Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Endokrin tizimining idora qilish (-+) mexanizmi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

64. Endokrin tizimining idora qilish (-+) mexanizmi; 
Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. 
Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq 
va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon 
bez oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus 
moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari 
yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi. 
65. Vazopressinning ta’sir etish mexanizmi; 
ADG katta dozalarda arteriolalarning torayishini, bu o’z navbatida arterial bosimni ko’tarilishiga olib keladi. 
Gipertinziyaning rivojlanishida, ADG gormon ta’sirida qon tomir devorlari katexolaminlarning toraytiruvchi 
ta’siriga sezuvchanligi keskin ortib ketadi. ADG arterial bosimni oshirganligi uchun uning ikkinchi nomi 
«vazopressin» deb ham yuritiladi. ADG ning vazokonstriksiya effekti faqat katta dozalardagina namoyon bo’ladi. 
Fiziologik jarayonlarda esa buning ahamiyati aytarli katta emas. ADG uzoq muddat yetarlicha sekresiyalanmasa, 
qandsiz diabet kasalligiga olib keladi. Uning asosiy belgilari kuchli chanqash (polidipsiya) va siyish orqali ko’p 
suyuqlik yo’qotish (poliuriya) bemor sutkasiga 10-20 litrgacha siyishi kuzatiladi. Bemorning bu belgilari sintetik 
vazopressin yoki hayvon gipofizi orqa bo’lagidan tayorlangan preparat yuborilganda yo’qoladi. 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
66. Oksitosinning ta’sir etish mexanizmi; 
Oksitosin. Bu gormonning effekti ikki yo’nalishda namoyon bo’ladi. 
1) Oksitosin bachadon silliq muskulini qisqartiradi. Hayvonlarda gipofiz olib tashlansa, tug’ruq qiyinlashadi va 
uzoq davom etadi. Oksitosin normal tug’ruq kechishini ta’minlaydi (nomi ham shundan kelib chiqqan, oxu- kuchli, 
tokos-tug’ruq). 
2) Oksitosin laktasiya jarayonining idora etilishida ham ishtirok etadi. U sut bezlarida mioepitelial hujayralarning 
qisqarishini kuchaytiradi va shu sababdan sut ajralishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oksitosinning qondagi miqdori 
xomiladorlikning oxiri va xomiladorlikdan keyingi davrida yuqori bo’ladi. Go’dakni ko’krak bilan boqilganda ham 
reflektor ravishda oksitosin sekresiyasi ortadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling