Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Bazal yadrolarning fiziologiyasi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

57. Bazal yadrolarning fiziologiyasi 
Yarim sharlar po‘stlog‘ining bir‘biriga qaratilgan medial qismlari ichida bir guruh yadrolar joylashgan. Ular bosh 
miya asosiga yaqin bo`lgani uchun bazal yadrolar, deb ataladi. Sut emizuvchilarda bu yadrolarga dumli o‘zak va 
po‘choqdan iborat targ‘il tana, oqimtir yadro, qora modda va subtalarnik yadro kiradi. 
Bazal yadrolarga keladigan afferent signallarning ko‘p qismini targ‘l tana qabul qiladi. Bu signallarning manbai 
uchta: katta yarim sharlarning barcha sohalari, talamusning yadrolari va qora modda. Efferent tolalar targ‘il tanadan 
oqimtor yadroga va qora moddaga o‘tgan. Qora modda, targ‘il tana va talamusga o‘tgan yo`llar dofaminergik 
tuzilmalardan iborat. 
58. Miyachaning fiziologiyasi; 
Miyacha. Miya o’zani va markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlari- po’stloq ostidagi yadrolar va bosh miya 
katta yarim sharlari po’stlog’ining reflektor reaksiyalarini yuzaga chiqarishda miyacha muhim ahamiyat kasb etadi. 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
U organizmdagi hamma murakkab harakat aktlarini, shu jumladan ixtiyoriy harakatlarni uyg’unlashtirish 
(koordinasiya)da qatnashadi. 
Miyacha (cerebellum) o’rta qismi-chuvalchang (vermis) va uning ikki yonidagi ikkita yarim shar va ikkita yon 
bo’lak (lobi floculonodulares) dan iborat. Filogenetik jixatdan eng qadimgi tuzilmalar – flokulonodulyar bo’laklar 
qadimgi miyacha ham deb ataladi. Miyacha yarim sharlari oldingi va orqadagi bo’lak deb ikkiga ajratiladi; 
orqadagi bo’lak yana ikki qismga bo’linadi. Miyachaning filogenetik jihatdan eng yosh tuzilmasi-orqadagi 
bo’lakning oldingi qismi yangi miyacha deb ataladi; u odamda va yuksak darajadagi maymunlarda eng ko’p 
taraqqiy etadi. 
Miyacha yarim sharlarining yuqori yuzasi 1 mm dan 2,5 mm gacha qalinlikdagi miyacha po’stlog’i degan kul rang 
moddadan iborat. Miyacha po’stlog’i uch qavat- yuza, yoki molekulyar qavat, Purkine hujayralari qavati va ichki – 
granulyar qavatga ajratiladi. 
Miyachaning asosiy massasini tashkil etadigan oq moddasida kul rang modda to’plamlari – miyacha yadrolari bor. 
Miyachaning har bir yarim sharida bu yadrolar uch tadan: tishsimon yadro (nucleus dentatus), probkasimon yadro 
(nucleus emboliformis) va sharsimon yadro (nucleus globosus) bo’ladi. Miyachaning o’rta qismi (vermis)da ikkita 
chodir yadrosi (nucleus fastigii)bor. 
Miyacha markaziy nerv sistemasining boshqa bo’limlariga bir talay nerv tolalari orqali bog’lanadi, bu tolalar 
miyachaning pastki, o’rta va yuqori oyoqchalari degan uchta qalin tutamni hosil qiladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling