Fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi qabul qildi


Download 29.13 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi29.13 Kb.
#1288292
1   2   3   4
Bog'liq
fizologiya

OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI.

Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po‘stlog‘ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo‘zg‘lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog‘liq bo‘ladi.


Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog‘liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig‘indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog‘liq bo‘lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Povlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo‘zg‘lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo‘lgan .
1-Kuchli qo‘zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo‘zg‘lish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘lish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo‘ladi,o‘rta o‘zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o‘z fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli reflekslar tez so‘nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, nutqi tez va qo‘pol, xarakteri o‘zgaruvchan, o‘z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.
2-Kuchli qo‘zg‘luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv jaroyonlarining kuchliligi, qo‘zg‘lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo‘lib, tez so‘nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko‘niladi, o‘qish va yozishni tez o‘rganadi, ular namunali hulqqa ega bo‘ladilar, darslarni a’lo darajada o‘zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ko‘p, aytilgan tez ilg‘ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o‘z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3-Kuchli,qo‘zg‘luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo‘zgalish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo‘ladi, tez so‘nadi va sekin tiklanadi, ular o‘qish, yozish va gapirishni tez o‘rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so‘z boyligi bo‘ladilar.
4-Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo‘zg‘luvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin , yaxshi rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadigan, tez charchaydigan, o‘qish, yozishni sekin o‘rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, o‘z o‘rtog‘ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o‘zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.

Download 29.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling