Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari
Eritmalarning bug’ bosimi, qaynash va
Download 233.85 Kb.
|
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari
Eritmalarning bug’ bosimi, qaynash va
muzlash temperaturalari. Raul qonuni Ma’lumki, har qanday suyuq modda temperaturaning hohlagan qiymatida doimo o’z bug’i bilan muvozanatda bo’ladi. Suyuqlik = Bug’ Suyuqlik ustidagi bug’ - gazsimon modda bo’lgani uchun o’z bosimiga ega. Suyuqlik ustidagi bug’ning bosimi (har bir temperatura qiymatida) doimiy sondir. Toza suyuqlik, masalan, suv erituvchi bo’lsa, uning ayni temperaturadagi to’yingan bo’g’ bosimi R1 ga teng. Suvda biror modda (shakar, glyukaza, mochevina) eritilsa, hosil bo’lgan eritma ustidagi bug’ bosimi R2 bo’ladi va uning qiymati ayni temperaturada tozo suvning to’yingan bug’ bosimidan past bo’ladi: R1 > R2 Ikkala bosim o’rtasidagi farq ∆R = R1 – R2 eritma to’yingan bug’ bosimining pasayishi deyiladi. Bu ∆R farqning toza erituvchi (suv) to’yingan bug’ bosimiga nisbati ∆R/R1 = R1 – R2/R1 eritma to’yingan bug’ bosimining nisbiy pasayishi deyiladi. Fransuz fizigi Raul’ (1887) eritma to’yingan bug’ bosimini o’rganib o’zining birinchi qonunini kashf qildi. Bu qonunga binoan, eritma to’yingan bug’ bosimining nisbiy pasayishi eritmada erigan moddaning molyar qismiga to’g’ri proporsionaldir: Bunda: N2 – erigan moddaning molyar qismi: n1 va n2 – erituvchi va erigan moddaning eritmadagi «mol»lar soni. Buning sababi yuqoridagi (suyuqlik – bug’) muvozanat holatidan kelib chiqadi. Chunki suvda modda eriganda suv molekulalari molekulalari bilan birikma – gidratlarni hosil qilganiuchun suvdagi suv molekulalari miqdori kamayadi. Bu kamaygan molekulalarni suvli eritma o’z ustiga bug’ holatidagi) suv molekulalarini suyuqlikka aylanishi, ya’ni suv – bug’ mavozanatni chapga siljishi to’fayli to’ldiradi. Bo’g’ holatidagi suv molekulalari sonining kamayishi ayni temperaturadagi bosimni kamayishiga sabab bo’ladi va eritma ustidagi bug’ bosimi toza suvnikidan past bo’ladi. Bu xulosa har qanday eritma uchun doimo o’rinlidir. Bu xulosalar suv va eritmaning holat diagrammasi asosida izohlanadi. Eritma bug’ bosimining temperaturaga Suvning agregat holatlar diagrammasi. bog’liqligi. Bu grafikka asosan toza suvning barcha holatlardagi bug’ bosimi (R1) suvli eritmaning bug’ bosimi (R2)dan yuqori va eritmaning konsentrasiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, grafikdagi suv eritmani ifodalovchi egri chiziqlar o’rtasidagi farq shunchalik katta bo’ladi. Download 233.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling