Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili
Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing
Download 23.69 Kb.
|
Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili
Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.
Kvertsetin olish texnologiyasi Kvertsetin rutin ajratib olishda chiqqan chiqindilardan olinadi, yapon saforasi gullaridan. Hamma cho`kma va eritmalar (eritmalar, bug`lar, kristalizatorlar) kvertsetin olish uchun yig`iladi. Keyin cho`kmani 2%li kislotada qizdirib 80 eritiladi (qaynatiladi). Glikozid bug`i orqali gidroliz ketishi uchun pastki massani 10% gacha sovutamiz va kvertsetin cho`kmaga tushadi. Oxirgi etilatsetat bilan ekstraktsiyalanadi. Kvertsetin-etilatsetatda eruvchan, shuning uchun eritmaga o`tadi. Etilatsetatli eritma filtrlanib, bug`latiladi va quritiladi. Kvertsetin ajralib chiqish unumi 40%. Kvertsetin hidsiz va mazasiz, sariq kristall kukun, suvda erimaydi, ishqorlarda va qaynoq spirtda eriydi. 313-3160C haroratda suyuqlanadi. Kvertsetinning ham chinligini aniqlashda rutinga o`xshash qizil rangli sianin moddasini hosil qilish reaktsiyasi va undagi fenol gidroksiliga xos temir - (III)-xlorid bilan xlorid va sirka kislotalar ta'sirida o`chib ketmaydigan yashil rangli temir fenolyat tuzi hosil qilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Davlat farmakopeyasida keltirilgan bu reaksiyalardan tashqari, uni yana boshqa reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, preparatga o`zida formaldegid saqlagan kontsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirilsa, yashil rangli bo`lib tovlanadigan qizil, to`q sariq rangli modda hosil bo`ladi. Kvertsetin alyuminiy, vanadiy va ba'zi boshqa elementlar bilan ultrabinafsha nur oqimiga turli ranglanib tovlanuvchi - kompleks tuzlar hosil qiladi. Kvertsetinning miqdori kompleksonometrik usul bo`yicha aniqlanadi. Buning uchun ma'lum miqdordagi preparatning etanoldagi eritmasiga aniq hajmda 1,5% qo`rg`oshin atsetat va 8% uch etanolamindan tashkil topgan aralashmaning suv etanoldagi eritmasidan - qo`shiladi. Natijada hosil bo`lgan qizil cho`kmani ajratib olib, 30% li atsetat kislotasida eritiladi. Eritmani suv bilan suyuqlashtirilgandan so`ng, uni 5% li natriy gidrokarbonat bilan neytrallanadi. Keyinchalik atsetat bufer va metiloranj indikatori ishtirokida eritmada qo`rg`oshin ionini suyuqlik qizil-binafsha rangdan sariq rangga o`tgungacha trilon B ning 0,01 mol l eritmasi bilan titrlanadi. Kvertsetinning tibbiyotda ishlatilishi Kvertsetinning ham tibbiyotda qo`llanilishi rutinnikiga o`xshash bo`lib, uni odatda 0,02 g dan kuniga 3-5 marta ichiriladi. Uni kukun va tabletka holida 0,02 g dan chiqariladi. Download 23.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling