Foiz konsentratsiyaga oid
Download 16.29 Kb.
|
FOIZ KONSENTRATSIYAGA OID
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOLYAR KONSENTRATSIYA.
- NORMAL KONSENTRATSIYA.
- MOLYAL VA TITR.
FOIZ KONSENTRATSIYAGA OID 1. 380 ml suvda 20 g mis sulfat erigan bo’lsa, erigan moddaning massa ulushini hisoblang. 2. 15 g moddani 135 g suvda eritib olingan eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo’ladi? 3. 270 g suvda 300 g mis kuporisi CuSO4 * 5H2O eritildi. Suvsiz tuzning present miqdori qanday? 4. 50 g mis kuporisi 750 ml suvda eritildi. Xosil qilingan eritmadagi mis sulfatning massa ulushini aniqlang. 5.Zichligi 1,17 g ml bo’lgan 16% li 200 ml natriy korbanat eritmasi konsentrasiyasini 20% ga yetkazish uchun shu eritmaga necha gr Na2CO3*10H2O qo’shish kerak? 6.16% li 400 g temir (III) sulfat eritmasini tayyorlash uchun temir kuporosi (Fe2(SO4)3*12H2O) va suvdan qanchadan (g) olish kerak? 7. 20% li 300 g rux sulfat eritmasini tayyorlash uchun rux kuporosi (ZnSO4*6H2O) va suvdan qanchadan (g) olish kerak? 8. 60% li eritma tarkibidagi suvning massasi uch barobar ko’paytirildi. Xosil bo’lgan eritmaning massa ulushini xisoblang. 9. 355 ml 30% li KOH eritmasiga (p=1,282 g/ml) 0,5 l 10% li KOH eritmasi (p=1,09 g/ml)qo’yilganda hosil bo’lgan eritmadagi KOH ning massa ulushi (%) nechaga teng bo’ladi? 10. Nitrat kislotaning 10 ml 10% li eritmasi (p=1,056 g/ml) bilan 100 ml 30% lieritmasi (p=1,184 g/ml) o’zaro aralashtirilishidan hosil bo’lgan yangi eritmada kislotaning foiz konsentratsiyasi qancha bo’ladi? MOLYAR KONSENTRATSIYA. 1.Konsentratsiyasi 3 M bo‘lgan eritmaning 500 ml hajmini necha litrgacha suyultirilganda, uning konsentratsiyasi 0,5 molyar bo‘ladi? 2.Hajmi 4 l konsentratsiyasi 20% bo‘lgan kaliy ishqori eritmasi (ρ=1,19 g/l) ning hajmi ikki marta kamayguncha bug‘latilganda qolgan eritmaning molyar konsentratsiyasini hisoblang. 3.Konsentratsiyalari 0,5 M va 0,2 M bo‘lgan eritmalardan necha millilitrdan aralashtirilganda, 0,24 M eritmadan 1240 ml hosil bo‘ladi? 4. Sulfat kislotaning 35% li eritmasining (ρ=1,26 g/sm3) molyar konsentratsiyasini toping. 5. 15 ml 2,5 M H2SO4 eritmasidan qancha (ml) 0,5 M eritma tayyorlash mumkin? NORMAL KONSENTRATSIYA. 1.60% li (ρ=1,44 g/sm3) fosfat kislota eritmasining molyar va normal konsentratsiyasini aniqlang. 2. 16% li mis(II) sulfat eritmasining (ρ=1,18 g/ml) molyarligi va normalligini hisoblang. 3. Ortofosfat kislotaning 100 ml 0,1 mol/l eritmasini tayyorlash uchun 450 ml (n.sh.da) ammiak sarflandi. Bu reaksiyada kislotaning ekvivalentini toping. 4. 24,5 g 40% li N3RO4 eritmasini neytrallash uchun 1 n NaOH eritmasining 300 ml miqdori sarf bo‘lgan. Kislotaning ekvivalentini toping. 5. 0,4 n li 3 l H2SO4 tayyorlash uchun 96% li (ρ=1,84 g/ml) sulfat kislotadan qancha (ml) kerak bo‘ladi? MOLYAL VA TITR. 1. Eritmaning titri uning 1 ml hajmida erigan moddaning grammlar soniga (g/ml) teng. Sulfat kislotaning besh molyarli eritmasining titrini hisoblang. 2.Hajmi 3 l bo‘lgan osh tuzi eritmasida 9 mol modda mavjud. Shu eritmaning titri (g/ml) ni aniqlang. 3.20% (ρ=1,115 g/ml) nitrat kislota eritmasining molyarligi va titri (eritmaning har bir ml da necha gramm erigan modda bor ekanligini ko‘rsatadi) ni toping. 4. Titri 0,735 g/ml bo‘lgan sulfat kislota eritmasining normalligini hisoblang. 5. 34% li 1 ml eritmaning tarkibida 0,435 g erigan modda bo‘lsa, eritmaning zichligini toping (g/ml). ERUVCHANLIK 1. Kaliy sulfatning 500C da to’yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug’latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang. 2. KNO3 ning 600C dagi to’yingan eritmasida 52,4% tuz mavjud. Shu tempiraturadagi uzning eruvchanligini aniqlang. 3. 600C da 540 to’yingan litiy sulfat eritmasi bug’latilishi natijasida, 96 g litiy sulfat tuzi olindi. Litiy sulfatning shu tempiraturadagi eruvchanlik koeffitsiyentini toping. 4. Tuzning 200C eruvchanlik koeffitsiyenti 25 ga teng bo’lsa, 100 g to’yingan eritmada shu tuzdan necha gramm bo’ladi? 5. Tarkibida 200 g suv bo’lgan ammoniy xloridning 1000C dagi to’yingan eritmasini 00C gacha sovutiganda necha gramm tuz cho’kmaga tushadi? S(00C)=40; S(1000C)=80 Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling