Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs isshiiii
К
E formula bilan ifodalanadi. Uning birinchi va ikkinchi qonunlari uchun 96500 E J t m ifoda kelib chiqadi. Bu yerda E – moddaning kimyoviy ekvivalenti. Elektroliz vaqtida asosiy jarayondan tashqari turli qo’shimcha hodisalar ham sodir bo’lishi sababli ma‘lum miqdor elektr berilganida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning miqdorlari kamroq bo’ladi. Shunga ko’ra «elektroliz unumi» yoki «tokka nisbatan unum» degan tushuncha kiritilgan. % 100 1 m m bu yerda m 1 – amalda ajralib chiqqan modda miqdori, m – nazariy miqdor, ya‘ni Binobarin: 1 96500 100% m E J t ga ega bo’linadi. Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida XVIII asrning o’rtalarida vujudga kelgan. Bunga birinchi bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u fizikaviy kimyo atamasini qo’llagan. 1751-yildan boshlab M. V. Lomonosov talabalarga fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qiydi va 1754-yili birinchi qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga kirish» va «Fizikaviy kimyodan tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur yozadi. U fizikaviy kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizika qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir degan. M.V. Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining «modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V. Lomonosov, eritma – erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro ta‘siri mahsulotidir – deydi [3]. Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа bog’liqligini ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula to’g’risida tushuncha yaratib, 96500 E J t m 17 molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy kimyogar bo’lib tanildi. 1836-yili Rossiya olimi G.I. Gess kimyoviy reaktsiyalar vaqtida umumiy issiqlik effekti doimiy qiymatga ega bo’lib, u orqali reaktsiyalar issiqlik effektlarining yig’indisiga teng bo’lishi qonunini kashf etdi. Bu qonun fizikaviy kimyoda termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Rossiya olimlaridan N.N. Beketovning 1865- yildan boshlab fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qishi, Bulerovning «Kimyoviy tuzilish nazariyasi»ni yaratishi hamda, 1869-yili D. I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonunini va keyinroq gidratlar nazariyasini yaratishi fizikaviy kimyoning taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi. D.I. Mendeleev birinchi bo’lib qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kimyodan keng foydalanish kerakligini vazifa qilib qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi. Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U D.M. Mendelevning eritmalar gidrat nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish hodisasi va elektrolitik dissotsiatsiya jarayonlarida kimyoviy o’zaro ta‘sir ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi bo’lib, Moskva qishloq xo’jalik institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi va talabalarga ma‘ruzalar o’qiydi. Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari katta. Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha qonunlar kashf etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish nazariyasini yaratdi, P. Kyuri, M. Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V. Nernst termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo’ldi va hokazo. O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan X.R. Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar. Akademik X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarning fizikaviy kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qilishmoqda. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. N. Nabiev va uning shogirdlari mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar [5]. 18 Ilgari aytib o‘tganimizdek, elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o‘zining zaryadiga teng elektr tashiydi. Agar anion bilan kationni zaryadlar kattaligi bir xil bo‘lsa, ular baravar tezlik bilan xarakatlanayotgan bo‘lsa ham, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng bo‘ladi. Tok berilgunga qadar ionlar turli yo‘nalishda tartibsiz xarakatda bo‘ladi; tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga xarakatlanadi. Bu tartibli xarakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo‘lgan molekulalari qarshilik ko‘rsatadi [9]. Ionlarning xarakatlanish tezligini aniqlashning turli usullari bor. Eng oddiy usul rangli ionlarning xarakatlanish tuzligini aniqlash usulidir. U-simon nayga ikkita elektrod taxminan 1/3 qismiga qadar kaliy xlorid eritmasi quyiladi, ajratgich voronkasiga esa ionlaridan biri rangli bo‘lgan tuz, masalan, kaliy permaganat KMnO 4 eritmasi quyiladi. Ajratgich voronka jo‘mragini sekin ochib. U-simon nayga elektrodlar kaliy xlorid eritmasiga botgunga qadar pastdan KMnO 4 permaganat eritmasi qiritiladi. Bunda ikkala eritma orasida chegara aniq bilinib turishi kerak. So‘ngra elektrodlarga o‘zgarmas elektr toki berilsa, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ajralish chegarasi ko‘tariladi. Shundan keyin U-simon nayning ikkala tirsagidagi eritmalar chegarasi orasidagi farq (sm hisobida) o‘lchab olinadi va shunga ketgan vaqt aniqlanadi. Ionning harakatlanish tezligi quyidagicha topiladi: 4 / MnO h W sm s t bunda h - chegaralar farqi, t - vaqt, sekund hisobida. Bu metodning aniqlik darajsi yuqori bo‘lmaganligi sababli kam qo‘llaniladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi, odatda elektr o‘tkazuvchanlik asosida hisoblab topiladi. Hisoblashda, ko‘pincha, ionlarning absolyut tezligidan foydalaniladi. Elektrodlar orasidagi masofa eritma sm, potensiallar ayirmasi eritma v bo‘lganda, ionning eritma sekundda sm hisobida bosgan yo‘li ionning absolyut tezligi deyiladi. Quyidagi 1-jadvalda ba’zi ionlarning 18 0 S dagi absolyut tezliklari qiymati keltirilgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling