Mahmud Yazdanov
https://t.me/Makhmud_Yazdanov
+998 33 44 12345
Gipotalamus (do’mboq osti) talamusdan pastrokda bo’lib, 32 juft yadroning yig’indisidan iborat, bu yadrolarni
oldingi, o’rta va orqadagi guruhlar degan uch guruhga ajratish mumkin. Gipotalamus yadrolari nerv tolalari orqali
talamusga, limbik tizimiga (bodomsimon yadro, gippokamp, gumbaz pushtasiga), shuningdek,, pastroqdagi
tuzilmalarga, jumladan miya o’zanining retikulyar formasiyasiga bog’langan. Gipotalamus bilan gipofiz o’rtasida
keng nerv va tomir bog’lanishlari bor, shu tufayli ko’pgina a’zolar funksiyasining nerv va gormonal regulyasiyasi
integrallanadi. Gipotalamus va gipofizning ko’pincha yagona
gipotalamus-gipofiz tizimi deb birlashtirilishiga sabab
ham shu. Gipotalamus yadrolari mo’l-ko’l qon olib turadi; gipotalamus kapillyar shaxobchasining
tarmoqlari
markaziy nerv tizimining boshqa bo’limlaridagi kapillyarlarga nisbatan bir necha marta ortiq. Gipotalamus
kapillyarlarining xususiyatlaridan biri shuki, ular markaziy nerv tizimining boshqa kapillyarlariga nisbatan ko’proq
qon o’tkazadi. Gemato-ensefalik baryer orqali miyaning boshqa qismlariga kirolmaydigan, ba’zi yirik molekulali
birikmalar gipotalamusning nerv xujayralariga ta’sir eta olishi shunga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: