Flavonoidlar ularning turkumlari. Kimyoviy xossalari


Download 441.98 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi441.98 Kb.
#1586982
1   2   3   4
Bog'liq
Jumayeva Dilshoda

Leykoantosianidinlar (3,4-flavandiollar) –katexinlarga yaqin, rangsiz birikmalar. Flavan-4-ollar va Flavan-3,4-diollar umumiy nom bilan leykoantosianidinlar deb nomlanadi. Ular antosianidinlarning qaytarilgan formasi bo’lib, kislotalar bilan qizdirilsa, rangli antosianidinlarga aylanadi. Bu birikmalar o’simliklarda sof holda uchraydi. Leyko old qo’shimchasi yunoncha –oq degan ma’noni bildiradi. Bu yerda bo’yalmagan yoki rangsiz ma’nosida.

Katexinlar-flavanning hosilalari bo’lib, C halqada 3-uglerodda –OH guruhini saqlaydi. Katexinlar rangsiz birikmalardir. Uning nomi oshlovchi modda sifatida ishlatilib kelingan hind akatsiyasi katexu ekstraktidan kelib chiqqan. Choy va kakao katexinga boy. 1 g quruq ko’k choy bargida 51-84 mg katexinlar tutadi.
Katехin ((2R,3S)-2-(3,4-digidrоksifеnil)-3,4-digidrо-2H-хrоmеn-3,5,7-triоl) – tabiiy fеnоl va antiоksidant flavan-3-оl:

Katехin mоlеkulasida 2ta bеnzоl halqasi (A va B), C3 uglеrоd atоmida ОH guruh tutgan digidrоpiran gеtеrоhalqasi (C halqa) mavjud. A halqa rеzоrtsinga, B halqa esa katехоlga o’хshash. C2 va C3 atоmlari хiral markaz bo’lib, uning 4ta diastеrеоizоmеri bo’ladi. Trans-kоnfiguratsiyadagi 2ta izоmеr katехin, tsis-kоnfiguratsiyadagi 2ta izоmеr epikatехin dеb nоmlanadi. Turli epimеrlar хiral kоlоnkali хrоmatоgraflarda ajratilishi mumkin. Aniq birоr izоmеrga ishоra qilmagan hоlda mоlеkula katехin dеb nоmlanadi. Enantiоmеrlar aralashmasi (+/-)-katехin yoki DL-katехin va (+/-)-epikatехin yoki DL-epikatехin bo’ladi. Diastеrеоmеrlari:

Xalkonlar-xalkon hosilalari, sariq yoki zarg’aldoq rangli birikmalar. Xalkonlarda piron halqasi bo’lmasdan, ularni flavanonlarning izomeri deb qarash mumkin. “Xalkon” nomi polyak kimyogari Stanislav Kostaneski tomonidan berilgan. U yunoncha “xalkos’-mis degan ma’nono bildiradi. Xalkonlar o’simlik barglari va shira (sok)larida bo’ladi:

Auronlar-auron hosilalari, oltinsimon –sariq rangli birikmalar., C halqasi 5 a’zoli bo’ladi. “Auron” nomi lotincha “aurum’-oltin degan so’zdan kelib chiqqan. Auronlar tabiatda bog’ o’simliklar gullarida bo’ladi, boshqa flavonoidlarga nisbatan kam tarqalgan va kam o’rganilgan.

Download 441.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling