Fiziologiya talaba: 301-guruh Raxmonova Nigina
Download 377.03 Kb.
|
ichaklarda ovqat hazm qilish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozuqalarning ichaklarda hazm bo’lishi.
Ozuqa ichakdagi ishqoriy muhit neytral holga kelishi bilan me’daning tubidan pilorusiga o’tgan ozuqa, pilorusidagi retseptorlarni qo’zg’atib pilorus sfinkterini yana ochadi va ozuqa yana ichakka o’tadi. Sfinkternig ochilib-yopilishi ana shu tariqa takrorlanaveradi, natijada me’dada hazm bo’layotgan ozuqa ichakka bo’linib-bo’linib o’tib turadi.
Ozuqalarning ichaklarda hazm bo’lishi. Me’dada etarlicha hazm bo’lgan ozuqa massasi ichakka o’tkaziladi va u yerda hazm bo’lishda davom etadi. Qushlarning ichagi kalta, me’da osti bezi va jigari katta bo’ladi. Ozuqalar tovuqlar hazm tizimidan boshdan-oyoq bor-yo’g’i 24 soatda bosib o’tadi. Hazm tizimining, ayniqsa uning asosiy qismlaridan biri bo’lgan ichakning kalta bo’lishi, hazm jarayonlarining nihoyatda jadal kechishini taqozo qiladi.
Me’da osti bezi va jigar kattaligining sababi ham shunda. Hajmi kattaligi tufayli, bu bezlar nihoyatda faollik qiladi, oqibatda ichakka suyuqliklarni (me’da osti bezi shirasi va o’tni) ancha jadallik bilan ajratadi. Bular esa o’z navbatida ichakka oziqalarning jadal ravishda hazm bo’lishini ta’minlaydi. Jigarning chap va o’ng qismidagi o’t yo’llari birikib, o’t havzasini hosil qiladi. Ana shu o’t havzasidan o’t zaruriyat tug’ilganda o’t pufagiga tushmasdan ichakka chiqarilishi mumkin. Demak, o’t ikki yo’l bilan: o’t pufagi yoki bevosita o’t havzasi orqali ichakka chiqariladi
Download 377.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling