Fobiya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, "qo‘rquv", "dahshat" degan ma’nolarni anglatadi. Bu tarzdagi qo‘rquvni inson boshqara olmaydi, xavotirini kamaytirishga qodir bo‘lolmaydi


Download 127 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi127 Kb.
#1252906
Bog'liq
Fobiyalar


Fobiya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, “qo‘rquv”, “dahshat” degan ma’nolarni anglatadi. Bu tarzdagi qo‘rquvni inson boshqara olmaydi, xavotirini kamaytirishga qodir bo‘lolmaydi. Aslida esa u qo‘rqayotgan yoki haddan ziyod xavotirlanayotgan holat, voqea u o‘ylaganchalik jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Qisqacha aytganda yer yuzida mavjud insonlarning har birida biror nimadan qo‘rqish hissi bor. Ana shu qo‘rquv, xavotir hissi fobiya deb ataladi.

🕸Araxnofobiya🕸 O‘rgimchaklardan qo'rqish🕷 Bu fobiya o‘rgimchak bilan to‘qnash kelgan kishini terlash, bir isib, bir sovib ketish, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar va nafas yetishmasligi bilan qiynaydi.


#Ibora "Talantni yerga ko'mish" . Dastlab Qadimgi Yunoniston, Bobil, Eron va Kichik Osiyoda "Talant" so'zi o'sha davrdagi eng katta pul birligini bildirgan. O'sha davr kitoblarini birida aytilishicha bir boy inson pullarini ishga (biznesga) tikishdan qo'rqib yerga ko'mib qo'ygan.Shu voqeadan keyin "talantni yerga ko'mish" iborasi paydo bo'lgan. Hozirgi kunda bu ibora qobilyatni yo'q qilishni anglatadi.
#Ibora. Antisemitizm Bu ibora birinchi marta Vilgelm Marr (1818-1904) ning "Iudaizmning germanizm ustidan ga'labasi" kitobida tilga olingan. XIX asrning 70-yillarida Bismark (1815-
1898) rahnamoligida Germaniya yagona davlatga birlashgach, mamlakat moliya bozoridagi uchiga chiqqan chayqovchilik sababli moliyaviy tanazzul kelib chiqadi. B.Marr o'z kitobida "moliyaviy inqiroz yahudiylarning fitnasi va kirdikorlari tufayli sodir bo'ldi" deb e'lon qiladi va yahudiylarning Yevropada hukmronlik o'rnatishiga qarshi kurash boshlash zarurligini uqtirib, ularga nafratini "antisemit" iborasida ifoda qiladi. Ma'lumki, semit so'zi tarjima qilinganda som, somiy ma'nosini anglatadi. Somiy xalqlar guruhiga esa yahudiylardan tashqari qadimgi bobilliklar, ossuriylar, arablar va boshqa qator xalqlar kiiadi. Nemis mualiffi B. Marr bilibmi yoki bilmasdanmi somiy, ya'ni semit so'zini faqat yahudiylarga nisbatan qo'llagan.
Platsebo effekti. Turli kasallik va odatni, aslida hech qanday xususiyatga ega bo‘lmagan dori tabletkalar yordamida psixologik jihatdan davolashga platsebo effekti deyiladi Bunga misol qilsak,sizga biron preparat beriladi va u sizni tanangizni ma'lum qismiga ta'sir etishi haqida uqtiriladi.Siz to'xtamasdan bu haqida o'ylaysiz va u chindan ham sizga ta'sir etadi. Buni sinab ko'rish uchun,boshi og'riyotgan bemorga juda kuchli dori berayabman deya,unga oddiy suv solib bering.Hech qancha vaqt o'tmasdan bemor og'riqni ma'lum qismini (80% ta'sir etish hususiyati aniqlangan yo'qotadi.
#Sindrom. "Uch kunlik rohib" sindromi. Ehtimol, ko'pchilik odamlar hayotlarida hech bo'lmaganda bir marta yangi biznes bilan shug'ullanishgan (sport bilan shug'ullanish, ingliz tilini o'rganish, kitob o'qish va hokazo),bu rejalashtirilgan ishimizni avvalida kuchli ishtiyoq bilan boshlaymiz, uch yo bir haftada bu ishtiyoq oʻrnini erinchoqlik egallaydi. Reja qilgan ishimizga befarqlikni his qila boshlaymiz,va shu bilan to'xtatib qo'yamiz.Bu fanda uch kunlik rohib sindromi deb ataladi. Agar bu holat muntazam ravishda takrorlansa, demak, bu sizning h
ayotingizni sezilarli darajada murakkablashtirishi, haqiqatan ham muhim maqsadlarga erishishga xalaqit berishi mumkin.
"Qora bolta"🪓 -Nigeriyada paydo bo‘lgan va hozir global tarmoqqa aylanib ketgan jinoiy to‘da nomi. Guruh asosan Nigeriya universitetning 26-23 yoshli talaba yigitlarini yo'llaydi. A’zo bo‘lish "bamming"deb ataladigan marosim bilan boshlanadi va juda shafqatsiz o‘tadi Nigeriya ishsizlik bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. Shunday qiyin sharoitda Qora boltaga a’zo bo‘lish yaxshigina daromad keltiradi. Guruhlar asosiy daromadini internetdagi qallobliklardan topadi. Hujjatlar, bank o‘tkazmalari va minglab elektron pochtalar Qora bolta a’zolari dunyo bo‘ylab onlayn firibgarliklarni amalga oshirayotganini ko‘rsatadi. Qallobliklarni amalga oshirish rejalarini a’zolar bir-biri bilan almashadi. Ular merosni o‘marish,ko‘chmas mulkni tortib olish, biznes elektron pochtalari orqali pul yechib olish kabi firibgarlik turlaridan foydalanadi. Ma'lumotlarga ko'ra bu to'da vakillari soni 30 mingdan ortiq. Ular butun Yevropa, Amerika, Janubiy Amerika va Osiyo bo‘ylab tarqalgan.
"Bovari xonim" sindromi.Sindrom nomi 1857-yilda fransuz yozuvchisi Gustav Flober tomonidan yozilgan "Madame Bovari" asaridagi Emma Bovari personaji nomidan olingan. Asarda personaj xayolparast sifatida ifodalangan. Bovari xonim sindromiga chalingan insonlar, qachondir bir inson kelib ularni hamma muammolardan qutqarib, hayotini tubdan oʻzgartirib yuborishiga qattiq ishonib yashashadi. Xuddi oq otdagi shahzodani kutayotgan malika kabi. Ularning yagona maqsadi oʻsha odamni topish.Topmoqchi b
oʻlgan odamlari esa romantik kino yoki asarlardagi kabi ideal boʻlishi kerak. Sindrom xayoliy illyuziyalar bilan yashashga majbur qiladi va real hayotdagi muammolarni hal qilishdan uzoqlashtiradi. Shu sababli ham aksar sindromga chalingan, oila qurgan insonlar oʻz turmush oʻrtogʻidan qoniqmaslikni boshdan kechiradilar. Sindrom erkaklarda ham ayollarda ham kuzatiladi. Sindromning yagona yechimi instinktlarga koʻproq quloq solishdir.
#Termin. "Penrouz zinasi" bu tuganmas, oxiri yo'q zinalarni ifodalaydi.Bu terminni matematik Rojer Penrouz otasi biolog Lionel Penrouz bilan birgalikda ishlab chiqqan. Cheksiz zinapoyaning mohiyati shundan iboratki, Penrouz zinapoyasi bo'ylab istalgan nuqtadan yurishni boshlasangiz ham baribir oxirida siz yurishni boshlagan joyingizga qaytib kelasiz.
#Fobiya. Verminofobiya-mikroblardan qo'rqish. Mikroblardan patologik qo'rqish, psixosomatik va allergik kasalliklarga olib keladi. Bu fobiya natijasida tananing sezuvchanligi oshib ketadi. Verminofobiyani vaqtida davolamasa o'limga ham olib kelishi mumkin.
"Shaxmatdagi debyut" Shaxmatdagi debyut shaxmat, oʻyinining dastlabki yurishlarni oʻz ichiga oluvchi boshlangʻich bosqichidir.Odatda, debyutlar ilk bor qoʻllanilgan mamlakat, shahar yoki uni kashf etgan shaxmatchi nomi bilan yuritiladi. Masalan, ispancha oʻyin, Alyoxin himoyasi.Ikkala tomon ham oʻz shohi oldidagi piyodasini ikki xona olgʻa sursa ochiq debyut, farzinlar oldidagi piyodalar ikki xona surilsa yopiq debyut va oqlarning shohi oldidagi piyodasi ikki xona surilishiga qoralar boshqacha javob qilsa, yarim ochiq yoki yarim yopiq debyut deyiladi.
#Effekt. "Dejavyu" -fransuz tilidan olingan bo'lib bunda inson o'zini xuddi shu vaziyatda oldin ham bo'lgandek va hatto keyingi lahzada nima bo'lishini aniq biladigandek his qiladigan holat. Nevrologlar dejavyu effekti miyaning "ma'lumotlarini saqlash" uchun mas'ul bo'lgan qismi, ya'ni gipokampusdagi nosozlik tufayli paydo bo'lishi mumkin degan nazariyani olg'a surmoqdalar. Agar miyaning bu bo'limi biron bir sababga ko'ra ishlamay qolsa, biz yangi vaziyatni oldin ham bo'lgandek his qilamiz. Buning sabablari esa stress, ruhiy tushkunlik va hatto magnit bo'ron bo'lishi ham mumkin.
#Fobiya. Tripanofobiya-ukol qabul qilishdan qo'rqish. Bu eng ommalashgan va yoshligimizdan shakllanib kelgan fobiya turi hisoblanadi.
#«Overton oynasi» - bu siyosiy tushuncha boʻlib, unga koʻra istalgan bema’nilikni, axloqsizlik va yoki taqiqlangan narsalarni tabiiy hodisaga aylantirish, hattoki qadriyatlar darajasiga koʻtarish mumkin! Bunga inson psixologiyasiga uzoq ta’sir qilish orqali erishiladi. Bu nima degani? Deylik, unga koʻra aholi jamoat orasida uzoq vaqt inson goʻshtini yeyish mumkin ekanligi haqida targʻibot qilinadi. Keyin odam goʻshti iste‘moli haqida qaror qabul qilinadi. Odamlar bu haqida eshitib bora-bora koʻnikib, qarordan keyin esa buni sinab koʻruvchilar ham topiladi. Ma‘lum vaqt oʻtgandan keyin bizning xuddi mol, qoʻy va boshqa hayvon goʻshtlarini yeyishimiz tabiiy holatga aylanib qolganidek, odam goʻshtini yeyish ham tabiiy hodisaga aylanadi. Overton oynasi 6 ta bosqichdan iboratdir. Bu nazariya 1990-yillar o'rtalari Makin publika siyosati markazi xodimi Jozef Overton (1960-2003) tomonidan ishlab chiqilgan.
#Sindrom."Dorian Grey portreti" Sindrom, yozuvchi Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” romanidagi Dorian Grey ismli personaj nomidan kelib chiqqan. Romanda ushbu personaj qarib ketishidan va koʻzguda oʻzining qarigan holatini koʻrishdan judayam qoʻrquvchi shaxs sifatida gavdalantirilgan. Oʻzlarini Dorian Grey kabi his qiluvchi insonlar yoshlik va chiroylarini saqlab qolishga juda ham kuchli kirishadilar va buning uchun koʻp narsani qurbon qilishga tayyor boʻladilar. Masalan qimmatli kosmetikadan tortib, hayot uchun xavfli boʻlgan plastik jarrohlikgacha borishadi. sindrom asosan ayollar va mashhur insonlar orasida koʻp uchraydi. Dorian Grey sindromi gerontofobiya (qari odamdan yoki oʻzini qarib qolishidan qoʻrqish) bilan ham oʻxshashlik tomonlari bor. Misol uchun sindromga chalingan va fobiya bilan aziyat chekayotgan insonlar achinarli koʻrinishdan, kimgadir suyanib qolishdan juda qoʻrqadilar. Sindromdan qutilishning yagona yoʻli sport va sogʻlom hayot hisoblanadi.
Evtanaziya (grekcha "εὖ" — "yaxshi, "θάνᾰτος" — "o'lim")Davolab bo'lmaydigan kasallikka chalingan va va bu kasallik tufayli chidab bo'lmas azoblarni boshdan kechirayotgan odamning o'z hayotini ixtiyoriy ravishda tugatish amaliyoti. Termin ilk bor XVI asrda Frensis Bekon tomonidan "yengil o'lim"ni ifodalash uchun ishlatilgan.
"Aza marosimi". Amazonka qabilasi sayyoramizdagi o‘z urf-odatlarini asrab qolgan eng qadimiy qabilalardan sanaladi. Bu qabila ahli aqidasiga ko‘ra, o‘lim g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Qabiladoshlar qabila ahlidan birortasi vafot etgach, uning butun tanasini o‘tda kuydirib, kulini banan bilan aralashtirishadi. So‘ng, tayyor bo‘lgan bu «taom»ni yeyishadi. Bu hol vafot etgan shaxs qabiladoshlari bilan uzluksiz birga degan ma’noni anglatadi.
Mandela effekti.Ayrim hollarda bir qancha odamlar mayda detallarigacha bir xil bo'lgan yolg'on xotiraga ega bo'lishlari mumkin. Bu xotiralar real voqelikka zid hamda uni isbotlovchi hech qanday dalillarsiz bo'ladi. Aynan shu holatga nisbatan "Mandela effekti" termini ishlatiladi. Effektning paydo bo'lish tarixi 2013-yilga borib taqaladi. Shu yilning 5-dekabrida JARning sobiq prezidenti, mashxur siyosiy arbob Nelson Mandela vafot etadi. Bu haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokama qilinadi. Qiziqarli tomoni, ko'plab foydalanuvchilar ushbu xabardan hayratga tushadilar. Negaki ular siyosatchini o'tgan asrning 80-yillarida qamoqda vafot etgan deb bilishardi. Hattoki ayrimlar bu haqida xabarlar chiqqanini ham eslab o'tadi. Aslida Mandelaning 90-yillarda ozod qilinganini juda kam odam yodga oladi. Mazkur "yolg'on xotira"ni tushuntirish uchun keyinchalik Fiona Brum "Mandela effekti" terminini taklif qiladi.
"Temir parda" iborasi..."Temir parda" atamasi ilk bor Uinston Cherchill tomonidan ishlatilgan. Aynan Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Cherchill 1946-yil 5-martda Amerikaning Fulton shahrida so'zlagan nutqida bu iborani ishlatib, unga klassik ma'no bergan. "Temir parda" - bu SSSR tomonidan o'rnatilgan va bir necha o'n yillar davomida Ittifoqni va boshqa sotsialistik mamlakatlarni G'arbning kapitalistik davlatlaridan ajratib turadigan axborot, siyosiy va chegaraviy to'sig'ini bildiruvchi siyosiy termin!
Danning-Kryuger effekti: Insonlardagi donolik (x) va o’ziga bo’lgan ishonch (y) bir-biriga qanday bog’langanligi ifodalaydi. O’ziga ishonchi yuqorilar aslida ma’lum ishni uddalay olmasligi, yuqori intellekt sohiblari esa o’ziga yetarli ishonchi yo’qligini bildiradi. Bunday hodisaning mavjudligi haqidagi gipotezani 1999-yilda Jastin Kryuger va Devid Danning ilgari suradilar, ularga Charlz Darvin va Bertran Rasselning quyidagi g'oyalari turtki bo'ladi: — Ishonch ko'pincha bilimdan ko'ra bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi (Ch. Darvin); — Bizning davrimizning ko'ngilsiz holatlaridan biri shuki, o'ziga ishonganlar ko'p axmoqlik qilishadi, sababi kerakli tasavvur va tushunchaga ega insonlar shubha va qat'iyatsizlikka to'la bo'lishadi (B. Rassel) . Ushbu g'oyani ilgari suruvchi fikrlar Lao-Szi, Konfutsiy, Suqrot va Mixail Bakunin ideologiyalarida ham uchraydi. Xalq tilida ham "O'ychi o'yini o'ylaguncha, tavakkalchi ishini bitirar" iborasi bejiz emas.
####################################################################

RINGELMAN EFFEKTI :Bu effektning mazmuni jarayon davomida biror guruhda odamlar sonining ko'payishi natijasi individual unumdorlik kamayishidir.Sodda tilda tushuntirganda biror sport turi yoxud jamoaviylik muhim ahamiyat kasb etadigan holatlarda jamoada odam qanchalik kam bo'lsa, samaradorlik shunchalik yuqori bo'ladi. (*ba'zi sohalarda aksincha bo'lishi ham mumkin) Bu effekt Maksimilian Ringelman (1861-1931) nomi bilan atalgan bo'lib, uning fikrlariga ko'ra, biror mashg'ulotda odamlar ko'paygani sari, mening harakatim ko'p narsani hal qilmaydi, ko'pchilik borku degan xayol paydo bo'ladi.XX asrning 2-yarmida olib borilgan izlanishlar bu jarayonni isbotladi. Masalan, arqon tortish bo'yicha tajribalar o'tkazilib, turli hajmdagi jamoalar bellashdi. Bellashuvlarning aksariyatida kamchilikning sa'y-harakatlari ko'pchilikning birgalikda qilgan mehnatidan ustun keldi.


IKEA effekti : Fe'l-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tadqiqotchilari M.Norton, D.Ariely fanga mana shu nomdagi fenomenni tanishtirishgan. Unga ko'ra, insonlar o'zlari yasagan, boshqacha aytganda, mehnatlari singgan narsalarni boshqalarga qaraganda ancha yuqori baholashadi. M.Norton quyidagicha tajriba o'tkazgan: Bir guruh odamlardan IKEA mebellarini o'z qo'llari bilan yig'ish so'ralgan. Boshqa guruh odamlarga esa o'sha mebelning tayyor varianti ko'rsatilgan. Birinchi guruhdagilar, ya'ni "ustalar" o'z ishini yakunlagach, ulardan "Shu yasagan mebelingizni qanchaga sotgan bo'lardingiz?", deb so'ralgan. Keyin esa tadqiqotchialr narigi ikkinchi guruh vakillariga yuzlanishib, ularga "usta"larning ishini ko'rsatishgan va "Shu mebelni qanchaga sotib olgan bo'lardingiz" deb so'rashgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, "Usta"lar o'z ishlarini "xaridorlar"ga nisbatan 63% qimmatroqqa baholagan. Keyingi tadqiqot esa origami qog'ozlari yordamida o'tkazilgan. Unda ham bir guruh "ustalar" va bir guruh "xaridor"lar qatnashgan. "Usta"lar qog'ozlardan instruksiya bo'yicha turli origami shakllarini yasashgan. So'ngra o'zlaridan shu ishlariga qancha narx berishlarini so'rashgan. Keyin esa "xaridor"lardan "usta"larning ishini baholash so'ralgan. Narxlar o'rtasidagi farq qancha deysizmi? Naq besh (!) baravar! Ya'ni origamini o'z qo'llari bilan, mehnati bilan yasagan odamlar uni xaridorlar o'ylagandan besh barobar qimmatroqqa baholagan. Undan keyingi eksperimentda ham origamidan foydalanishgan. Faqat bu safar hech qanday instruksiyasiz, yo'l-yo'riqsiz origami yasashgan. Albatta, bu jarayon avvalgidan ko'proq mehnat talab qiladi, ishonmasangiz o'zingiz hech narsaga qaramasdan origami yasab ko'ring! Tabiiyki, yasalgan origamilar avvalgidan ancha xunukroq bo'lgan. Ammo "usta" ning va "xaridor"ning baholari o'rtasidagi farq 5 barobardan ham ko'proqni tashkil qilgan. Bu degani, odamlar o'zlari ter to'kib, qiynalib yasagan g'ijim qog'ozlarni boshqalarga qaraganda aaaancha yuqori bahoshar ekan. Qancha ko'p sa'y-harakat sarf bo'lsa, shuncha yuqori baholashadi.Bu narsa menejment sohasida ham bir qancha masalalarni, misol uchun, cho'kib ketgan xarajatlar (sunk costs) mohiyatini tushuntirib berishi mumkin. Menejerlar ayrim hollarda muvaffaqiyatsiz loyihalarga, hattoki uning oxiri yaxshimasligi ko'rinib qolgan bo'lsa ham, resurslarni sarflashda, xodimlarini safarbar etishda davom etaveradilar. Chunki loyiha - uning mehnati, uning qarorlari va uning tashabbusi mahsuli. Menejer shuning uchun ham o'sha loyihani yaxshi ko'radi, to'xtatishni xohlamaydi. Siz ham shunday, biz ham shunday...
Okkam ustarasi — muammoni hal qilishning o'ziga xos uslubi bo'lib, "hech bir zaruriyatsiz mohiyat ko‘paytirilmasligi kerak" yoki "eng oddiy tushuntirish eng yaxshisidir" degan prinsipiga asoslanadi. Ya'ni, unga ko‘ra, bir voqelikni tushuntirish uchun ikki gap yetarli bo‘lsa, uchinchi gapga hojat yo‘q.Garchi ingliz faylasufi Uilyam Okkam (tahminan 1287-1347-yillarda yashagan) bunday fikr bildirmagan bo'lsa ham termin uning nomi bilan bog'lanadi. Okkam ustarasi - aksioma emas, prezumpsiya. Shu tufayli u murakkabroq tushuntirishlarni taqiqlamaydi. Termindagi "ustara" so'zi falsafada aql bovar qilmaydigan tushuntirishlarni olib tashlashga (qirqishga) yordam beradigan vosita sifatida tushuniladi. Huddi yuzdagi soqolni kesib tashlovchi moslamaga o'xshash bo'lgani uchun u shunday nomlanadi

Париж синдроми: Масалан сен ҳам Парижга боришни орзу қиласан, гуглга Париж деб ёзсанг зўр расмларни чиқариб беради. Кўзингни юмиб миянгга "Париж!" деб буйруқ берсанг, Эйфель минораси, онг остингда янграётган гармон овози, круассан хиди там Монмартрда сайр қилиб юрганинг келади. Так вот, япониялик психиатр Хироаки Ота 1986 йилда фанга Париж синдроми деган терминни киритган. Париж ҳақида фақатгина медия орқали тушунчага эга бўлган японлар у ерга боргач, умуман тасаввурлари синиб кетган. Психологик муаммога дуч келиб, мутахассисларга мурожат қилишган. Тўғрида, масалан любой битта 18-20 ёшли қизни профиль расмларини ичида Париждаги севги акс этган суратларни топасан, кабаре Мулен Руж, романтика, француз классик адабиёти, Шанель, Эдит Пиаф "Non, Je ne regrette rien" (ўзбекчаси Ноооо ғияда ғия😂) и все такое. Лекин туристлар келгач, у ердаги чўнтак ўғрилари, одамларнинг муносабати, мигрантлар, айрим туманлардаги жиноятчилик авж олган геттоларни кўриб ғалати бўлиб қолишган экан. Япон маданияти билан Француз маъданияти ўртасидаги ижтимоий муносабатлардаги катта жарлик одамларни психиатрга мурожат қилишга олиб келган. Так вот, бирор шаҳар ва юрт ҳақида умуман қандайдир ходисалар ҳақида фақат кинолардан хулоса қилиш, кўрсатувлар орқали якуний хулосага келиб ишониб олиш мумкин эмас. Ҳамма нарсада кўпроқ изланиш олиб бориш керак. Яхши ҳозир интернет бор, 80 йиллардагидан кўра объективроқ маълумотлар топиш осон.


"Sariq matbuot" (shuningdek, bulvar matbuoti): Asosan taniqli odamlar hayoti haqidagi mish-mishlar, sensatsiyalar (ko'pincha to'qima) hamda janjallarni bosib chiqarishga ixtisoslashgan va juda arzon narxda tarqatiladigan bosma nashrlarga nisbatan ishlatiladigan termin. 1897-yilda ilk marta qo'llanilgan ushbu terminning kelib chiqishi haqida turlicha versiyalar mavjud. Ulardan biriga ko'ra, bu nom sariq rangli qog'ozga bosilgan gazetalar tufayli kelib chiqqan. Ba'zi tarixchilar Ispaniya —Amerika urushi kelib chiqishiga Kuba qo'zg'olonini bostirishga urinishda Ispaniyaning shafqatsizligi to'g'risida bo'rttirib yozgan "sariq matbuot" sababchi ekanini ta'kidlaydi. Boshqa bir versiya teminni 1895-yilda chiqqan "Sariq bolakay" komiksi bilan bog'laydi.
"Sariq bolakay" (inglizcha "The Yellow Kids") : 1895-yilda "New York Journal"da birinchi marta nashr etilgan komiksning nomi. Uning yaratuvchisi zamonaviy komikslar "otasi" hisoblanuvchi amerikalik rassom Richard Autkolt edi.U 1898-yilgacha Jozef Pulitserning "New York World" jurnalida, keyinchalik Uilyam Randolf Xirstning "New York Journal"ida chiqarilgan. Keyinchalik ushbu komiks "sariq matbuot" atamasi tufayli mashxurlikka erishgan.Komiks bosh qahramoni Miki Dyugan old tishlari bo'rtib chiqqan kal bolakay edi. U o'lchamsiz tungi ko'ylak kiyib yurar va Nyu-York xiyobonlaridan birida bo'sh vaqtini o'tkazardi. Hogan alleyasi u kabi bolalar bilan to'lib toshgandi. Miki o'ziga xos jargonda gaplashardi. Uning futbolkasidagi yozuv reklama plakatlariga yoziladigan shiorlarni ustidan kulgandek tuyilardi.
​​#Iqtisod #Indeksi: Iqtisodiy inqiroz - umummiqyosda stress olib keladigan hodisa hisoblanadi. OAV va internet saytlari turli statistikalarga va raqamlarga to'lib toshadi. Biroq hamma ham bu tahlillarni tushunavermaydi. Oddiy odam "Inqiroz tugaydimi? Yo'qmi? Qachon?" kabi savollarga oddiy javob olishni xohlaydi.

Agar siz iqtisodni o'rganmagan bo'lsangiz, shunchaki kuzatishni boshlang, shunda hammasi aniq bo'ladi. Atrofda iqtisodiyot bilan bog'liq indekslar talaygina. Kanalda ular haqida navbat bilan berib boraman. Demak, bugungi mavzu:


Qizil lab bo'yog'i indeksi Inqiroz albatta yoqimsiz: daromadlarning keskin pasayishi, ishdan bo'shatish, qisqasi to'liq umidsizlik olib keladi. Biroq ayollari har qanaqa vaziyatdan chiqish uchun qandaydir yo'l topishadi. Misol uchun, 2001-yilda o'zining kosmetika mahsulotlari bilan mashhur Estee Lauder kompaniyasi rahbari Leonard Lauder mamlakatdagi iqtisodiy pasayish darajasini ifodalovchi "lab bo'yog'i indeksi"ni ishlab chiqdi. U qanday ishlaydi? Hammasi juda oddiy - har bir ayol hatto eng og'ir moliyaviy paytlarda ham mukammal ko'rinishni xohlaydi, biroq brend sumkalar va qimmatbaho ko'ylaklar uchun pul yetishmayotganligi, shoping uchun imkon yo'qligidan kelib chiqsak, demak e'tiborni boshqa tarafga burish kerak bo'ladi. Ya'ni bunday paytda ayollar dekorativ kosmetikaga, masalan pomadaga asosiy e'tiborni qaratishadi. Qizil rang esa, boshqa ranglarga nisbatan kayfiyatni ko'taradi, deb hisoblaydi Leonard Lauder. Indeksdan asosiy xulosa shuki, agar kosmetik mahsulotlarga talab boshqa paytlarga nisbatan oshayotgan bo'lsa, demak mamlakat iqtisodiyotida ishlar yomon!
Autsayder effekti (ing. Underdog effect) — ijtimoiy fe'l-atvor bo'lib, bunda jamiyatda potensial autsayderga nisbatan simpatiya paydo bo'ladi. Oddiy so'zlar bilan tushuntirganda, odamlar kuchsiz jamoa musobaqa liderini mag'lub etishini xohlaydi. Ko'plab tarixiy, afsonaviy hikoyalarda ham autsayder effektiga o'xshash voqealar keltirilgan. Masalan, Dovud alayhissalomning ancha bahaybat Jolutni mag'lub etishi yoki Robin Gud haqida bir qancha afsonalar. Effekt, yana, sport musobaqalarida ham ko'p seziladi. Rioda o'tgan Olimpiada o'yinlarida, ayniqsa, "anderdog" hikoyalari ko'p bo'ldi. Jozef Skuling suzish musobaqalarida o'zining kumiri – Maykl Felpsni mag'lub etishi, Puerto Rikolik Monika Puig, kutilmaganda, musobaqa finalida dunyoning ikkinchi raketkasi Anjelika Kerberni mag'lub etishi ko'plab misollarning ikkitasi holos.
«Мария-Антуанетта» синдроми: Бир вақтлар француз қироличаси Мария-Антуанетта халқининг ғалаён қилаётгани ҳақида эшитиб, «Булар нима исташяпти ўзи?» деса, мулозимлар «Халқнинг ейишга нони йўқ, маликам», деб жавоб беришади. Малика ҳайрон бўлади-да: «Тавба! Шуям муаммоми? Нонлари бўлмаса, пирожний ейишсин» дейди. Бугунги ҳолатимизнинг бу воқелик билан ўхшаш томони жуда кўп. Бу ҳодиса маҳаллий чиновник ва халқ ўртасида пайдо бўлган жарликни намоён этади. Чунончи, амалдорларимиз ҳарчанд ўзларини халқпарвар қилиб кўрсатмасин, воқеалар ривожи бутунлай бошқа манзарани кўрсатмоқда. Чиновниклар ва халқ ўртасидаги тушунмовчиликларнинг бош сабаби мана шунда. Мария-Антуанетта ҳам юқорида келтирилган сўзларни халқни ўйлаб, халқ манфаати учун гапирганига чин кўнгилдан ишонган бўлса не ажаб...Мени ҳайрон қолдираётган ва ушбу сўзларни ёзишимга мажбур қилган бир нечта ҳодисаларни санаб ўтаман:
Одамлар ишсизликдан азият чекишмоқда, уларга яхши даромад келтира оладиган доимий иш керак. Ҳокимларимиз эса, вилоятда иш ўрнини яратишга ҳаракат қилиб, бунинг учун керакли шароитларни қилиб беришни ўрнига, 4500 нафар фуқарога Россиядан иш топиб беришяпти.Болалар совуқ синфхоналарда иссиқ кийимларда ўтиришибди. Кимдир касал, кимдир нимжон, айримларнинг қўллари совуқдан шишиб кетган. Халқ таълими вазирлиги эса, синфхоналарни иситиш ҳақида қайғураётгани йўқ, уларга Давлат мадҳиясини ўқувчи ва ўқитувчилар томонидан жўр бўлишиб куйланиши муҳимроқ.Халқ “UzAuto Motors” монопол компанияси ҳамда Давлат божхона қўмитасидан зада бўлиб кетган, уларга ўз қаршилигини турли усуллар билан намоён этишга ҳаракат қилмоқда. Амалдорларимиз эса, бу чақириқларга пинагини ҳам бузмай, «Соғлом ҳаёт учун 5000 қадам» ташаббусини илгари сурмоқдалар. Раҳбарлар гўёки ўзининг фантазиясида, "ички Ўзбекистон"ида яшаётгандек. Беихтиёр ўзбек эстрадаси дурдоналаридан бўлган "Биз томонга бир қараб қўй", қўшиғини ҳиргойи қилгин келади. Бу шахсларнинг хатти-ҳаракатлари халқ хоҳиш-истаги, юртимизнинг бугуни билан мутлақо тескари, ва энг қўрқинчлиси шундаки, уларнинг ўзлари бундан бехабар
Pitsa effekti — ma'lum bir xalq yoki millat madaniyatining bir qismi boshqa bir muhitga chiqib, turli o'zgarishlarni boshdan kechirishi va o'z "ona" madaniyatiga qaytib kirishini ifodalovchi termindir. Termin 1970-yilda indolog va antropolog Leopold Fisher (keyinchalik Agexananda Bxarati nomini olgan) tomonidan taklif qilingan bo'lib, bunga Italiyada kambag'allar taomi bo'lgan pitsaning Amerikaga ko'chib borgan italyanlar tomonidan mukammallahtirilgani va keyinchalik amerikaliklar orasida mashxur taomga aylanib, o'zining tarixiy vataniga "italyan oshxonasining nozik taomi" sifatida qaytib kelgani sabab bo'lgan.
ASH EKSPERIMENTI: 1951-yilda e'lon qilingan psixologiya tarixidagi eng mashhur eksperimentlardan biri. Qisqacha tushuntiraman: Bir qancha aktyorlar va bitta sinaluvchi (u qolgan sheriklari aktyorlar ekanligini bilmaydi) bir xonaga sinov uchun kiritiladi. Quyidagi rasm ularga ko'rsatiladi. Sinaluvchi alohida olingan chiziq C chiziq bilan teng ekanligini ta'kidlaydi. Ammo uning yonidagilar (aktyorlar) aslida alohida chiziq A chiziq bilan teng deb turib olishadi. Sinaluvchi ularga noto'g'ri fikrlayotganini uqtirishga urinadi. Ammo ular o'z fikrida qat'iy turib oladi. Bir necha bor urinishlardan so'ng, u ham sekin aktyorlarning fikriga bo'ysunishga majbur bo'ladi. Atrofidagilarning ta'siri uni ham noto'g'ri javobni to'g'ri deyishga undaydi. Ash eksperimentining mohiyati shundaki, sinaluvchi o'zining fikri to'g'ri ekanligini biladi, ammo ko'pchilikning harakatiga qarshi chiqa olmaydi.
Qora ot (inglizcha "Dark horse") : Kutilmaganda g'oliblikka da'vo qiluvchi nomzod bo'lib, uning g'olib bo'lishi haqida avval hech kim o'ylab ham ko'rmagan.Terminning kelib chiqish tarixi ot sportiga borib taqaladi. Benjamin Dizraelining "Yosh gersog" romanida shunday jumla uchraydi: "Hech kim xayoliga ham keltirmagan, hatto Sent-Jeyms gertsogi ro'yxatda pisand qilmagan qora ot g'oliblik yo'lagidan yugurib kelardi, Hozirgi kunda bu termin turli musobaqalarda g'oliblikka kutilmagan tarzda nomzod bo'lib qolgan qatnashuvchilarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, 2016-yildagi "Lester" jamoasi haqida shunday deyish mumkin.
Boykot nima?: Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida, ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin. XIX asr oxirida (1880 yillar) bir aslzodaning mulkida Charlz Boykott (Charles Boycott) ismli boshqaruvchi ishlagan. U adolatsiz ijara to‘lovidan norozi bo‘lgan ishchilarga qarshi kurashgan odam sifatida tanilgan. Charlz qilgan harakatlar besamar ketmagan. Mahalliy aholi u bilan salomlashmay va hatto gaplashmay qo‘ygan, unga do‘konlarda hizmat ko‘rsatishdan bosh tortishgan, cherkov yig‘inlarida esa uning yonidagi skameykadagi o‘rindiqlar doimo bo‘sh bo‘lgan. Ushbu voqea ingliz tilida "boykot" so‘zining paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Myunxauzen sindromi - inson tibbiy ko'rikdan o'tish, davolanish, kasalxonaga yotish, jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun kasallik belgilarini bo'rttirib ko'rsatadigan (simulyatsiya qiladigan) psixologik kasallik. Myunxauzen sindromi sabablarini umumiy qabul qilingan izohi shundan iboratki, kasallikni simulyatsiya qilish ushbu sindromli odamlarga yetishmayotgan e'tibor, g'amxo'rlik, hamdardlik va psixologik yordamni olishlariga imkon beradi. Sindrom o'zining hayoliy hikoyalari bilan mashhur bo'lgan nemis baroni Karl Fridrix Ieronim fon Myunxauzen (1720-1797) nomi bilan atalgan.
​​Edip kompleksi - Freyd tomonidan kiritilgan termin, bolaning onasiga nisbatan anglanmagan mayli va shunga bog'liq holda kechadigan o'z jinsidagi ota-onasiga agressiv holatning mavjudligi. Mazkur ilk bolalikda paydo bo'ladigan tasavvurlar va hislar anglanmagan bo'ladi. Bola bunday paytda onasining e'tibori to'laligicha o'ziga qaratilishini istaydi. Buning uchun u turli usullarni qo'llaydi, otasiga nisbatan rashk tuyg'usini tuyadi, ota-onasining suhbatini bo'lishga intiladi. Edip kompleksi qadimgi yunon afsonalaridagi shoh Edip nomi bilan bog'liq. Bu afsona asosida Sofokl o'zining "Shoh Edip" tragediyasini yaratgan. Shoh Edip, otasini o'ldiradi, onasiga uylanadi. Shu afsona asosida Freyd o'g'il bolalarda onaga nisbatan anglanmagan mayl mavjud bo'lishi va otasiga nisbatan agressiyasi mavjud bo'lishini aytib o'tgan. Albatta, bola katta bo'lganidan so'ng kompleks bezovta qilmaydi. Agarda bola jazolansa, agressiya bildirilsa, vaqt o'tib bu kompleks bezovta qila boshlaydi. Elektra kompleksi - Edip kompleksining qizlarga moslangan analogi, ya'ni qjz bolaning otasiga nisbatan muhabbati va onasiga nisbatan anglanmagan nafrati. Qiz bola otasining mehrini qozonishga, uning e'tiborini qaratishga urinadi. Elektra qadimgi yunon afsonasidagi Agamenon va Klitemnestraning qizi. U o'z ukasi Orestni o'limdan qutqaradi va otasini o'ldirgan onasidan va uning oshig'i Egisfdan qasos olishga yordam beradi. Shu afsonaga mos holda qiz bolalarning o'z otasiga nisbatan mayli borligi va o'z onasiga nisbatan agressiyasi mavjudligi Freyd ta'limotida o'z ifodasini topadi.
"Songkran" bayrami: Mazkur bayram tailandliklar uchun avvalo Yangi yilning kirib kelishi sifatida nishonlanadi. Ayni shu kuni o‘tmishdagi gunohlari yuvilib ketishi uchun tailandliklar ko‘cha-ko‘yda idish to‘la suv ko‘tarib yuradilar va bir-birlariga sepadilar. Bugungi kunda bu ko‘rinish sal boshqacha tus olgan: odamlar suv purkagich to‘pponcha, uzun shlanglardan foydalanadilar. «Songkran» mohiyatiga ko‘ra, odam qancha suvga ivisa, kutib olingan yil shunchalar omadli, muvaffaqiyatli kechar ekan. «Songkran» aprel oyi o‘rtalarida nishonlanadi. Ba’zilar 13-15 aprelda nishonlashsa, ba’zilar bu sanalardan sal keyinroq bayram qilishadi. Ushbu bayram tantanali ravishda Bangkok va Mai shaharlarida keng nishonlanadi.
Daruma: Mashhur yapon qo‘g‘irchoqlaridan biri bu Darumadir(uning ko‘rinishi rus matryoshkasini eslatadi). Ushbu qo‘l-oyoqsiz, yaxlit bosh-tanadan iborat yorqin qizil rangdagi qo‘g‘irchoqning qachon yaratilganligi noma’lum. Ba'zi manbalarda XVII asr boshlaridan ommalashgan deyiladi. Bu qo‘g‘irchoqning nomi dzen-buddizm asoschisi ismi sharafiga qo‘yilgan. Afsonaga ko‘ra, u oyog‘idan ajralgach, 9 yil mobaynida tinimsiz meditsina bilan shug‘ullangan. Yangi yil kechasi yaponiyaliklar Daruma ustiga o‘z ismlarini yozib, ezgu tilak bildirishadi.
"Bolduin effekti"(ba'zan Bolduin evolyutsiyasi) – amerikalik psixolog va faylasuf Jeyms Bolduinning nazariyasi bo'lib, unga ko'ra inson bir qobiliyatni tug'ma ravishda emas, balki hayotida davomida o'rgangan bo'lsa, bu insonning avlodi o'sha qobiliyatga tug'ma ravishda ega bo'ladi. Nazariya haqida Jeyms Bolduin ilk bor 1896-yili, "Evolyutsiyaning yangi faktori" asarida yozgan. Oddiyroq qilib tushuntiriladigan bo'lsa, agar insonda matematikani o'rganishga qobiliyat bo'lmasa ( "qonida yo'q" bo'lsa ), lekin hayoti davomida muntazam matematika bilan shug'ullanish natijasida fanni chuqur o'rgansa, uning farzandida matematika "qoni" paydo bo'ladi.
Аспергер синдроми: Бу видеони кўпчилик кўрган бўлса керак. Гап Суареснинг қитмирлиги-ю Неймарнинг жаҳлдан бўзариб кетганлигида эмас. Сиз Мессининг юзига, нигоҳларига эътибор беринг!Лео кам учрайдиган касаллик билан оғриши ҳақида эшитган бўлсангиз керак - Аспергер синдроми. Аутизмнинг енгил кўриниши, лекин аутизмдан фарқи шундаки, Аспергер синдроми билан оғриган одамда нутқ, ҳаракат ва имо-ишора борасида муаммо бўлмайди - ҳаммаси одатдагидек. Аммо айрим жабҳаларда синдром ўзини намоён этади: бу тоифа одамлар воқеага мос муносабат билдира олмайди - юз ифодаси ё бефарқ, ё акс эмоцияни кўрсатади. Масалан, ачинарли ҳолат юз берса ҳам юзида ўзгариш сезилмаслиги ёки қувончли вазиятда ҳам хўмрайиб туравериши мумкин. Бразилиялик собиқ футболчи Ромарионинг айтишича, айнан шу синдром туфайли Месси даҳоларча ўйнайди. "Аспергер синдроми Мессига диққат-эътиборини фақат футболга қаратиб, бошқа нарсаларга чалғимаслик имконини беради", деб ёзганди Твиттерда Ромарио
Rangli inqilob (ing. colour revolution) - matbuot tomonidan 2004-yildan beri sobiq SSSRdan ajrab chiqqan davlatlarda hukumat almashishi uchun amalga oshirilgan inqiloblarga nisbatan qo'llaniladigan atama. Bu asosan 3 ta inqilobni o'z ichiga oladi 1. Atirgul inqilobi (Gruziya) 2.Apelsin inqilobi (Ukraina) 3. Lola qo'zg'oloni (Qirg'iziston)
​Mannergeym chizig'i... Bu 135 kmga, 90 kmni tashkil qiladigan, Finlandiya qirg'oqlaridan to Ladoga ko'ligacha bo'lgan hududdir. Bu hudud urush davrigacha qattiq nazorat ostida bo'lgan. Bu chizig'ni 1927-39 yillar davomida Sovetlardan himoyalanish maqsadida qurishgan. Chizig' haqida G'arbiy Yevropa matbuoti ko'plab ma'lumotlar berib, uni mustahkamligini aytib o'tishadi. Biroq sovet-fin urushida bu hudud yorib o'tiladi... Bu chizig' asli shved, sovet fuqorosi baron Karl Mannergeym nomi bilan atalgan. U hattoki general-leytenant lavozimigacha ko'tarilib, Nikolaning taxtga kelish marosimida qatnashgan. Finlandiyaning mustaqilligidan so'ng, u fin generali unvoniga sazovor bo'ldi va keyinchalik sovetlarga qarshi jangga ham chiqqan. 1944-1946 yillar davomida Karl Finlandiyaning prezidenti lavozimida ishlagan. Qo'shimcha: - boshqa qo'riqlangan chiziqlar - Majino chizig'i, Molotov chizig'i, Zigfrid chizig'i. - Dyurand chizig'i - Afg'on va Britaniya o'rtadigi shartnomada belgilangan chiziq.
​​IKKIYUZLAMACHI YANUS : Rim mifologiyasiga ko‘ra Yanus bu – vaqt xudosi, har narsaning ibtidosi va intihosi. U ikki qiyofada tasvirlangan. Yuzining bir tomoni kelajakka qaratilgan navqiron ko‘rinishda bo‘lsa, ikkinchi tomoni o‘tmishni eslatuvchi qarilik shaklida bo‘lgan. Shu bois "Ikkiyuzlamachi Yanus" degan ibora kelib chiqqan va keyinchalik beqaror, ikkiyuzlamachilarga nisbatan ta‘rif berilganda "yanus" so‘zi ishlatila boshlangan. ❗️ Grigoriy taqvimidagi birinchi oy– Yanvar ham aynan Yanus sharafiga nomlanagan.
"Janus word" ("Yanus so'z)-- kki bir-biriga qarama-qarshi ma'no anglatuvchi so'zning bir so'z orqali ifodalanishi. Odatda ingliz tilida ko'p uchraydi. Inglizlar bunday so'zlarni "contranym", "contronym", "antilogy", "enantiodrome" yoki "Janus word" ("Yanus so'z") deb ham atashadi. Avto-antonimlarga ham ijozat, ham ta'qiq ma'nosiga ega va bugungi kunda trendda bo'lgan "sanksiya" soʻzi misol boʻla oladi. Yoki "dust" fe'li ayrim o'rinlarda changni tozalash ma'nosida qo'llanilsa, boshqa hollarda aksincha ma'noda ishlatiladi.
"Kleyne-Levin" sindromi: Nisbatan kam uchraydigan ushbu nevrologik kasallik uyquning haddan tashqari ko'payib ketishi (gipersomniya) bilan tavsiflanadi. Unga chalingan odamlar kuniga 18 soatgacha (va undan ortiqroq ham) uxlashi mumkin. Ular faqat ovqatlanish va hojatga chiqish uchungina uyg'onadilar. Agar uyquga kimdir halal bersa, asabiy va agressiv munosabatda bo'lishadi. Ushbu sindrom odatda o'smirlik davrida yuzaga keladi.Kasallik haqida ilk ma'lumotlar frantsuz shifokori Edme Pyer Shavo de Boshen qo'llanmalarida uchraydi. Keyinchalik Villi Kleyne (1925) va Maks Levin (1936) tomonidan chuqur tadqiq qilingan. Shu tufayli u "Kleyne-Levin sindromi" nomini olgan. O'ziga xos belgilari tufayli "Kleyne-Levin sindromi" mashxur multpersonajni yodga soladi va shu sababli "Uyqudagi malika sindromi" deb ham nomlanadi.
"Qora oqqush": Har qanday kutilmagan katta hodisa – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – insoniyat tarixida chuqur iz qoldiradi. Bunday hodisalar fan tilida «qora oqqush hodisasi» (black swan event) deb ataladi. 2019 yil dekabr oyida Uxan shahrida boshlangan Covid-19 epidemiyasining dunyoga ta'sirini bundan bir necha yil oldin tasavvur qilish qiyin edi. Hatto ba'zi mutaxassislar Covid-19’ni mavsumiy gripp yoki boshqa o‘pka kasalliklariga o‘xshatishdi, vahima qilishga o‘rin yo‘qligini ta'kidlashdi. Bu – xuddi qora oqqushning Avstraliya qirg‘oqlarida mavjud ekaniga ornitolog olimlar ishonmay kelishgani, toki 1697 yilda uni ko‘rib hayratda qolganlaridek, yuzaga kelib turgan pandemiya ko‘pchilik uchun haqiqiy «syurpriz» bo‘ldi. «Qora oqqush hodisasi» iborasi ilm-fan, moliya va texnologiya tarixida kutilmaganda sodir bo‘ladigan, sodir bo‘lishi ehtimoli juda past bo‘lgan, ammo sodir bo‘lsa jiddiy zarar keltiradigan hodisalarga ishlatiladi. Bunday hodisalarning murakkab tomoni shundaki, ularning qachon sodir bo‘lishini va voqealarning qaysi tomonga va qanchalik tez rivojlanishini taxmin qilishning imkoni yo‘q. Iqtisodchilar tili bilan aytganda, keyingi voqealar rivojini taxmin qilish uchun ma'lumotlar yetarli emas.
Етти қават осмон: Имом Бухорий ва Имом Муслимлардан ривоят қилинган «исро ва меърож» ҳақидаги ҳадисларда пайғамбаримиз Муҳаммад с.а.в.нинг Масжидул ақсодан осмонга кўтарилганликлари ҳақида ривоят қилинади. Ушбу ҳадисга кўра, Расулуллоҳ с.а.в. еттита осмондан ўтадилар ва ҳар бир осмонда қуйидаги пайғамбарлар билан учрашадилар: 1. Биринчи осмон — Одам алайҳиссалом 2. Иккинчи осмон — Исо ва Яҳё алайҳиссаломлар 3. Учинчи осмон — Юсуф алайҳиссалом 4. Тўртинчи осмон — Идрис алайҳиссалом 5. Бешинчи осмон — Ҳорун алайҳиссалом 6. Олтинчи осмон — Мусо алайҳиссалом 7. Еттинчи осмон — Иброҳим алайҳиссалом.
Етти хазинани биласизми? 1. Сигир — рўзғорнинг қассоби ва баққоли 2. Асалари — оиланинг табиби 3. Ипак қурти — қизларнинг сепи 4. Обжувоз — қозоннинг ёги 5. Тегирмон — қориннинг белбоғи 6. Ўрмон — иморат «суяги», қозон олови 7. Товуқ — ҳам обиёвғон, ҳам дори-дармон
Етти авлодни биласизми? 1. Фарзанд 2. Невар 3. Чевара 4. Эварa 5. Панневарa 6. Овора 7. Бегона
Етти иқлимни биласизми? 1. Экваториал 2. Субекваториал 3. Тропик 4. Субтропик 5.Мўтадил 6. Субарктик 7. Арктик
​​#terms Xyuston, bizda muammo paydo bo‘ldi: Ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan ushbu ibora ilk bor 1964-yil “Robinzon Kruzo Marsda“ fantastik filmida yangragan. 1969-yili ibora “Yo‘qolganlar“ filmida yangraydi. Iboraning mashhur bo‘lib ketishiga falokat bo‘lishiga oz qolgan voqea sababchi bo‘lgan. 11-aprel 1970-yili “Apollon-13“ kosmik missiyasi Oyga yuboriladi. Parvozdan uch sutka o‘tib, bortda avariya sodir bo‘ladi: kislorod balloni portlab, yoqilg‘i batareyalari zararlanadi, asosiy tizim ishdan chiqadi. Natijada, astronavtlar Jeyms Lovell, Jon Suaygert va Fred Heyz cheklangan kislorod va ichimlik suvi bilan kosmik kemada qolib ketishadi. Kutilmaganda sodir bo‘lgan vaziyat haqida Xyuston kosmik parvozlar markaziga xabar berar ekan, J.Suaygert “Xyuston, bizda muammo paydo bo‘ldi“ deydi. Qiziq tomoni, “Yo‘qolganlar“ filmining premyerasidan 5 oy o‘tib “Apollon-13“ astronavtlari ham filmdagi qahramonlar tushgan vaziyatga tushib qolishadi. Xuddi “Yo‘qolganlar“ filmi qahramonlari kabi astronavtlar ham qiyin vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishadi. Iboraning yanada mashhur bo‘lishiga 1995-yilgi “Apollon-13“ filmida yangrashi sabab bo‘lgan. Hozirda ushbu ibora qiyin vaziyatga tushib qolinganda hazil, jiddiy, kinoya va boshqa ko‘rinishda ishlatilishi mumkin.
#Fobiyalar D va E -bilan boshlanuvchi fobiyalar: Dendrofobiya - Daraxtlardan qo'rqish Dentofobiya - Tish shifokorlaridan qo'rqish Domatofobiya - Uylardan qo'rqish Distixifobiya - Baxtsiz hodisalardan qo'rqish
E Ekofobiya - Uydan qo'rqish Elurofobiya - Mushuklardan qo'rqish Entomofobiya - Hasharotlardan qo'rqish Ephebifobiya - O'smirlardan qo'rqish Ekvinofobiya - Otlardan qo'rqish
"Reinkarnatsiya": Ruhlarning bir tanadan boshqa tanaga ko‘chishi ilm-fan tilida «reinkarnasiya» deyiladi.Bu atama o‘limdan so‘ng ruhning bir tanadan chiqib, boshqa bir jasadga ko‘chishi haqidagi asossiz nazariyaga nisbatan ishlatiladi. O‘tmishda g‘ayritabiiy hodisalarga aqli yetmagan johil kimsalar, aqidasi buzuq qavmlar ( buddaga sig‘inuvchi hindlar, hatto xristian diniga mansub bo‘lgan ba’zi bir kishilar) ana shunday tushunchada bo‘lishgan.Ular qiyomatda qayta tirilishni, har bir ruh o‘z jasadiga qaytib, jannatga yoki do‘zaxga kirishini inkor qiladilar va ruhlar tanani tark qilganidan keyin, boshqa yangi tug‘iluvchi chaqaloq tanasiga kiradi – deyishadi. Ba’zida o‘z xulqi va shakliga munosib bo‘lgan hayvon, hashorat va qushlarning tanasiga kiradi va amallariga qarab ne’matlanadi yoki azoblanadi – deyishadi. So‘ng yana o‘sha amali va axloqiga munosib boshqa tanalarga kiradi – deyishadi. Mana shu ularning nazdida kishining amaliga yarasha ne’matlanish yoki azoblanishdan iboratdir. Agar gunoh qilsa, u o‘lgach, ruhi it yoki to‘ng‘iz, yoki kofir jasadiga o‘tadi va azoblanadi. Oqibatda barcha ruhlar qilgan gunohidan poklanib, Parvardigorga qaytadi. Bunday toifadagi kishilar nazdida, ruhlar tanadan ajragach, ularning qaror topgan joylari o‘zlariga munosib hayvonlardan iboratdir. Ba’zilari shunday yashash doimiy davom etadi – desa, ba’zilari inson yetti bor bu dunyoga qayta keladi – deyishadi. Ba’zilar esa : Ruh tanani tark etgach butkul yo‘q bo‘lib ketadi, qilgan amaliga yarasha bo‘lgan ne’mat yoki azoblanish jasadga bo‘ladi – deyishadi.
Danning-Kryuger effekti: Psixologiyada Danning-Kryuger effekti tushunchasi mavjud. Bu tushuncha biror bir sohada yoki vaziyatda odamning o'ziga bo'lgan yuqori darajadagi ishonchini izohlaydi. Odamning o'ziga bo'lgan ishonchi juda yaxshi narsa, albatta, odam har qanday vaziyatda o'ziga ishonishi kerak. Biroq, bu haddan ziyod ishonadigan bo'lsa, bu qaltis vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga yaqinda kirib kelgan. Masalan, avtomobillar bilan bog'liq avariyalar ham haydovchilarning o'ziga bo'lgan yuqori ishonchidan keyin sodir bo'ladi. Shifokorlar o'zlari qo'ygan tashxisga qattiq ishonishlari va bu tashxisning xato ekanligi bemor hayotiga xavf tug'diradi. Oddiy odamlarda ham bunday holatlar ko'p uchraydi. You Tubedan bir ikkita video ko'rib, ustachilik qilamiz deb, ko'p narsalarni buzib ham qo'yganmiz. Yaqinda odamlar koronavirus infeksiya tarqagan paytda, ko'pchilik internet orqali virus haqida o'qib, "virusolog"ga aylanib olishgandi. Hozir esa o'sha virusologlar juda zo'r "siyosatchi"ga aylanishgan. "Siti"ga qarshi o'yindan oldin Danning-Kryuger effektidan biz ham aziyat chekdik, o'zimizga va "Liverpul"ga bo'lgan ishonchimiz haddan ziyod edi. G'alaba kutayotgan edik. Chempionlik masalasini hal qilmoqchi edik. Afsuski, bunday bo'lmadi. "Siti" biz o'ylaganimizdan ancha kuchli ekan. Shu sabab ham hozir hammamiz asabiymiz. (Tentak Matip, "Siti"ga qarshi ikki o'yinda ikki marta to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi-ya?! 😄) Quvonarlisi, yutqazmadik, hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Kurash davom etadi...
Qora juma- "Black Friday": Qora juma - AQShda shukrona kunidan keyingi juma kunidir. Ushbu kunda savdoning barcha sohalarida eng katta chegirmalar bo'lib o'tadi. Ushbu kun "Qora juma" deb nomlanishing sababi shundaki, Amerika buxgalteriya hisobida yo'qotishlar qizil🔴 rangda, foyda esa qora⚫️ rangda ko'rsatilgan. Sezib turganingizdek bu kun savdogarlar uchun chinakam foyda kuni bo'ladi.
Ko'rlar va Fil: Naql qilishlaricha, bir guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular yana o'z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu yerda ulardan bir kishi: "Filni ko'rdilaringizmi?" — deb so'rabdi. Ular "Ha",-deb javob beribdilar. "Ko'rgan bo'lsangiz, dalil keltiring",— debdi boyagi kishi.Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. Har biri filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning qo'llarini ushlagan kishi fil sutunga (ustun) o'xshar ekan, desa, qornini paypaslagan, yo'q, u besutun, dedi. Xartumini ushlagan, fil ajdahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini bayon qiluvchi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan(dumi) xabar bergan kishi filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan Filning boshini paypaslagan kishi uni bir qoyaning tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l tegizgan kishi uni qimirlatib turgan ikki yelpug'ich ekan, dedi.Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi, ularda tartib mavjud emas edi.Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind naslidan bo'lgan kishi ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi va shunday dedi:
- Har bir kishi fil haqida o'zi bilganini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ularning har biri o'z bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech biri filni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlarning barchasi bir yerga jam qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasavvur hosil bo'ladi. Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu aniq bo'lgani uchun u hech bir ikkilanmasdan ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi. “Lisonut-tayr”dan Alisher Navoiy
O'lim farishtasi: Yozef Mengele (16.03.1911 — 07.02.1979) — 2-jahon urushi vaqtida Osventsim konslagerida asirlar ustida tajriba o'tkazgan nemis vrachi. Tajribalari uchun shaxsan o'zi asirlarni saralab olgan. Yuz minglab asirlar Yozefning tajribalari qurboni bo'lgan. Urush tugagach Lotin Amerikasiga qochib ketgan va umrining oxirgi yillarini Argentina hamda Braziliyada o'tkazgan. Mengele o'zining yoqimli tabassumi va asirlarga bo'lgan yaxshi muomalasi tufayli maxbuslar tomonidan "O'lim farishtasi" nomini olgan. Isroil razvedka xizmati "Mossad" tomonidan Adolf Eyxman hibsga olingach Mengele eng ko'p qidiruvda bo'lgan natsistga aylangan.
"Alopesiya": Alopesiya - bu soch to'kilishi bilan tavsiflanadigan patologik holat bo'lib, keyinchalik ularning boshida yoki tananing ayrim qismlarida sezilarli darajada yupqalanishiga yoki to'liq yo'qolishiga olib keladi.Uzoq vaqt davomida bu kasallik erkaklarda kuzatilgan. Ammo so'nggi yillarda, bu holatdan ayollar ham aziyat chekishni boshladilar.
"Didro effekti": Bir safar buyuk Yekaterina II Deni Didroni pul bilan muammolari borligini eshitib qolib, uning kutubxonasini sotib oladi va unga 15.000 livr toʻlaydi. Bu pul oʻsha davr uchun juda katta pul boʻlgan. Didro katta pulga ega boʻlgach, oʻzi orzu qilgan alvon rangli xalatni sotib oladi. Keyin Didro uning bu ajoyib xalatiga divanining koʻrinishi toʻgʻri kelmayotganini sezib qoladi. Keyin u divanni almashtiradi, qarasa endi gilam divanga mos emas. Endi gilam ham sotib oladi. Shunday qilib, Didro xonadagi hamma narsani almashtirib chiqadi. Didroga ancha katta koʻringan pul shu tariqa tugab qoladi. Shundan keyin Didro oddiy yashash badavlat yashashga nisbatan osonroq ekanini tushunib yetadi. U shunday nazariyani ilgari suradi: har bir xarid keyingi xaridni amalga oshirishga undaydi va xaridlar zanjiri uzunlashgani sari keyingi xaridlar qimmatlashib va maʼnosizlashib boradi. Keyinchalik bu nazariya “Didro effekti” nomini olgan.
​Mizofoniya - ovqat paytida tovush chiqarib chapillatib yeydigan odamlardan nafratlanishdir.
Matilda effekti... Bu ayol zotini ilm-fanda qancha muvaffaqiyatga erishsada buni tan olmaslik va erkaklardan pas darajada deb hisoblash hisoblanadi. Bu effekt sufrajistika bo'lgan Geydj Matilda nomi bilan tilga olinadi. XII asrda vrach Trotul Salerinskaya tibbiyotga oid kitob yozib qoldiradi, biroq bu kitob muallifining ism-familiyasi erkaklar familiyasiga o'tqazib keyin chop etiladi. Bu effekt shuningdek, Matfey effekti bilan tenglashtirilgan. Matfey effektida bir ilmiy ish ustida 2 ayol va 2 erkak ishlayotgan bo'lishsa, ish natijasida faqatgina erkaklarning ismlari aytilishi, ayollar esa chetda qolib ketishi bilan izohlanadi. Bunday omadsizliklarga dosh berolmagan ba'zi ayollar ilm-fanni butunlay tark etishgan, ba'zilari esa boshqa yo'lni tanlashgan... Masalan, Stanford Universiteti neurobiolog professori Ben Barris jinsini o'zgartirgan va shundan so'ng katta muvaffaqiyatlarga erishgan
"Kriptomneziya": Kriptomneziya - bu shunday narsaki,odam xotirasining buzilishi va hodisalar qachon bo'lganligi umuman eslay olmaydi,voqealar tushda kechganmi yoki o'ngdami,she'r yodlandimi yoki yo'q umuman eslay olmaydi.Shuningdek,ma'lum bir sodda manbaning asil muallifi yoki ma'lum bir g'oya aslida senga tegishlimi yoki yo'q?Bular haqida umuman eslay olmaslik aynan kriptomneziya hisoblanadi.Bu holat odatda "Jema-vyu" deb ataladi,ya'ni bu "deja-vyu" ning g'irt teskarisidir. Bu qanday bo'lishi mumkin?
Misol uchun siz bir do'stingiz bilan gaplashib turibsiz,ma'lum vaqtdan so'ng shunday holat bo'ladiki siz aslida uni umuman eslay olmay qolasiz.Bu holat vaziyatlarga ham tegishli.
"Festival farzandlari": Ushbu frazeologizm odatda SSSRda tug'ilgan negroid irqiga mansub odamlarga nisbatan ishlatilgan. 1957-yilda Moskvada bo'lib o'tgan "VI Butunjahon yoshlar va talabalar festivali"dan keyin SSSRda qora tanli bolalarning tug'ilishi ko'payib ketgan. Festivalga kelgan ko'plab millat vakillari orasida afrikaliklar ham anchagina edi. SSSR ichki ishlar vazirligi bergan statistik ma'lumotlarga ko'ra, festivaldan 1 yil o'tgach 531 nafar mulat tug'ilishi qayd qilingan. Tahlilchilarning fikricha, festivalga kelgan 34 ming mehmonning atiga 5-6 mingini qora tanlilar tashkil qilgan. Ammo "Trud" gazetasi tomonidan boshqa irq vakillariga mansub "festival farzandlari"ni izlash samarasiz yakunlangan.Shuningdek, 1980-yilgi Moskva olimpiadasidan keyin tug'ilgan boshqa irqqa oid bolalar "olimpiada farzandlari", 2018-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatidan 1 yil o'tgach tug'ilgan boshqa irqqa oid bolalar esa "mundial farzandlari" deb ataladi.
«Xitoyning so‘nggi ogohlantirishi» : 1960-70 yillarda Xitoy va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar jiddiylashadi. Ikki davlat o‘rtasidagi nizo «Tayvan masalasi»da vujudga kelgandi. Chunki bu davrda AQSH havo kuchlari Tayvanga bemalol uchib kelar hamda Xitoy hududi bo‘ylab razvedka parvozlarini amalga oshirardi.Har gal xitoyliklar o‘zlarining havo hududlarini AQSH razvedkachisi kirib kelishi qayd etilganda, AQSHga «so‘nggi ogohlantirish» yuborilgan, ammo hech qachon konkret choralar ko‘rilmagan. Oxir oqibat, yuzlab shunday ogohlantirishlar to‘planib qoladi. Amerikaliklar ularga e’tibor bermay qo‘yishadi. Tez orada Xitoy hukumatining hatti harakatlari butun dunyoga oshkor bo‘ladi hamda hech bir oqibatlarsiz ogohlantirishlar «Xitoyning so‘nggi ogohlantirishlari» iborasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
22-hiyla — bir-birini istisno qiluvchi qoidalar o'rtasidagi mantiqiy paradoks natijasida yuzaga keladigan vaziyatni ifodalovchi termin. Masalan, siz ishga kirish uchun suhbatga borasiz, ammo sizga ishga kirish uchun kamida 5 yillik tajriba kerakligini aytishadi. Tajriba orttirish uchun esa ishlash kerak. Mazkur termin amerikalik yozuvchi Jozef Xeller tomonidan birinchi marta ishlatilgan. U o'zining "22-hiyla" asarida aqldan ozgani uchun xizmatdan ozod qilinishi lozim bo'lgan Orr ismli personajga to'xtalib o'tadi. Orr bu haqida rahbariyatga murojaat qilishi kerak edi. Ammo muammo shundaki, buni anglab murojaat qilish uchun sog'lom aql kerak.
#Termin "Sillogizm": Sillogizm-yunoncha xulosa qilaman,fikrga kelaman degan ma'nolarni bildiradi.Sillogizm- bu shaxs tomonidan unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida qabul qilingan to'g'ri xulosadir.Doktor Xaus filmida bir bemor qizaloq oʻyinchoq ayiqchasini toʻrtta oyogʻi va boʻyinbogʻi borligi sabab mening itim deya tanishtiradi.Bu yerda qizcha o'z itini toʻrtta oyoq va boʻyinbogʻi borligini bilib, qo'g'irchoq ayiqni it deya atashi sillogizmga misoldir.Ya'ni qiz o'zi bilgan iti orqali bu qog'irchoq ayiqniyam 4 oyoq va bo'yinbog'i borligi uchun o'zidagi ma'lumotlar asosida uni it sifatida qabul qilmoqda..
Mizaru, Kikazaru, Ivazaru --- Buddizm ramzlaridan biri bo'lgan "Uch maymun" (yaponcha - "sandzaru" yoki "sandiki po zaru"-"uch maymun") kompozitsiyasi o'zida panjalari bilan ko'zi, og'zi va quloqlarini to'sib turgan maymunchalar figurasini mujassam etadi. Ular yovuzlik qilmaslik va yolg'ondan uzoqlashish g'oyasini ramziy ma'noda ifodalashadi. Sandzaruda "Agar men yomonlikni ko'rmasam, yomonlik haqida eshitmasam va bu haqda hech narsa demasam, demak, men undan saqlanaman" degan fikr o'z ifodasini topgan. Kompozitsiyadagi har bir maymunning o'z ismi bo'lib, ular: 1. Mizaru — ko'zini berkitib turgan maymun - yomonlikni ko'rmayotganini; 2. Kikazaru — quloqlarini berkitib turgan maymun - yomonlikni eshitmayotganini; 3. Ivazaru — og'zini berkitib turgan maymun - yomonlikni gapirmasligini ifodalaydi. Bundan tashqari, panjalarini qorni ustiga qo'yib turgan, hamda yomonlikni amalga oshirmaslikni ifodalovchi to'rtinchi maymun - Sindzaruning ham borligi taxmin qilinadi.
#Sindrom "Supermen" sindromi---' Sindrom DC komik personaji nomidan olingan.Ushbu sindrom genetik kasalliklar qatoriga kiritilgan va fanda XYY-sindromi deb ataladi. Sindrom faqat erkaklarda kuzatiladi, kasallangan erkaklarda bitta ortiqcha Y-xromosoma boʻladi. Tadqiqotlarga koʻra har 850 ming nafar erkakdan bir nafarida ushbu sindrom kuzatiladi. Sindromga chalingan erkaklar boshqalarga qaraganda baquvvatroq, balandroq va tezroq harakat qilishadi.Yomon tarafi esa intellekt koeffitsiyentlari oʻrta darajadan past boʻladi. Bu holatni nutqni past rivojlanishi, diqqatni jamlay olmaslik, aleksiya (bilimlarni oʻzlashtirolmaslik)da koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun ham xalqimizda “Boʻydan bergan-u aqldan bermagan” degan gap yuradi. Bu sindromni ilk bolalik davridan aniqlansa davolash mumkin. Agar sindrom bilan kasallangan bemor bolaga oʻz vaqtida psixologik, pedagogik, fiziologik yordam koʻrsatilmasa, bemor bola ulgʻaygani sari baquvvat kuchli bo'lib boradi lekin aqli zaif bòladi
«Tomatino»--- Mazkur bayram 1945 yildan buyon Ispaniyada o‘tkazib kelinadi. Ayni avgust oyining so‘ngi chorshanbasida Bunol shahrida 30000 nafar ispaniyaliklar «pomidor yomg‘iri»da ishtirok etish uchun kechgacha shahar ko‘chalarida izg‘ishadi. «Tomatino» mohiyaticha, ushbu marosimda ishtirok etgan har bir odam shafqatsizlik illatidan xalos bo‘lib, bir umr tabassum va quvnoq kayfiyat ulashib yurar ekan. Ispan xalqi yil qurbonsiz o‘tishi, tinchlikni ta’minlash, osoyishtalikni saqlash uchun ham ushbu marosimda har yili o'tkaziladi. Agar sizda ham ushbu quvnoq marosimda qatnashish istagi tug‘ilsa, eng ko‘hna libosni kiyib, ko‘zlaringizga ko‘zoynak taqib Bunol shahriga tashrif buyuring.
AQSh prezidentlari: 1. Jorj Vashington (1789-1797) 2. Jon Adams (1797-1801) 3. Tomas Jefferson (1801-1809) 4. Jeyms Medison (1809-1817) 5. Jeyms Monro (1817-1825) 6Jon Kvinsi Adams (1825-1829) 7. Endryu Jekson (1829-1837) 8. Martin Van Buren (1837-1841) 9.Uilyam X. Xarrison (1841) 10. Jon Tayler (1841-1845) 11. Jeyms K Polk (1841-1849) 12.Zakari Teylor (1849-1850) 13. Millard Fillmor (1850-1853) 14. Franklin Pirs (1853-1857) 15.Jeyms Byukenen (1857-1861) 16. Avraam Linkoln (1861-1865) 17. Endryu Jonson (1865-1869) 18. Uliss S. Grant (1869-1877) 19. Rezerford B. Xeys (1877-1881) 20. Jeyms A. Garfild (1881) 21. Chester A. Artur (1881-1885) 22. Grover Klivlend (1885-1889) 23. Benjamin Xarrison (1889-1893) 24. Grover Klivlend (1893-1897) 25. Uilyam Makkinli (1897-1901) 26. Teodor Ruzvelt (1901-1909) 27. Uilyam X. Taft (1909-1913) 28. Vudro Uilson (1913-1921) 29. Uorren G. Xarding (1921-1923) 30. Kalvin Kulidj (1923-1929) 31. Herbert Guver (1929-1933) 32.Franklin D. Ruzvelt (1933-1945) 33. Garri S. Truman (1945-1953) 34. Duayt D. Eyzenxauer (1953-1961) 35. Jon F. Kennedi (1961-1963) 36. Lindon B. Jonson (1963-1969) 37. Richard M. Nikson (1969-1974) 38. Jerald R. Ford (1974-1977) 39. Jimmi Karter (1977-1981) 40. Ronald Reygan (1981-1989) 41. Jorj HW Bush (1989-1993) 42. Bill Klinton (1993-2001) 43. Jorj V. Bush (2001-2009) 44. Barak H. Obama (2009-2017) 45. Donald Tramp (2017-2021) 46. Jo Bayden (2021*)
Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling