qarshi, sovun ko’piklari

Gaz


Qattiq


Q / g


Aerozollar: chang, tutin, kukin-simon moddalar (un, kofe, kakao…)

_____!!_____

Suyuq

S / g

Aerozollar: tuman, bulut, dezodrantlar

_____!!_____

Gazsimon moddalar

G / g

Dispers sistema hosil bo’lmaydi

Disperslik darajasiga ko’ra: dag’al dispers sistemalar 100 nanometrdan katta. Bunday sistemalar suspenziyalar (dispers muhit-suyuqlik, dispers faza-qattiq modda zarrachalari)-loyqa suv; uning suvdagi aralashmasi, emulsiyalar (dispers faza va dispers muhit-suyuqlik) bo’yoqlar, sut kabi aralashmalar kiradi. Bu dispers noturg’un sistemalar bo’lib, vaqt o’tishi bilan buziladi. Masalan, loyqa suv ma’lum vaqt tinch tursa tinadi, ya’ni tuproq zarrachalari cho’kadi. Bu sistemalarga chang (qattiq modda-dispers faza, havo-dispersion muhit); Ko’piklar (dispersion muhit-suyuqlik, dispers faza-gaz); tuman (dispers faza-suyuqlik-suv), dispersion muhit-havo ham kiradi.



Download 233.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling