Fizikaviy kimyo
Download 98.45 Kb.
|
Fizikaviy kimyo
Modda holatining o’zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib termodinamika bilan molekulyar-kinetik nazariya bir-birini to’ldiradi va aslida borib birlashib ketadi. Tekshirilayotgan jismlar to’plamini biz jismlar sistemasi yoki soddagina qilib sistema deb ataymiz. Masalan, suyuqlik va u bilan, muvozanatdagi bug. Xususiy holda, bitta jism ham sistemani tashqil qiladi. Har xanday sistema T, R, V parametrlari bilan farq qiluvchi holatlarda bo’lishi mumkin. Sistemaning holatini xarakterlovchi bunday fizik kattaliklarga holat parametrlari deb ataladi. Sistemaning muvozanat holati deb shunday holatga aytiladiki, bu holatda sistemaning barcha parametrlari tayin bir qiymatlarga ega bo’ladi. Bu qiymatlar tashqi sharoit ( sistemani o’rab turgan ) o’zgarmasa istalgancha vaqt davomida o’zgarmasdan koladi. Agar koordinata o’qlariga qandaydir ikki parametr qiymatlari qo’yilib chiqilsa, u holda sistemaning istalgan muvozanat holatini o’sha grafikda 1 ta nuqta bilan tasvirlash mumkin. Muvozanatsiz holatni bunday tasvirlab bo’lmaydi, chunki muvozanatsiz holatda hech bo’lmaganda holat parametrlaridan bittasi tayinli bir qiymatga ega bo’lmaydi. Sistemaning 1- muvozanat holatidan 2- muvozanat holatiga o’tishi jarayondir. Muvozanat holatlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat bo’lgan protsess muvozanatli jarayon deb ataladi.Download 98.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling