Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar


Pnevmatik flotatsiya mashinalari


Download 0.65 Mb.
bet9/11
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar

Pnevmatik flotatsiya mashinalari

Pnevmatik (aerolift) flotatsiya mashinalari (40-rasm) sodda tuzilishga ega, ishlatish vaqtida tejamli, mineral tarkibi bo‘yicha uncha murakkab bo‘lmagan rudalarni boyitishda ishlatiladi. Bu mashinalar aerolift prinsipi bo‘yicha (havo yordamida ko‘tarilishi) ishlaydi va shuning uchun aerolift mashinalar deb ataladi.


Vannaning chuqurligiga qarab, aerolift mashinalar 2 ga bo‘linadi:
Mayda (vannaning chuqurligi 0,9 m); chuqur (vannaning chuqurligi 2,4 m dan 3 m gacha).
CHuqur aerolift mashina vanna, aerolift, aeratordan iborat. Aerolift vannaning markaziy bo‘limi hisoblanib, mashinaning tubiga etmagan 2 ta vertikal to‘siq orqali hosil qilingan. Aerator po‘latdan payvandlangan quticha holida tayyorlanib, pastki qismida aeroliftga havo kiradigan teshik bilan tamomlanadi. Aeratorga havo markaziy kollektordan ikkita havo o‘tkazuvchi quvurlar orqali berilib, teshikning butun kengligi bo‘yicha tarqaladi. Havo o‘tkazuvchi quvur yuqorida (kanal) zulfin (surma qopqoq) ga ega. Bo‘tana mashinaning bosh tarafida joylashgan qabul qiluvchi cho‘ntak orqali vannaga beriladi. Havo aeroliftga ikki tomondan beriladi. Mashinaning yonbosh bo‘lmalaridagi bo‘tana havo bilan kam to‘yingani uchun markaziy bo‘lmadagi bo‘tanaga nisbatan kattaroq zichlikka ega bo‘ladi va u aerolift kameraga tomon intiladi.
Aerolift kamerada havo pufakchalarining maydalanishi bo‘tana-havo aralashmasining turbulent harakati tufayli yuzaga keladi. Minerallashgan havo pufakchalari aerolift kamerada yuqoriga ko‘tariladi va yo‘naltiruvchi to‘siqlar yordamida yonbosh bo‘lmalarga otiladi. Bu maqsadda aerokamera ustiga otboynik (ushlovchi) o‘rnatiladi. Bo‘tanani aralashtirish, tashish, bo‘tana-havo aralashmasini aerolift kameradan chiqarish uchun kerak bo‘lgan havo teshik orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.

40-rasm. Pnevmatik flotatsiya mashinasi.
1 – silindrik kamera, 2 – yuklovchi tarnovcha, 3 – ko‘pik ushlab qoluvchi, 4 – halqali tarnovcha, 5 – trubkali aerator, 6 – lyuk, 7 – aerator, 8 – bo‘shatuvchi moslama.
Pnevmatik flotatsiya mashinasi FP-100 rangli, nodir, kamyob va qora metallar rudalarini, hamda ko‘mir va shu kabi foydali qazilmalarni boyitishda ishlatiladi. Xozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mexanik va pnevmatik flotatsion mashinalardan tuzilishining soddaligi, harakatlanuvchi va tez ishdan chiquvchi qismlarining yo‘qligi, kam metal va elektrenergiya ishlatilishi, kam joy egallashi bilan ajralib turadi.
Mashina konus shaklidagi asosli (30-550 burchak ostida) po‘lat listdan tayyorlangan vertikal silindrik kameradan iborat. Mashina konus qismining pastida mashinaning o‘qi bo‘ylab yordamchi shaybali aerator o‘rnatilgan. Bu aerator rezinadan tayyorlanib, mashina devoriga mahkamlanadi va mashina uzoq vaqt ishlamay turib qolganda uni ichidagi mahsuloti bilan birga ishga tushirishga xizmat qiladi.
Konus qismining yuqorisi silindrik qism bilan ulangan joyda teshik-teshik elastik naydan yasalgan asosiy aerator kronshteynga tayanadi.
Aeratorning karkasi (qobirg‘a) metal trubadan uni geometrik tarzda ushlaydigan nippel bilan tayyorlanib, ularga elastik teshik-teshik trubalar mahkamlanadi.
Mashinaning yuqori qismida taxminan 4m balandlikda ikkinchi aerator o‘rnatilgan. Ikkala aerator ham o‘zlarini mashina balandligi bo‘ylab yo‘naltiruvchi va ko‘taruvchi moslamalar bilan ta’minlangan. Bu esa flotatsiya mahsulotlariga qo‘yiladigan talabga qarab, flotatsiyani boshqarish imkonini beradi.
Naysimon aerator bo‘tanadagi havo pufakchalarini samarali maydalaydi va ularni muallaq holda ushlab turishni ta’minlaydi.
Naydagi har bir teshik jajji qopqoq (klapan) dan iborat bo‘lib, u ma’lum havo bosimida ochiladi. Havo berish to‘xtatilishi bilan teshikcha yopiladi va naysimon aeratorga bo‘tana oqimi kirishi to‘xtaydi.
Mashinani dastlabki mahsulot (bo‘tana) bilan to‘ldirish uning yonboshidagi (yuqori qismida) tuynuk orqali amalga oshiriladi.
Ko‘pikli mahsulot (boyitma) tarnovchaga oqib tushadi. CHiqindi bo‘shatuvchi moslama orqali chiqariladi.
Aeratorga berilayotgan havoning sarfi va bosimini o‘zgartirib ko‘pikni minerallashtirish, boyitmaning sifatini va chiqishini boshqarish mumkin.
YUqori qismda ko‘pik ushlovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u ko‘pikni markazdan chetga yo‘naltiradi. Mashinani ko‘zdan kechirish uchun uning ostki qismida lyuk o‘rnatilgan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling