Flora to’g’risidagi ta’limot. Madaniy o’simliklar


Download 86.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.04.2023
Hajmi86.95 Kb.
#1380183
1   2
Bog'liq
2.5 maruza

Fitotsenoz (fito... va senoz), oʻsimliklar jamoasi — nisbatan bir xil sharoitda bir-
biriga moslashib, jamoa boʻlib yashaydigan oʻsimliklar majmui. Har bir F. oʻziga xos 
tarkib va tuzilmaga ega. Flagi oʻsimliklar hayvonlar va tashqi muhit bilan oʻzaro 
bevosita bogʻlangan. Baʼzi F.lar inson taʼsirida yoki uning bevosita ishtirokida 
mavjud boʻladi (mas, agrofitotsenoz). F.ni tashkil qiluvchi oʻsimliklar oʻz hayot 
faoliyatida muhitga katta taʼsir koʻrsatadi va uni oʻzgartira oladi. Har xil oʻsimlik 
guruxlarining F.dagi roli bir xil emas. Oʻsimliklar tashqi muhitdan oʻzi uchun zarur 
boʻlgan moddalarni oʻzlashtiradi (qarang 
Assimilyatsiya
), tashqi muhitga esa 
moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi (qarang 
Dissimilyatsiya
), F. tuprogʻi 
va uning sirtida oʻsimlik qoldiklari chirib, tuproq tarkibini oʻzgartiradi; oʻsimliklar va 
transpiratsiya taʼsirida oʻziga xos fitoiqlim hosil qiladi. F. biotsenoz va 
biogeotsenoznint eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmosferadagi 
azotni oʻzlashtiradi; hayvonlar bilan birgalikda energiya oʻzgarishi va moddalarning 
aylanish jarayonlarida qatnashadi. F. organik moddalarning asosiy yaratuvchisi 


boʻlib, geteroshrof organizmlar, shu jumladan, inson uchun oziq moddalar va 
energiya manbai hisoblanadi. 
F. doimiy boʻlmasdan uning tarkibi va tashqi koʻrinishi yillar va yil fasllari davomida 
oʻzgarib boradi. Natijada bir xil turlar oʻrnini boshqalari egallaydi; bir F. boshqasi 
bilan almashinadi, yaʼni suksessiya roʻy beradi. F. haqidagi taʼlimot fitotsenologiya 
deb ataladi. 
Fitotsenologiya (fitotsenoz va ...logiya) — geobotanika va biogeotsenologiya boʻlimi 
(baʼzan geobotanika sinonimi). Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi 
oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning boshqa komponentlari bilan aloqasini 
oʻrganadi. Fitotsenologiya. fitotsenozlarning tashkil topishi, almashinib turishi, yer 
yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. Fitotsenologiya.ning paydo 
boʻlishi 19-asr oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning rivojlanishi 
bilan bogʻliq. 
Fitotsenologiya. bir necha yoʻnalishda rivojlandi. Nemis olimi A. Gumbold 
Fitotsenozning geografik yoʻnalishini asoslab bergan. Mazkur yoʻnalishning 
rivojlanishida rus olimi V. V. Dokuchayev, rus geobotaniklari G. N. Visotskiy, A. 
Ya. Gordyagin, B.A.Kellerning xizmatlari katta. 19-asrga kelib fitotsenozning 
tuzilishi haqidagi materiallar toʻplandi (avstraliyalik botaniklar Y. Lorens, 1858; A. 
Kerner, 1863; finlyandiyalik botanik R. Xult, 1881 va boshqalar). Xalqaro botanika 
kongressidan (1910) keyin elementar taksonomik birlik sifatida assotsiatsiya qabul 
qilindi, fitotsenozlarni oʻrganish va assotsiatsiyalarga ajratishda har xil yoʻnalishlar 
shakllandi. 
Yerdagi oʻsimliklarga oid ekologik tadqiqotlar G. Valter ishlarida umumlashtirilgan. 
Fitotsenozlarni oʻrganishning biologik yoʻnalishini shveysariyalik botanik O. P. 
Dekandol asoslab berdi (1820, 1832). Bu yoʻnalish Ch. Darvinniig "Turlarning kelib 
chiqishi" (1859) asari nashr etilgach, rivojlana boshladi. Dekandol va Darvin 
izdoshlari oʻsimlik jamoalarining tarkibi, strukturasi va oʻzgarishi.faqat iqlim va 
tuproq sharoiti bilan emas, balki oʻsimliklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bilan 
ham belgilanishini koʻrsatishgan.

Download 86.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling