Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar


Download 0.65 Mb.
bet4/11
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar

Faollashtiruvchilar

Aktivatorlar minerallarning flotatsion qobiliyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Ular to‘plovchining mineral yuzasida mahkamlashishiga yordam beradi. Undan tashqari aktivatorlar mineralning flotatsiya qobiliyati so‘ndirilgan bo‘lsa, ularning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maqsadida, hamda minerallarning tabiiy flotatsiyalanish qobiliyati kam bo‘lganda ishlatiladi. Faollashtiruvchilarning ta’siri shundan iboratki, ular mineral yuzasida to‘plovchi oson yutadigan /adsorbsiyalaydigan/ plenkani hosil qiladi yoki mineral zarracha yuzasidan so‘ndiruvchini chetlashtiradi.


Flotatsiya jarayonida faollashtiruvchi sifatida mis kuporosi SuSO4, sulfat kislota, eruvchi sulfidlar (ko‘pincha) va havo kislorodi qo‘llanadi.

Mis kuporosi - nisbatan ko‘proq tarqalgan faollashtiruvchi.


Sfaleritni faollashtirishda ishlatiladi.
Sulfat kislotasi - pirit va pirrotinni aktivlashda ishlatiladi.
Faollashtirish mineral zarracha yuzasida hosil bo‘lgan temir gidrooksidini eritib yuborishdan iborat.
Natriy sulfidi - rangli metallar oksidli minerallarini sulfidlashtirishda ishlatiladi.
Havo kislorodi sulfidli minerallarning yuzasini va bo‘tanadagi erkin sulfid ionlarini oksidlash natijasida faollashtiradi. Sulfidli minerallar yuzasini qattiq oksidlanib ketishi ham zararli, chunki bunda to‘plovchi ko‘proq sarflanib ketadi.
To‘plovchi, so‘ndiruvchi va faollashtiruvchilarning funksiyasini yaxshi tushunish uchun misol keltiramiz.
Galenit RbS, sfalerit ZnS va pirit FeS2 li rudalarni flotatsiyalashda avval galenit flotatsiyalanadi, sfalerit va piritning flotatsiyalanish qobiliyati so‘ndiruvchi qo‘shib (ohak, sianid yoki rux kuporosi) yo‘qotib turiladi. Qo‘rg‘oshinli flotatsiyadan keyin sfaleritning flotatsion qobiliyati faollashtiruvchi - mis kuporosi qo‘shib tiklanadi, pirit esa ko‘p miqdorda ohak qo‘shib depressiyalanadi. So‘ngra piritning flotatsion qobiliyati tiklanadi (masalan, sulfat kislotasi qushib) va uni piritli boyitmaga o‘tkaziladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling