Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


Nozik dispers sistemalar yoki kalloid eritmalar


Download 233.85 Kb.
bet2/10
Sana05.10.2023
Hajmi233.85 Kb.
#1692699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari

Nozik dispers sistemalar yoki kalloid eritmalar 10-7-10-5sm yoki 0,1-10 mkm kalloid eritmalariga «zollar» ham deyiladi. Kalloid eritmalar dag’al dispers sitemalarga nisbatan barqaror. Ularga qog’oz yelimi (kaliy selikat yoki natriy selikatning suvdagi aralashmasi-«suyuq shisha») Kumush yodid, temir (III) gidroksid, mishyak (III) sulfid zollari misol bo’ladi.
Ko’pchilik yuqori molekulyar birikmalar (oqsillar, masalan tuxum oqsili)ning eritmalarida ular zarrachalarining o’lchamlari katta bo’lganligi uchun bu moddalarnigng eritmalari ham kalloid eritmalarga kiradi.
O’ta nozik dispers sistemalar. Bu sistemalarda zarracha radiusi 10-8 sm dan katta yoki teng bo’lib, modda ion yoki molekula holida dispersion muhitda tarqalgan bo’ladi. Bu sistemalardagi zarrachalarni hatto mikroskop yordamida ham ko’rib bo’lmaydi. O’ta nozik dispers sistemalarini chin (haqiqiy) eritmalar deb ham ataladi.


Chin eritmalar

Ko’pchilik kimyoviy o’zgarishlar, shu jumladan texnologik jarayonlar eritmalarda kechadi. Xom-ashyo va mahsulotlar sifatini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar mexanizmini to’liq o’rganish, moddalarni sintez qilish, ularning xossasi va tuzilishlarini aniqlash uchun eng ko’p qo’llaniladigan sistemalar – chin eritmalardir.


Eritma - ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gamogen sistemalarga aytiladi.
Eritmalar ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq gazsimon holatlarda bo’ladi. Qattiq eritmalar - bular metallarning turli tarkibiga ega bo’lgan qotishmalari (po’lat, cho’yan, dyuralyuminiy, bronza, latun) va tuzlarning yoki oksidlarning aralashmasi shishalardir.
Gazsimon eritmalarga havo (azot, kislorod va boshqa gazlardan iborat) va boshqa gazlarning aralashmalari kiradi. Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko’p bo’lsa, shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: cho’yan - uglerod (4%) ning temir (96%) dagi eritmasi bo’lsa, havo - azotdagi (78%) kislorod (21%) va boshqa gazlarning eritmasi bo’ladi.
Eng ko’p o’rganiladigan va ko’p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir.

Download 233.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling