Kurs ishining dolzarbligi:
Elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining
o‘zgarishi faqat ionlar harakatidan tashqari, ionlar gidratlanganidan ion bilan
birgalikda gidrat tarkibidagi suv ham harakat qilishi natijasida elektrolit
konsentratsiyasi o‘zgaradi. Shularga muvofiq, tashish soni ikki xil bo‘ladi;
kuzatilgan tashish soni va chin tashish soni.
Fizikaviy kimyo kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga va aksincha,
elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta
amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yutuvchi
kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi.
Kurs ishining ahamiyati: Yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning
yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik hamda oziq
– ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarning fizikaviy
kimyoni yaxshi o’rganishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Gidratlanish kabi omilar
hisobga olinib, ionlar harakati tezligi turlicha bo‘lganligidan, o‘lchash yo‘li
bilangina topilgan tashish soni chin tashish soni deyiladi.
Kurs ishining maqsadi:
Elektrolit eritmalaridagi ionlarning harakatini
ifodolovchi tushuncha bor bu tushuncha ionlarning harakatchanligi deyiladi.
Ionlarning harakatchanligi ularning haqiqiy tezligiga to’g’ri proporsionaldir.
Tashish sonlari elektrodlar qismida eritma konsentratsiyasining o‘zgarishini
o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Elektrodlar qismida eritma
konsentratsiyasining o‘zgarishi faqat ionlar harakatidan tashqari, ionlar
gidratlanganidan ion bilan birgalikda gidrat tarkibidagi suv ham harakat qilishi
natijasida elektrolit konsentratsiyasi o‘zgaradi. Yuqoridagilar yuzasidan talabalarga
chuqurroq bilim o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |