Fizikaviy kimyo


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.05.2020
Hajmi1.55 Mb.
#111049
Bog'liq
fizik kimyodan mustaqil talim


 

 



H.T.Avezov, M.A.Tursunov 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 



O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

KIMYO KAFEDRASI 

  

 

  



“FIZIKAVIY  KIMYO” 

fanidan 

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISHIGA 

DOIR  

USLUBIY KO’RSATMA 

(III-IV semestr uchun)) 

BILIM SOHASI:                          100000 – Gumanitar soha_ 

TA`LIM SOHASI: _____________140000 – Tabiiy fanlar_ 

TA`LIM  YO`NALISHI:___          _5140500 – Kimyo__________ 

  

 

 

BUXORO-2015 

 

Uslubiy  ko’rsatma  O’zR  OO’MTVning  2009  yil  14  avgustdagi  286  -  sonli 



buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish 

bo’yicha Yo’riqnoma” asosida tuzildi. 

 

 

TUZUVCHILAR: 

H.T. Avezov -   kimyo kafedrasi dotsenti. 

 M.A.Tursunov – kimyo kafedrasi o’qituvchisi. 

 

 “Fizik  kimyo”  fanidan  talabalarning  mustaqil  ishlarni  bajarishiga  doir  uslubiy 

ko’rsatma. BuxDU, 2015 y. - bet

 

TAQRIZCHI:  

t.f.n., dots. S.I.Nazarov   BuxDU. Kimyo  kafedrasi dotsenti  

t..f.n., dots. V.N.Axmedov  BMTI. Kimyo  kafedrasi mudiri.  

 

 

Uslubiy  ko’rsatma  “Kimyo”  kafedrasi  majlisida  muhokama  qilingan  va  tavsiya  etilgan 

(kafedra majlisining №   sonli bayonnomasi, 2015 yil  ). 

 

 

 

Kafedra mudiri                                k.f.d., dots. G.A. Ixtiyarova 

 


 

Talaba mustaqil ishi (TMI) – fizikaviy kimyo fanidan o’quv dasturida belgilangan 

bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi 

maslahati va ko’rsatmalari asosida auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida 

o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv faoliyatdir. 

Fizikaviy kimyo fanini o’rganish uchun 460 soat ajratilgan bo’lib, shundan, 266 



soati auditoriya mashg’ulotlariga hamda 194 soati mustaqil ta’limga taqsimlangan. 

Hurmatli TALABA! Fizikaviy kimyo fani uchun ajratilgan soatlardan ko’rinib 

turibtiki, mazkur fanni davlat ta’lim standarti talabi darajasida o’zlashtirishingiz uchun 

196 soat mustaqil shig’ullanishingiz kerak. Buning uchun quyida tavsiya etilayotgan 

ko’rsatmaga rioya qilgan holda shug’ullansangiz ko’zlangan maqsadga erishasiz. 



SIZGA OMAD TILAYMIZ. 

 

Fizikaviy kimyo fanidan mustaqil ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 



 

fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil 

o’zlashtirish manbalari bilan ishlash; 

 

seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish; 



 

kurs ishini bajarish; 

 

jadval, grafik va diagrammalar ustida ishlash; 



 

mavzularga doir masalalar yechish. 



 

1. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish 

Mustaqil o’zlashtirish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:  

 1. Reakstiyalarning standart issiqlik effekti. Issiqlik effektining haroratga 

bog’liqligi. 



Tayanch iboralar: issiqlik effekti, standart hosil bo’lish issiqligi, standart yonish 

issiqligi, standart holat, Kirxgoff tenglamalari, kalorimetriya.  

2. Har xil jarayonlardagi entropiya o’zgarishini hisoblash. Xarakteristik funkstiyalar.  


 

Tayanch iboralar: entropiya, energiya, bog’langan energiya, erkin 

energiya,izobarik – izotermik potensial, izoxorik – izotermik potensial 

 3.Termodinamik qiymatlar asosida muvozanat konstantasini hisoblash. 



Tayanch iboralar: klassik konstanta, termodinamik konstanta, 

 4.  Bir  va  ikki  atomli  gazlarning  termodinamik  funkstiyalarini  hisoblash.  Chiziqli 

jarayonlar termodinamikasi.  

 Tayanch  iboralar:  ilgаrilаnmа,  аylаnmа,  tеbrаnmа  vа  elеktrоn  holatlar,  kаnоnik 

аnsаmbl, inеrsiya mоmеnti, tеbrаnishning хаrаktеristik hаrоrаti. 

 5. Muvozanat doimiysini statistik termodinamika ma’lumotlari bo’yicha hisoblash. 

6. Aktivlik va aktivlik koeffitsiyenti. 

 Tayanch  iboralar:  uchuvchаnlik  kоeffitsiyеnti,  fаоllik  kоeffitsiyеnti,  kimyoviy 

pоtеnsiаl. 

 7. Uch komponentli sistemalrning murakkab diagrammalarini o’rganish. 



Tayanch  iboralar:  Gibbs  uchburchаgi,  Rоzеbum  uchburchаgi,  kritik  nuqtа, 

kоnnоdalаr. 

8.  Ion  tashib  va  ion  tashimasdan  ishlaydigan  akumulyatorlar  va  ularning  ishlash 

prinsiplari. 

9. Ideal gaz qonunlari. Termik va kalorik koeffitsiyentlar orasidagi munosabatlar. 

Tayanch iboralar: izojarayonlar, izotermik jarayonlar (izotermik, izobarik, 

izoxorik), Boyl – Marriot, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari. 

 10. Termodinamikaning 1-qonuni, Gess, Kirxgoff qonunlari bo’yicha materiallarni 

o’rganish. 



Tayanch  iboralar:  izоtеrmik,  izохоrik  vа  izоbаrik  jаrаyonlаr  uchun  ifоdа,  abadiy 

dvigatel. 

 11. Adiabata tenglamalarini keltirib chiqarish. Joul qonuni.  

 12. Energetik balans. Entropiya va tartibsizlik bo’yicha misollar yechish. 



 

Tayanch iboralar: balans, entalpbz diagrammasi, tartibsizlik darajasi. 

13. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya o’zgarishining sabablari. 

14. Eritmalar termodinamikasi bo’yicha matritsalar. 



Tayanch iboralar: molekulyar –kinetik shart, termodinamik shart, oryentatsiya, 

diffuziya. 

15. Aktivlik va uchuvchanlik bo’yicha misollar yechish.  

16. Eritmalarning zamonaviy nazariyalari. Regulyar va atermal eritmalar. 



Tayanch iboralar: kimyoviy nazariya, fizikaviy nazariya, regulyar, atermal, ideai 

va real eritmalar. 

17. Ikki komponentli sistema suyuqlanish diagrammasi maketining tahlili. 

Tayanch iboralar: likvidus, solidus, evtektik nuqta, elka qoidasi, evtektik 

harorat,qattiq evtektik aralashma, suyuq evtektik aralashma, fazalar maydoni. 

18. EYuK ni aniqlash usullari. EYuK dan fizik-kimyoviy tahlilda foydalanish.  

Tayanch iboralar: galvanik element, elektr yurituvchi kuch, elektrod,  elektrod 

potensiali, standart EYuK. 

19. Metallar korroziyasi nazariyalari. 

Tayanch iboralar: gazli korroziya, elektrokimyoviy korroziya,atmosferali 

korroziya, tuproqdagi korroziya, kontaktli korroziya, katodli himoya, protektor. 

20. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar. Erenfest tenglamalari. 

Tayanch  iboralar:  birinchi  va  ikkinchi  tur  fazaviy  o’tishlar  kimyoviy  potensial 

graiyenti,λ-o’tishlar. 

Tavsiya etilgan har bir mavzu  bo`yicha talaba mustaqil ish daftariga qisqacha 

konspekt yozadi hamda tayanch iboralarga izoh beradi. 



 

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar  

 ro’yxati   

 

1. Стромберг А.Г., Семченко Д.П. Физическая химия. М. “Химия”: 2002. 



2.  Дамаскин  Б.Б.,  Петрий  О.А.  Электрохимия:  Учеб.пособие  М:  «Высшая 

школа», 1978. 296 с. 

3.  Статистик  термодинамика:  Ўқув  қўлланма.  Тузувчи  Б.У.Сагдуллаев, 

Тошкент, 1990. 

4. Акбаров Х.И. “Физикавий кимё”, Тошкент: ЎзМУ, 2006, 66 б. 

5. Физическая химия. Под.ред. П.В. Никольского М.: “Химия”. 1988. 

6.  Эмануэль  Н.М.,  Кноре  Д.Г.  Курс  химической  кинетики.  М.:  “Высшая 

школа”, 1984.  

7.  Смирнова  Е.А.  Курс  статистической  термодинамики  в  физической  химии: 

Учеб.пособие  2-е изд. М: «Высшая школа», 1982. 456 с. 

8. Захаревский М.С. Кинетика и катализ. ЛГУ, 1968. 

9. 


www.Ziyo.net

 

10. 



http://www//uralrti/ru

11. http://www.fizchim.ru. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2. Seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish 

a) Seminar   mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish. 

Fizikaviy  kimyo  fanidan  o’quv  yilining  birinchi  yarmida  10  soat,  ikkinchi  yarmida 

20  soat  seminar  mashg’ulotlari  rejalashtirilgan.  Quyida  seminar  mashg’ulotlarining 

mavzusi  va  rejasi  havola  qilinadi.  Har  bir  talaba  mustaqil  ishlar  daftariga  tavsiya  etilgan 

reja asosida konspekt yozib keladi. 


 

1-semestr uchun seminar mashg’ulotlari. 



1-  seminar mashg’uloti. 

Mavzu: Termodinamikaning birinchi qonuni. 

Reja: 

1. Termodinamika birinchi qonunining ta’riflari va uning matematik ifodasi. 

2. Izotermik, izobarik va izoxorik jarayonlarda birinchi qonunning qo`llanilishi. 

3. Termodinamika birinchi qonuniga doir masalalar yechish. 



 

2-  seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Ichki energiya, entalpiya va har xil jarayonlardagi ishni hisoblash. 

Reja: 

1. Ichki energiya, uning mohiyati va holat funksiyasi ekanligi. 

2. Entalpiya, uning mohiyati, matematik ifodasi. Bog’ energiyasi va uni hisoblash 

usullari. 

3. Qaytar va qaytmas jarayonlardagi bajariladigan ishni hisoblash. 

4. Iichki energiya va entalpiyaga doir masalalar yechish. 

 

3-  seminar mashg’uloti. 

Mavzu:   Issiqlik jarayoni, Gess qonuni va termokimyoviy hisoblashlar. 

Reja: 

1. Reaksiyalarning issiqlik effekti. 

2. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar. 

3. Hosil bo’lish va yonish issiqlik effektlari. 



 

4. Termokimyoviy tenglamalar tuzish va termokimyoviy  



 hisoblashlarga doir masalalar yechish 

 

4- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu:     Termodinamikaning ikkinchi qonuni. 

Reja: 

1. Termodinamika ikkinchi qonunining ta’tiflari. 

2. Termodinamika ikkinchi qonunining matematik ifodasi. 

3. Entropiya va termodinamika ikkinchi qonunining analitik ifodasi. 

4. Karno sikli va uni keltirib chiqarish. 

 

5 - seminar  mashg’uloti. 

Mavzu:     Har xil jarayonlarda entropiya o’zgarishini hisoblash. 

Reja: 

1. Fazaviy aylanishlarda entropiya o’zgarishini hisoblash. 

2. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya o’zgarishini hisoblash. 

3. Izolyatsiyalangan sistemalarda jarayonlarning yo’nalishini aniqlash. 

4. Entropiyaga doir masalalar yechish. 

2-semestr uchun seminar mashg’ulotlari. 

1- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Kimyoviy muvozanat. Muvozanatning izotermik, izobarik va izoxorik 

tenglamalari talqini 

Reja: 


10 

 

1. Kimyoviy muvozanat konstantalari. 



2. Muvozanatga ta’sir etuvchi omillar. 

3. Muvozanatning izotermik, izobarik va izoxorik tenglamalari talqini. 

4. Muvozanatga doir masalalar yechish. 

2- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu:Absolyut entropiyani hisoblash usullari. 

Reja: 

1. Absolyut entropiya tushunchasi. 

2. Gazlarning absolyut entropiyalarini hisoblash. 

3. Qattiq moddalarning absolyut entropiyalarini hisoblash 



3- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Statistik termodinamika qonuniyatlari. 

Reja: 

1. Termodinamika ikkinchi qonunini statistik asoslash 

2. Boltsman tenglamasi. 

3. Sistema holatining termodinamik ehtimolligi bilan uning  

entropiyasi orasidagi bog’lanish. 

4- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Gibbsning fazalar qoidasi.Birkomponentli sistemalar. 

Reja: 

1. Faza, component va erkinlik darajasi soni tushunchalari. 

2. Bir komponentli sistemalar uchun fazalar qoidasining qo’llanilishi. 


11 

 

3. Bir komponentli sistemalar holat diagrammalarining tahlili. 



5- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Ikki va uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari      

Reja: 

1. Qattiq va suyuq fazalardan tashkil topgan ikki komponentli sistemalar. 

2. Kongruent suyuqlanib kimyoviy birikma hosil qiladigan sistemala 

3. Inkongruent suyuqlanib kimyoviy birikma hosil qiladigan sistemalar 

4. Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari. 

 

6- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu:  Eritmalar termodinamikasi.Suyultirilgan eritmalarning qonuniyatlari. 

Reja: 

1. Eritma hosil bo’lishining termodinamik va molekulyar – kinetik shartlari. 

2. Raul va Genri qonunlari. 

3. Osmos va osmotik bosim. 

4. Krioskopiya va ebulioskopiya. 

7- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Konovalov qonunlari. Haydash. 

Reja: 

1. Konovalovning birinchi va ikkinchi qonun 

2. Oddiy haydash. 

3. Fraksion haydash. 



12 

 

4. Rektifikatsiya. 



8 - seminar  mashg’uloti. 

Mavzu:  Elektr o’tkazuvchanlik 

Reja: 

1. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik. 

2. Ekvivalent elektr o’tkazuvch 

3. Elektr yurituvchi kuch. 

4. Elektr o’kazuvchanlikka doir masalalar yechish. 

9- seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Kimyoviy kinetika. 

Reja: 

1. Gomo- va geterogen reaksiyalarda massalar ta’siri qonunini qo’llash. 

2. Reaksiyalarning tartibi va molekulyarligi. 

3. Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar. 

4. Kinetikaning nazariyalari. 

5. Kinetikaga doir masalalar yechish. 



10 - seminar  mashg’uloti. 

Mavzu: Katalitik jarayonlar    

Reja: 

1.Gomogen katalizning nazariyalari va mexanizmlari. 

2.Geterogen kataliz. Geterogen katalitik reaksiyalarning asosiy bosqichlari.    

3.Katalizatorlarning asosiy tavsiflari. 

4.Geterogen katalizatorlarni olish usullari. 


13 

 

 



Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar  

 ro’yxati 

1. Стромберг А.Г., Семченко Д.П. Физическая химия. М. “Химия”: 2002. 

2.  Дамаскин  Б.Б.,  Петрий  О.А.  Электрохимия:  Учеб.пособие  М:  «Высшая 

школа», 1978. 296 с. 

3.  Статистик  термодинамика:  Ўқув  қўлланма.  Тузувчи  Б.У.Сагдуллаев, 

Тошкент, 1990. 

4. Акбаров Х.И. “Физикавий кимё”, Тошкент: ЎзМУ, 2006, 66 б. 

5. Физическая химия. Под.ред. П.В. Никольского М.: “Химия”. 1988. 

6.  Эмануэль  Н.М.,  Кноре  Д.Г.  Курс  химической  кинетики.  М.:  “Высшая 

школа”, 1984.  

7.  Смирнова  Е.А.  Курс  статистической  термодинамики  в  физической  химии: 

Учеб.пособие  2-е изд. М: «Высшая школа», 1982. 456 с. 

8. Захаревский М.С. Кинетика и катализ. ЛГУ, 1968. 

9. 


www.Ziyo.net

 

10. 



http://www//uralrti/ru

11. 



http://www.fizchim.ru.

 

b) Laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish. 

O’quv yili davomida fizikaviy kimyo fanidan 20 ta laboratoriya ishi rejalashtirilgan. 

Ulardan  8  tasi  birinchi  semestrda,  12  tasi  ikkinchi  semestrda  bajariladi.  Har  bir  talaba 

laboratoriya  mashg’ulotlariga  mustaqil  tayyorgarlik  ko’rib  kelishi  lozim.  Buning  uchun 

laboratoriya  daftariga  laboratoriya  ishlarini  bajarishga  doir  o’quv  –  uslubiy 

qo’llanmalardan  ishning  bajarish  tartibini,  unda  ishlatiladigan    reaktivlarni  yozib, 

foydalaniladigan asboblar rasmini chizib, tajriba natijalarini qanday tartibda (jadval, grafik 

va h.k.) qayd etishni belgilab hamda tajribani bajarish paytida texnika xavfsizligi bo’yicha 

yetarli ma;lumotlarga ega bo’lib kelishi lozim.  



14 

 

Laboratoriya ishini bajarish uchun talab darajasida tayyorgarlikka ega bo’lib kelgan 



talabaga  qisqa fursatli kollokvium topshirganidan so’ng tajribani bajarishga ruxsat 

beriladi. 

Fizikaviy kimyo fanidan quyidagi laboratoriya ishlari bajariladi. 

 

Birinchi semestrda bajariladigan laboratoriya ishlari ro’yxati 

1. Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini aniqlash (1- laboratoriya ishi). 

2.  Tuzning  erish  issiqligini  va  mis  sulfatdan  kristallgidrat  hosil  bo’lish  issiqligini 

aniqlash (2- laboratoriya ishi). 

3. Neytrallanish issiqligini aniqlash (3- laboratoriya ishi). 

4.  Krioskopiya.  Krioskopik  usulda  eritmaning  muzlash  haroratini  aniqlash  (4- 

laboratoriya ishi). 

5. Reaksiya issiqlik effektining haroratga bog’liqligi  (5- laboratoriya ishi). 

6.  Eritmalarning  kolligativ  xossalari.  Eritmaning  muzlash  va  qaynash  haroratini 

aniqlash (6- laboratoriya ishi). 

7.  Fenol-naftalin  sistemasining  suyuqlanish  diagrammasini  tuzish  (7-  laboratoriya 

ishi). 


8.  Bir-birida  cheksiz  eriydigan  suyuqliklardan  iborat  aralashmalarni  haydash  usuli 

bilan ajratish (8- laboratoriya ishi). 



Ikkinchi semestrda bajariladigan laboratoriya ishlari ro’yxati. 

1. Moddalarni ekstraksiya qilish. Gidroxinonning suvdagi eritmasini efir bilan 

ekstraksiyalash  (9- laboratoriya ishi). 

2. Bufer eritmalar tayyorlash va bufer sig’imini o’lchash (10- laboratoriya ishi). 

3. pH ni elektrometrik usulda aniqlash. Indikator yordamida vodorod ionlari 

konsentratsiyasini aniqlash (11- laboratoriya ishi). 

4. Eritma elektrolizi. Po’lat va mis predmetlarni nikellash (12- laborftoriya ishi). 


15 

 

5. Konduktometrik titrlash (13- laborftoriya ishi). 



6. Fe

2+

 va Cu



2+

 ionlarini konduktometrik usulda aniqlash (14- laborftoriya ishi). 

7. Elektr yurituvchi kuchni o’lchash. 

Potensiometrik titrlash (15- laborftoriya ishi). 

8. Eritma muhiti va loyqaligiga qarab jelatina eritmasining izoelektrik nuqtasini 

aniqlash (16- laborftoriya ishi). 

9. Suvda va elektrolit eritmalarida metallar korroziyasini o’rganish (17- laborftoriya 

ishi). 


10. Natriy tiosul’fat bilan sul’fat kislota reaksiya tezligining konsentratsiya va 

temperaturaga bog’liqligini aniqlash (18- laborftoriya ishi). 

11. Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi tezlik konstantasini aniqlash (19- 

laborftoriya ishi). 

12. Yodid kislotaning H

2

O



2

 bilan oksidlanish reaksiyasining tezlik konstantasini 

aniqlash (20- laborftoriya ishi). 

 

 



Laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish uchun foydalaniladigan   o’quv 

qo’llanmalar   ro’yxati 

 1. Avezov H.T., Avezov Q.G`., Tursunov M.A. Fizik kimyo fanidan laboratoriya 

mashg`ulotlari.   Buxoro,BuxDU, “Ziyo-Rizograf”, 2008,100 b. 

2.  Мищенко  К.П.  и  др.  Практические  работы  по  физической  химии.  Л:  ГХИ. 

1982:  Физик  кимёдан  амалий  мағулотлар.  Тошкент:  “Ўқитувчи”,  1998.  (Акбаров 

Х.И., Тиллаев Р.С. таржимаси). 

 3. Акбаров Х.И. Физик кимёдан амалий машғулотлар. Тошкент, 1991 

4.  Акбаров  Х.И.,  Тиллаев  Р.С.  “Физикавий  кимёдан  амалий  машғулотлар”, 

Тошкент; ЎзМУ, 2006, 43 б. 

 5. Воробьева Н.К. и др. Практикум по физической химии. 1989. 


16 

 

 6. Горбачев С.В. Практикум по физической химии. 1974. 



   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3. Kurs ishini bajarish 

 Fizikaviy  kimyo  fanidan  talabalar  tomonidan  laboratoriya  ishlari  bo’yicha  olingan 

bilimlarni  mustahkamlash  hamda  talabalarda  ma’lum  mavzular  bo’yicha  amaliy  ishlarni 

mustaqil  ravishda  bajarish,  adabiyotlar  bilan  ishlash  ko’nikmalarini  shakllantirish 

maqsadida   talabalar kurs ishlarini bajarishlari ko’zda tutiladi.   



Kurs ishlarining mavzulari 

1. Kalorimetrik o’lchashlar.  

2. Suyuqliklaring to’yingan bug’ bosimi.  

3. Dissotsilanish bosimi. 

4. Eritmalarning muzlash harorati. Krioskopiya.  

5. Eritmalarning qaynash harorati. Ebulioskopiya.   



17 

 

6. O’zaro cheksiz aralashuvchi suyuqliklarning holat diagrammalari.   



7. O’zaro chegarali aralashuvchi suyuqliklarning holat diagrammalari.    

8. Beqaror kimyoviy moddalar hosil qiluvchi sistemalarning holat diagrammalari.    

9. Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari.     

10. Taqsimlanish qonuni. Ekstraksiya.  

11. Galvanik elementlar termodinamikasi.  

12. Galvanik elementlar elektr yurituvchi kuchi va uni aniqlash usullari.   

13. Elektrodlar potensialini aniqlash usullari.    

14. Potensiometrik titrlash.   

15.Elektrolit eritmalarining elektr  o’tkazuvchanligi.   

16. Konduktometrik titrlash.   

17.Tashish sonini aniqlash.  

18. Molekulalarning qutblanishi.   

19. Moddalarning dipole momentini aniqlash.   

20. Suyuqliklarning sirt tarangligini o’rganish.  

21. Elektrolit moddalar eritmalarining muzlash haroratini o’rganish.  

22. Noelektrolit moddalar eritmalarining muzlash haroratini o’rganish.   

23. Kalorimetrik usulda kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish issiqliklarini 

o’rganish.   

24. Qiyin eruvchan tuzlarning eruvchanligini elektr o’tkazuvchanlik uculi bilan 

aniqlash.  

25. Kristalogidratlarning hosil bo’lish issiqliklarini o’rganish.   

26. Jarayonlarning issiqlik effektiga haroratning ta’sirini o’rganish.  



18 

 

27. Turli xil komponentli sistemalarning yuqori bosim va haroratdagi holat 



diagrammalari talqini.   

28. Bufer eritmalarning  рН ni elektrokimyoviy usulda aniqlash.   

29. Oson uchuvchan aralashmalarni bosqichli haydash.  

30. Azeotrp aralashmalarni ajratish.       

O’quv  rejasida  fizikaviy  kimyodan  kurs  ishini  bajarish  VI  semestrda  belgilangan. 

Har  bir  talabaga  kurs  ishining  mavzusini  tanlash  huquqi  beriladi.  Bunda  talabalarning  V 

semestrdagi  reyting  ballari  asos  qilib  olinadi.  Dastlab  reyting  bali  yuqori  bo’lgan  talaba 

kurs  ishi  mavzusini  tanlaydi.  Kurs  ishini    bajarishda    quyidagi  ko’rsatmaga  amal  qilish 

tavsiya etiladi. 

 

KURS ISHLARINI  BAJARISHGA DOIR KO’RSATMA 

Kurs ishi yozishga doir uslubiy kursatmalar 

 

Oliy o’quv yurtlarining Tabiiy fanlar fakul’tetlarida tahsil olayotgan talabalar o‘quv 



rejasiga muvofiq 2 kursda Fizikaviy kimyo fanidan kurs ishi yozadilar va uni kafedraning 

maxsus  yigilishida  himoya  qiladilar.  Bunda  talaba  tanlagan  mavzusining  asosiy 

mazmunini  hamda  umumiy  xulosalarini  qisqa  vaqt  10  minutgacha  ma`ruza  qilish  orqali 

yigilish ahliga ma’lumolarni yetkazadi va tegishli savol javobdan so‘ng baho qo‘yiladi. 

 

Kurs ishi va uning tavsifi 

Fizikaviy kimyo fanidan bajariladigan kurs ishining vazifasi – shu fanning biror bir 

masalasini mustaqil ravishda yechishdan iboratdir. 

Kurs  ishini  bajarishda  talabalar  kimyo  faniga  tegishli  adabiyotlardagi  materiallarni 

mustaqil tanlay bilishi va umumlashtira olishi, tajribani bajarish malakasiga ega bo‘lishi, 

talab qilingan taqdirda esa ishning natijalarini amaliyotda tekshirib ko‘rishi lozim. 

Fizikaviy kimyo fanidan bajariladigan kurs ishi tadqiqot xarakterga ega bo‘lishi va 

talabada ish malakasini shakllantirish lozim. 

Kurs ishi referat sifatida yoki mustaqil tajriba ish sifatida ham bajarilishi mumkin. 


19 

 

Talaba  tegishli  adabiyotdagi  materiallarni  umumlashtirganda  uni  yaxshilab  tahlil 



qilish va bu  materiallarni tajriba nihoyasida olgan natijalar bilan taqqoslash lozim. 

Kurs  ishining  oxirida  talaba  o’zi  ishlab  chiqqan  mavzudan  kelajakda  o’qituvchilik 

va ilmiy faoliyati davomida qanday foydalanish mumkinligini ochib berishi lozim. 

Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar 

Kurs ishida ishning maqsad va  vazifalari ko’rsatilishi, masalaning mazmuni bayon 

qilinishi,  so’ngra  esa  umumlashtirish  va  xulosalar  berishi  kerak.  Matn  tushunarli,  sodda, 

ravon tilda yozilishi, har bir fikr aniq va ravon bo’lishi lozim. Buning uchun yozilgan ishni 

bir necha marta o’qib chiqishga, tuzatishga va hatto qayta-qayta kuchirishga to’g’ri keladi. 

Kurs  ishi  matnini  to’liq  tuzatib,  tahlil  qilinganidan  so’ng,  uni  chiroyli  xusnizxat 

ko’rinishida  ko’chirish  yoki  kafedra  yig’ilishi  xulosasiga  ko’ra  bosmadan  chiqarish 

mumkin. 


Har  bir  betda,  shuningdek,  satrlar  orasida  ham  kengroq  joy  qo’yish  kerak 

(O’qituvchining tegishli tuzatish va maslahatlari uchun). 

Kerak bo’lganda kurs ishida rasmlar, sxemalar, diagrammalar va jadvallar berilishi 

mumkin.  Bularni  bevosita  matnda  alohida  qog’ozga  chizib,  keyin  maxsus  qoldirilgan 

joylarga  yelimlanadi  (rasm  va  jadvallarni  ishning  oxirida  ilova  tarzida  ham  berish 

mumkin). 

Kurs  ishining  oxirida  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati  berilishi  shart. 

Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxat  alfavit  tartibida  yoki  nash  yili  bo’yicha  tuziladi.  Unda 

muallif  familiyasi,  ismi  va  sharifi,  kitob  yoki  maqolaning  nomi,  nashr  qilingan  yili  va 

betlari  ko’rsatiladi.  Barcha  adabiyotlar  raqamlanadi  va  kurs  ishi  matnida  shu  raqamlarga 

ilova qilinadi. Kurs ishida mundarija bo’lishi va unda har bir bob yoki bo’lim qaysi betdan 

boshlanishi  ko’rsatilgan  bo’lishi  lozim.  Muqova  betida  talabaning  ismi-sharifi,  otasining 

ismi  yuqorida,  muqovaning  o’rtasidan  sal  yo’qoriroqda  katta  harflar  bilan  kurs  ishining 

nomi, pastda esa ilmiy rahbarning ismi-sharifi yoziladi. 

Kurs ishlari kafedra yigilishida himoya qilinadi. Ilmiy rahbar kurs ishi bilan tanishib 

taqriz yozadi va uni himoya vaqtida o’qib beradi. 

Kurs ishining bahosi himoyadan so’ng e`lon qilinadi. 

Kurs ishini bajarish 


20 

 

Talaba  taklif  etilgan  laboratoriya  ishini  tanlab  olgandan  so`ng  adabiyotdan  shu 



moddaning analiz qilish usullari  asosida adabiyot yig’adi va ularning ichidan o`zi uchun 

eng  qulayini  va  laboratoriya  imkoniyatidan  kelib  chiqqan  holda  tanlab  oladi.  Kerakli 

laboratoriya asboblarini to`playdi va reaktivlar hamda idishlarni yig’adi. Tajribani amalga 

oshirish  jarayonida  bajaradigan  hisoblashlarni  o`qituvchiga  ko`rsatadi.  Tegishli 

ko`rsatmalarni  olganidan  so`ng  laboratoriya  ishini  bajarishga  kirishadi.  Ishni  bajarish 

davomida talaba kurs ishini yozadi. Kurs ishini yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 

Ishda  bajarilishi  talab  qilinadigan  moddaning  fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari, 

tabiatda,  atrof-muhit  ob`ektlarida  tarqalganligi,  qo`llanilish  sohalari  yoritiladi  va  umumiy 

tavsif beriladi. Adabiyotlardan olingan ishning bajarish usullarini fizik-kimyoviy tavsiflari 

yoritiladi. 

Tajribani amalgan oshirish usuli to`liq bayon qilinadi va zaruriy hisoblar keltiriladi. 

Tajriba natijalarini matematik statistika usulida qayta hisoblash amalga oshiriladi. 

Xulosa yoziladi. 

Kurs ishi 100 ball hisobidan baholanadi. 



 

Baholashda quyidagi mezonlarga e`tibor qilinadi: 

Talaba  adabiyotdagi  tajribani  bajarish  usullarini  olib,  mukammal  o`rgangan  va 

ulardan  eng  qulayini  tanlab  olgan,  nazariy  qismlarini  to`g’ri  izohlagan  va  hisoblashlarni 

bexato amalga oshirgan yoki juda kam miqdordagi ayrimgina kamchiliklarga yo`l qo`ygan 

bo`lsa 86-100 % da “a`lo” baholanadi.  

Talaba  adabiyotdagi  tajribani  bajarish  usullarini  olib,  mukammal    o`rganmagan 

(ayni  modda  uchun),  ammo  qulay  usulni  tanlab  olgan,  nazariy  qismlarni  izohlashda  va 

natijalarni  hisoblashda  ayrim  kamchiliklarga  yo`l  qo`ygan  bo`lsa,  71-85%  da  yaxshi 

baholanadi. 

Talaba  adabiyotdagi  tajribani  bajarish  usullarini  olib,  mukammal  o`rganmagan, 

analiz  usulini  ham  yaxshi  tanlay  olmagan  bo`lsa  va  nazariy  qismini  izohlashda  hamda 

natijalarni  hisoblashda  ayrim  xatolarga  yo`l  qo`ygan  bo`lsa  55-70%  da  “qoniqarli”  baho 

qo`yiladi. 

Talaba  ayni  modda  uchun  tajribani  bajarish  usullarini  noto`g’ri  tanlagan,  nazariy 

qismini  izohlashda  va  hisobot  natijalarini  hisoblashda  qo`pol  xatolarga  yo`l  qo`ygan 

bo`lsa, 55% dan kam, ya`ni qoniqarsiz baholanadi. 



21 

 

 



 4. Jadval, grafik va diagrammalar ustida ishlash 

 

Fizikaviy kimyodan talabalar bilimini mustahkamlashda  jadval, grafik va 



diagrammalarning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir talaba semest 

davomida fanning o’quv – uslubiy majmuasida keltirilgan jadval, grafik va 

diagrammalardan birini banerda tayyorlab keladi hamda guruh talabalari oldida uning 

taqdimotini o’tkazadi.   

Quyida jadval, grafik va diagrammalarning nomlari havola qilinadi.   

 

1-rasm. Qaytmas jarayonlarning maksimal ishi. 



 

2-rasm.Qaytar jarayonlarning maksimal ishi. 

 

3-rasm.Entalpiya diagrammalari. 



4-rasm. Kimyoviy rеаksiya issiqlik effеktining hаrоrаtgа bоg’liqligi. 

5-rasm.Issiqlik sig’imining hаrоrаtgа bоg’liqligi. 

6-rasm. C = aT + bT

+ cT



3

 tеnglаmаsidаgi hаrоrаtgа bоg’liqlik koeffitsiyentlаr. 

7-rasm.Kalorimetrlardan birining tuzilishi va ishlash prisipi. 

8-rasm. Karno sikli. 

9-rasm. Gazlarning diffuziyasi. 

10-rasm. 25 

0

C dаgi аbsоlyut (mutlоq) entrоpiyalаr. 



11-rasm. Fazaviy o’tishlar. 

12-rasm. Suvning holat diagrammasi. 

13-rasm. Oltingugurtning holat diagrammasi. 

14-rasm. Karbonat angidridning holat diagrammasi. 

15- rasm. Оltingugurt erkin enеrgiyasining hаrоrаtgа bоg’liqligi. 


22 

 

16-rasm. Suyuq hоlаtdа chеksiz eriydigаn vа qаttiq hоlаtdа o’zаrо erimаydigаn ikki 



kоmpоnеntli sistеmаlаrning hоlаt diаgrаmmаsi. 

17-rasm. Kоngruent suyuqlаnаdigаn ikki kоmpоnеntli sistеmаning  hоlаt 

diаgrаmmаsi. 

18-rasm. Na

2

SO

4



 – H

2

O sistеmаsining fаzаviy diаgrаmmаsi. 



19-rasm. Hоlаt diаgrаmmаlаrini tuzish prinsipi.Termik tahlil. 

20-rasm.Gibbs uchburchagi. 

21-rasm.Rozebum uchburchagi. 

22-rasm. Uch kоmpоnеntli sistеmаlаrdаgi muvоzаnаt. 

23-rasm. Osmometr. 

24-rasm. Umumiy bug’ bosimi hamda alohida komponentlarning parsial 

bosimlarining ideal eritma tarkibiga bog’liqligi. 

25-rasm. Raul qonunidan manfiy (а) va musbat (б) chekinadigan sistemalarning 

holat diagrammalari. 

26-rasm. Turli konsentratsiyadagi eritmalar ustidagi erituvch to’yingan bug’ 

bosimining haroratga bog’liqligi. 

27-rasm. Umumiy va parsial bug’ bosimining tarkibga bog’liqligi. 

28-rasm.O’zaro cheksiz eriydigan suyuqliklarning qaynash diagrammasi. 

29-rasm. Ideal ikki komponentli sistemaning qaynash diagrammasi. 

30-rasm. Raul qonunidan chekinadigan ikki komponentli sistemaning holat 

diagrammasi. 

31-rasm.Qaynash haroratining eritma tarkibiga bog’liqligi. 

32-rasm. To’yingan bug’ bosimining eritma tarkibiga bog’liqligi. 

33-rasm.Oddiy haydash jarayonida suyuq va bug’ fazalar tarkibining o’zgarishi. 

34-rasm. Rektifikatsion kolonna. 



23 

 

35-rasm. Azeotrop eritma tarkibining tashqi bosimga bog’liqligi. 



36-rasm. Erishning yuqori kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar. 

37-rasm. Erishning pastki kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar. 

38-rasm. Erishning yuqori va pastki kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar. 

39-rasm. Erishning kritik nuqtasiga ega bo’lmagan suyuqliklar. 

40-rasm. 

Ayrim 


elektrolitlar 

solishtirma 

elektr 

o`tkazuvchanligining 



konsentratsiyaga bog`liqligi 

41-rasm. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o`tkazuvchanlik (λ) 

ning  konsentratsiyaga bog`liqligi. 

42-rasm.  1/2  valentli  va  ko`p  valentli  elektrolitlar  uchun  ekvivalent  elektr 

o`tkazuvchanlikning c

1/2


 ga bog`liqligi 

43-rasm. Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash. 

44-rasm. Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash. 

45-rasm. Kuchli va kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash. 

46-rasm. Elektrokimyoviy zanjirda potensiallarning keskin o`zgarishi. 

47-rasm. To’g’ri ajratilgan elektrokimyoviy zanjir sxemasi. 

48-rasm. Yakobi – Daniel galvanic elementining sxemasi. 

49-rasm. Standart vodorod elektrodi. 

50-rasm. Xlorkumushli elektrod. 

      51-rasm. Nolinchi tartibli reaksiyalarda konsentratsiyaning vaqtga bog’liqlik grafigi. 

 

52-rasm. Birinchi tartibli reaksiyalarda lgC ning t ga bog’liqlik grafigi. 



53-rasm.  Ikkinchi  tartibli  reaksiyalarda  konsentratsiya  teskari  qiymatining  vaqtga 

bog’liqlik grafigi. 

54-rasm. Uchinchi tartibli reaksiyalarda 1/2С

2

ning  vaqtga bog’liqlik grafigi. 



24 

 

55-rasm. Yarim o’tkazgich katalizatorlarda AB +CD=AC+AD  



almashinish reaksiyasining borishi. 

56-rasm.  Potensial  energiyaning  gomogen  gaz  fazadagi  reaksiya      va  geterogen  – 

katalitik reaksiyalar uchun o’zgarish sxemasi. 

 5. Mavzularga doir masalalar yechish 

Fizikaviy kimyo fanini chuqur o’zlashtirishda mavzularga oid masalalarni yechish 

alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun  har bir talaba har semestrda tegishli 

mavzularga doir masalalarni mustaqil tarzda yechishi talab etiladi. 

Masala yechish uchun tavsiya etladigan mavzular ro’yxati. 

Moddalarning agregat holatlari 

1. Ideal gaz qonunlqari 

2. Gazlar aralashmasi 

3. Suyuqliklar 



Kimyoviy termodinamika 

1. Termodinamikaning birinchi qonuni. 

2. Termokimyo.Gess qonuni. 

3. Moddalarning issiqlik sig`imi 

4. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.Entropiya 

5. Kimyoviy muvozonat konstantasi va uning haroratga bog`liqligi 



 

   Fazaviy muvozonat 

1. Fazaviy o’tishlar. 

2. Suyuqlik – bug’ muvozanati. 

  Eritmalar 


25 

 

1. Suyultirilgan eritmalarning bug` bosimi. Raul qonuni. 



2. Suyultirilgan eritmalarning muzlash harorati. 

3. Suyultirilgan eritmalarning qaynash harorati. 

4. Osmotik bosim. 

5. Suyuq aralashmalarni haydash va bug` bosimi.  

6. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi. 

7. Faollik va uchuvchanlik. 



  Elektrolit eritmalari 

1. Suvli eritmalarda elektrolitlarning disssotsilanishi. 

2. Kuchsiz elektrolitlarning disssotsilanishi konstantasi.Vodorod ko`rsatkich. 

3. Elektrolitlar faolligi. 



  Elektrokimyo 

1. Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi. Tashish soni. 

2. Elektrod jarayonlari. Galvanik elementlar. 

3. Elektroliz. 



   Kinetika va kataliz 

1. Birinchi va ikkinchi tartibli reaksiyalar kinetikasi 



2. Reaksiya tezligiga haroratning ta`siri. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling