Flora va taksonomiya fanining rivojlanishida olimlarning hisasi
Download 423.51 Kb. Pdf ko'rish
|
FLORA VA TAKSONOMIYA FANINING RIVOJLANISHI
K. Linney
hozirgacha saqlanib qolgan. O‘simlikning yangi topilgan har bir turi faqat latin tilida ta‘rif qilinib, maxsus nashrlarda e‘lon qilinadi. Biror o‘simlikni aniqlash uchun,alatta, Linneyning qo‘sh (binar) nomenklaturasidan foydalaniladi. Bu nomenklaturaga asosan o‘simlikning har bir turi ikkita so‘z bilan nomlanadi. Bunda birinchi so‘z o‘simlikning biror turkumiga, ikkinchisi biror turga mansubligini ifodalaydi. Ikkala nom (turkum va tur) latin tilida yoziladi, ulardan keyin shu o‘simlikni ta‘riflagan avtorning nomi qisqartirib yozib qo‘yiladi. O‘simliklar turiningnomi, odatda, shu turning eng xarakterli belgilarini o‘zida aks ettirishi kerak (masalan, ―serto‘q‖, ―junli‖, ―o‘tsimon‖, ―ingichka bargli‖ va hoqazo). Bu nomenklatura internatsional nomenklatura hisoblanadi. O‘simliklarning hammaga ma‘lum bo‘lgan turkum va turlaridan ba‘zilarini binar nomenklaturadan foydalanishga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, har xil: qattiq, yumshoq, polskiy, polba va boshqa bug‗doylar bor. Ularning hammasi ―bug‗doy‖ turkumiga kiradi, lekin ularning har biri alohida tur. Ularni to‘liq nomlash uchun qattiq bug‗doyni Triticum durum, yumshoq bug‗doyni Triticum aestivum, polskiy bug‗doyni Triticum polonicum va hoqazo deb atash kerak. Shuningdek, g‗o‘zaning har xil turi ham qo‘sh nom bilan ataladi: masalan, bir vaqtlar O‘zbekistonda ko‘p eqilgan mahalliy g‗o‘za– o‘tsimon g‗o‘za Gossypium herbaceum deb ataladi. G‗o‘zaning sovet navlari poyasi qattiq, to‘qli g‗o‘za turiga–Gossypium hirsutum ra kiradi. Sovet uzun tolali navlari esa Peru g‗o‘zasiga–Gossvpium peruvianum turiga kiradi va hoqazo. Barcha holda ham ―g‗o‘za‖ nomi uning ma‘lum turkumga kirishini, ikkinchi nom esa turini ko‘rsatadi. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida tabiiyot fanlarning yanada rivojlanishi bilan o‘simliklarning tabiiy sistemasini yaratish g‗oyasi tug‗ilgan. Bunda o‘simliklar olamining bir gruppasi ikkinchisiga qarindoshligining tabiiy darajasiga qarab sinflarga bo‘linadi. Fransuz botanigi Jyusye (1789 y.), shvetsariyalik olim Dekandol (1821 y.) va rus olimi Goryaninovlar (1834 y.) sistemasi va shunday klassifikatsiyaga kiradi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, ya‘ni CH. Darvin biologiyada o‘zgarish yasagandan keyin, o‘simliklar klassifikatsiyasi organik olamning tarixiy rivojlanishi–evolyusiya asosida tuzila boshlandi va u filogenetik sistema deb nomlandi. Bu sistemalardan eng mashhuri Engler (Germaniya), Vettshteyn (Avstriya), Gallir (Gollandiya), Bessi (AQSH), Kuznetsov, Grossgeym va Taxtajyan (SSSR) sistemalaridir. O‘simliklar tanasining shakli va ularning ko‘payish usuli tiplarni bir–biridan farq qilishda foydalaniladigan asosiy belgi hisoblanadi. Biroq o‘simliklarninghozirgi sistematikasi anatomik belgilardan ham foydalaniladi. Bu belgilar o‘simliklar biror gruppasining ichki tuzilish xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. O‘simliklar sistematikasida geografik usul keng qo‘llaniladi.bu usul o‘simlik biror turining tarixini aks ettiruvchi tarqalish oblastini o‘rganishga asoslangan. O‘simliklar individual rivojlanishining butun siklini mufassal o‘rganishga imkon beradigan embriologik usuldan ham foydalaniladi.o‘simliklarning qazilma qoldiqlarini o‘rganadigan va yirik sistematik birliklar o‘rtasidagi qarindoshlikni aniqlashga imkon beradigan paleontologik usul ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon tekshirish usullarining yana boshqalaridan ham foydalaniladi. Tegishli sistematik belgilardan foydalanib, o‘simliklarni ma‘lum gruppalarga bo‘lib klassifikatsiyalash, ya‘ni o‘simliklar olamining butun xilma–xilligini sistematik yoki taksonomik birliklarga kiritish mumkin. O‘simlik va hayvonlarning hozirgi sistematikasidagi asosiy taksanomik birlik tur hisoblanadi. Shu bilan birga tur shartli narsa emas, balki tabiatning real hodisasidir. Har bir odam uziga ma‘lum biror turni boshqasidan, masalan, tarvuzni qovundan, makkajo‘xorini bo‘g‗doydan, qovoqni bodringdan ajratadi va hoqazo. Bu o‘simliklarning real turidar. Tur tushunchasini aniqlash va konkretlashtirish uchun biologiyadan ancha urinishlar bo‘lgan. Avval tur deganda ―biri–biridan yoki bir ota– onadan kelib chiqqan individlar to‘plami‖ (Kyuvye) tushunilar edi. Bunday tor tushuncha turni ba‘zi ota–onaning nasli deb qaraydi va turga mansub bo‘lgan individlar o‘rtasida ayrim individual farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi, lekin bu bir ota–ona avlodi orasida bo‘ladigan farq doirasidan chetga chiqmaydi. CH. Darvin turni ―bir–biriga yaqin individlar gruppasini belgilash qulay bo‘lishi uchun o‘ylab chiqilgan shartli tushunchadir‖ deb ko‘rsatilgan. U turlar bilan eng mayda taksonomik birliklar–tur xillari o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmadi, holbuki, tur xillari ham tarixiy rivojlanish projlanish protsessida mustaqil turga aylanadi. Akademik V. L. Komarov tur tushunchasini aniqlashda geografik prinsipda ish ko‘radi. U ―tur cheklangan muayyan geografik CH. Darvin teritoriyadagi nasldir‖ yoki ―tur muayyan geografik doirada ko‘paytirilgan morfologik birlikdir‖ deydi. O‘xshash turlar bir oz yirik taksonomik birlik–turkumga birlashadi. Masalan, yumshoq, qattiq, polskiy va boshqa tur bug‗doylar ―bug‗doy‖ turkumiga har xil g‗o‘za (qattiq to‘qli, o‘tsimon, meksika g‗o‘zasi va boshqalar) ―g‗o‘za‖ turkumiga kiradi va hoqazo. O‘xshash turkumlar navbatdagi taksonomik birlik–oilaga birlashadi. Masalan, g‗o‘za, tugmachagul, kanop, bo‘ritaroq turkumlari gulxayridoshlar oilasiga; bug‗doy, makkajo‘xori, arpa, sholi, tariq eng yirik–boshoqdoshlar oilasiga; beda, no‘xat, mosh dukkakdoshlar oilasiga birlashadi va hoqazo. Bir–biriga yaqin oilalar katta taksonomik gruppa–tartibga, bir–biriga yaqin tartiblar sinfga birlashadi. Eng oliy taksonomik birlik bo‘limdir. Tur–quyi taksonomik birlik emas, balki u ayrim tur xili va formalaridan tarkib topadi. O‘simlikchilik va mevachilikda o‘simliklar nav va irqlarga ajratiladi. Yer shari o‘simliklar olamining turli–tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita katta bo‘limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg–poyali o‘simliklarga bo‘ladi. Bunday bo‘lish ma‘lum darajada shartli bo‘lsa ham, amaliy jihatdan qulay hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling