Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili


Download 23.69 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.69 Kb.
#1063416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili

Rutinni tibbiyotda ishlatilishi. Rutin va undan tayyorlangan preparatlarni qon tomir devorlari o‘tkazuvchanligining buzilishdan kelib chiqqan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‘z pardasiga qon quyilishi,
gipertoniya, qizamiq, bod, terlama, nur va boshqa kasalliklarni davolashda xamda ularning oldini olishda (0,05-0,1-
0,15g dan chiqariladi) qo‘llaniladi. Rutin ko‘pincha askorbin kislota bilan birgalikda ishlatiladi. Rutin og‘zi maxkam
yopiladigan shisha idishlarda, qorong‘I joyda saqlanadi. Xozirgi vaqtda rutin asosini, ya‘ni uning aglikon qismini
tashkil qiluvchi kvertsetin suyuq xolda tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Kvertsetin Quereus
tinstoria o‘simligining po‘stlog‘idan suv yordamida ekstraktsiya qilib olinadi. Ekstraktda kvertsetin ramnoza bilan
glakozidsimon birikkan kvertsitron (ramnozidokvertsetin) moddasi xolida bo‘ladi. Keyinchalik uni mineral kislotalar,
jumlasidan xlorid kislota bilan qaynatish yordamida parchalab, sof kvertsetin olinadi.
Xom ashyodagi rutinni miqdorini spektrometrik usulda aniqlash
1 g maydalangan grechixa o`tidan olinib, (maydalanish darajasi 1mm), tubi dumaloq kolbani sig`imi 100 ml
bo`lgan kolbaga solinadi. 30 ml. 95% li spirtdan solinadi va kolba o`lchanadi. Unga teskari sovutkich o`rnatilib
ekstraktsiya 1,5 soat davomida suv hammomida olib boriladi. Keyin kolbani sovutib xona haroratigacha o`lchanadi,
birinchi massagacha spirt bilan o‘tkaziladi. Spirt etil, ishlatiladigan spirt etanol, spirtli ekstrakt qog`ozli filtr orqali
filtrlanadi. 0,03-0,05 ml hosil bo`lgan ekstraktdan 20 ml olinib, bug`latiladi. Quruq holgacha quruq qoldiqni 5 ml etil
spirtida eritiladi. 0,03-0,05 ml hosil bo`lgan ekstraktdan olinib, start chizig`iga tomiziladi (shisha plastinkani).
Plastinkaning o`lchamlari 9x15 sm selikogenli shisha 10 min davomida plastinkani havoda quritiladi. Xromatografiyani
m-butanol sirka kislota bilan suv sistemasida olib boriladi. Ular 4:1:2 nisbatda bo`ladi. Front chizig‘idan erituvchi 10-
12 sm o`tgandan keyin plastinka kameradan olinib havoda quritiladi. Ultrabinafsha nurida rutin dog`lari ko`rsatiladi.
Dog`lar ranggi to`q jigarrang (Rf = 0,08). Silikogel va rutin miqdoriy analiz qilish uchun ularni zonasini olib kolbaga
o`tkaziladi. Kolbaning hajmi 25 ml. Elyuirlash dioksan suv aralashmasi 1:1 nisbatda to`lqin uzunligi 363 nmda 10 min
davomida olib boriladi. Quruq xom-ashyoda rutinni % li miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
K1 V1V3D363 100 X -------------------------------
V2D1%1sm m(100-w) 667 l
bu yerda, K1 - elyuirlash koeffitsiyenti (1,195)
V1 - spirtli ekstraktining hajmi (ml)
V2 - spirtli ekstraktining hajmi, xromatografiyaga olingan.
V3 - elyuat V D – 363 optik (eritmaning solishtirma ko`rsatkichi ( ( 363 nm D1%1sm - rutinning topilish solishtirma ko`rsatkichi ( ( 363 nm (268,4) m - xom ashyoning massasi (gr)
w - xom ashyo quritilgandagi yo`qotilgan massasi
667 - 20 ml ekstrakti uchun hosil bo`lgan koeffitsiyent
l - qavat qalinligi

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling