Fizikaviy kimyo


Download 98.45 Kb.
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi98.45 Kb.
#203336
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fizikaviy kimyo

Juda sekin o’tadigan protsessgina ( porshenni sekin siqish ) muvozanatli protsess bo’ladi, shuning uchun muvozanatli protsess abstraksiyadir. Muvozanatli protsessni grafikda tegishli egri chiziq bilan tasvirlash mumkin. Muvozanatsiz protsesslarni grafikda shartli ravishda punktir egri chiziq bilan tasvirlaymiz. Muvozanat holat va muvozanatli protsess tushunchalari termodinamikada katta rol o’ynaydi. Termodinamikaning barcha miqdoriy xulosalarini faqat muvozanatli protsesslargagina kullash mumkin. Jismlarning hajm, elektr qarshiligi va shu kabi qator xossalari temperaturaga bog’liq. Temperaturani miqdoriy aniqlashda bu xossalarning har biridan foydalanish mumkin. Temperaturani o’lchash uchun tanlab olingan jismni (termometrik jism) eriyotgan mo’z bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, jismning bu holatdagi temperaturasini 0 gradus deb olamiz va jismning temperaturasini o’lchash uchun biz qo’llamoqchi bo’lgan xossasini (temperatura belgisini) miqdoriy jihatdan xarakterlaymiz.


Download 98.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling