PROLAKTINNING TA’SIR ETISH MEXANIZIMI.
Prolaktin oqsil gormon, u 198 aminokislota qoldiqlaridan iborat. Gormonning qondagi miqdori homiladorlik vaqtida 100-150 marotaba oshib,300mkg/l ga yetadi. Prolaktin odamda sut bezlari o’sishini va sut ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida sut oqsillari va boshqa tarkibiy qismlarning sintezlanishi tezlashadi. Balog’atga yrtmagan ,yosh urg’ochi hayvonlarga prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo’ladi.
Prolaktin sekretsiyasini gipotalamik markazlar reflector yo’l bilan kuchaytiradi. Refleks bola sut emgan vaqtda sut bezi so’rg’ichlaridagi retseptorlar qo’zg’alishi natijasida ro’yobga
chiqadi. Sut sog’ish ham qonda gormon miqdorini oshiradi. Prolaktin suv-tuz va yog’ almashinuviga ham ta’sir qiladi. Bola tug’ulgandan keyin onaning semirishiga sabab bo’ladi.
Terining yangilanishi va undagi yog’ bezlari faoliyatini tezlashtiradi, ichki a’zolar o’sishi va eritropoezni qo’zg’atadi. Gormonning qonga o’tishi reflector yo’l bilan jadallashsa, gipotalamusning ingibitirlovchi omili bu jarayonni sekinlashtiradi. Prolaktin sekretsiyasi qondagi esterogenlar ,glyukokartikoidlar va treoid gormonlar miqdoriga bog’liq.
GONATOTROPNING TA’SIR ETISH MEXANIZMI.
Gonodotrop gormonlar ayollar va urg’ochi hayvonlarda follikulaning rivojlanishi va yetilishini, ovulyasiya Graaf pufakchasi yorilib,undan tuxum tuxum hujayra chiqishini,sariq tana rivojlanishini va faoliyatini ta’minlaydi. Erkaklarda urug’don naychalarini rivojlanishi va spermatotsitlar yetilishi , spermatazoidlar paydo bo’lishi uchun gonadatrop gormonlar zarur . Bu gormonlar jinsiy bezlarda ayollar jinsiy gormonlari estradiol, estron va progesterone va erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqarishni boshqarib turadi.
Voyaga yetgan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa ,jinsiy bezlar atrofiyaga uchraydi. Follikulani rag’batlantiruvchi va lyuteinlovchi gormonlarning jinsiy farqi yo’q.
Gonadotropinlar sekretsiyasini gipotalamus hujayralari ajratadigan gonadoliberin ajratilishi va uning fallikullarini rag’batlantiruvchi va lyuteinlovchi gormonlar sekretsiyasiga ta’sir
manfiy qayta bog’lanish orqali amalga oshirildi va jinsiy gormonlar –
esterogenlar ,progesteron, testosteronning qondagi miqdoriga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |