Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturasi


Download 233.85 Kb.
bet10/10
Sana05.10.2023
Hajmi233.85 Kb.
#1692699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari

Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturasi

Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari ham oddiy toza erituvchi yoki toza kimyoviy moddanikidan farq qiladi.


Ma’lumki,har qanday suyuq modda ma’lum temperateurada qaynaydi. Ya’ni uning ichki bosimi tashqi muhit bosimiga teng bo’lganda u gazsimon holatga o’tadi. Xuddi shu singari suv 100oS da (R = 101,3 kPa) qaynaydi. 0oS da suyuq holatdan qattiq holatga o’tadi – muzlaydi.
Suvda moddalar eriganda suvning (aniqrog’i hosil bo’lgan eritmaning) qaynash va muzlash temperaturasi o’zgaradi. Eritmalarda turli tarkibli gidratlar (solvatlar) hosil bo’ladi.
Eritma qaynay boshlagan (yoki muzlay boshlagan) temperatura eritmaning qaynash (yoki mazlash) temperaturasi deyiladi va t(qay)eritma yoki t(muz)eritma holida belgilanadi.
Eritmalarning qaynash temperaturasi erituvchining qaynash tumperaturasidan diomo yuqori bo’lib, muzlash temperaturasi erituvchi muzlash temperaturasidan past bo’ladi. Eritma qaynash temperaturasi t(qayn.eritma) bilan toza erituvchi qaynash temperaturasi (tqayn.erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(qayn) = t(qayn.)(eritma) – t(qayn.)erituvchi eritma qaynash temperaturasining ortishi deyiladi.
Erituvchi muzlash temperaturasi bilan eritma muzlash temperaturasi (tmuz.erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(muz) = t(muz.)(erituvchi) – t(muz.)(eritma) esa, eritma muzlash temperaturasining pasayishi deyiladi.
Eritmaning qaynash va muzlash xossalarini ham Raul’ o’rgangan (1887yil). Raulning krioskopik (muzlash, qotish) va ebulioskopik (qaynash) qonunlariga ko’ra:
A) eritma muzlash temperaturasining pasayishi eritmada erigan modda miqdoriga to’g’ri proporsional.
t(muz) =
B) eritma qaynash temperaturasining ortishi eritmada erigan modda miqdoriga proporsional.
t(qayn.) =
Bu formulalarda m – erigan modda massasi, gr: b – erituvchining massasi, gr: M – erigan moddaning molyar masasi, gr / mol.
Ye– erituvchining ebulioskopik doimiysi bo’lib, 1000gr erituvchida 1 mol modda eriganda erituvchi qaynash temperaturasi necha gradusga ortishini ko’rsatadi. Uning qiymati erituvchining tabiatiga bog’liq.
K – erituvchining krioskopik doimiysi, 1000 gr erituvchida 1 mol modda eriganda uning muzlash temperatura necha gradusga pasayishini ko’rsatadi. K ning qiymati faqat erituvchining tabiatiga bog’liq.
Qo’yida turli erituvchilar uchun E va K ning qiymatlari keltirilgan.



Erituvchi

K, oC

E, oC

Suv

1,86

0,52

Benzol

5,12

2,64

Sirka kislota

3,90

3,10



Ko’pchilik hollarda yuqoridagi qonuniyatlardan foydalanib krioskopik yoki ebulioskopik usullarda moddalarning molekulyar og’irliklari tajribada aniqlanadi. Ba’zi hollarda nazariy hisoblash asosida amalda past temperaturada muzlovchi aralashmalar hosil qilinadi. Shu yo’l bilan suvda ma’lum miqdordagi osh tuzi eritilib – 21oS gacha muzlamaydigan aralashma hosil qilsa bo’ladi.
Download 233.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling