Folklor-milliy madaniyatimiz rivojiga asos. Folklor atamasini 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, «xalq donoligi»


Download 34.4 Kb.
bet10/11
Sana11.01.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1088145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
folklor. ss

Topishmoq parimik janr sifatida. Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan «Devonu lug‘otit turk» asarida topishmoq matni uchramaydi. Shu bilan birga «tabzug‘» - topishmoq ekanligi qayd etilgan.” Kelar Laylo, ketar Laylo,Bir oyoqda turar Laylo(Eshik)”
Latifa – nozik fikrlash san’ati. «Latifa» atamasi arabcha «lutf» so‘zidan olingan bo‘lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko‘rsatmoq, sharaflamoq ma’nolarini anglatadi. arablarda Jo‘ha, qozoqlarda Aldar ko‘sa, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali, qoraqalpoqlarda Umrbek, turklarda Temel nomlari bilan latifa qahramonlari shuhrat topgan, ammo latifa matnlarida mushtarak vaziyatlar juda ko‘p uchraydi.
Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» – fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, maqtanchoqlik. Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on gap, deb izohlangan.
«Askiya» so‘zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan bo‘lib, sof fikrli, o‘tkir zehnli, zakiy – nozik tabiat bilan fikr yuritish ma’nolarini anglatadi. «Azkiyo» esa ko‘plik shakldir. Fikrimizcha, «k» jarangsiz undosh tovushi ta’sirida «z» jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan bo‘lishi mumkin. Askiya san’atini ilmiy o‘rgangan olim Rasul Muhammadiyev o‘zbeklarning askiya aytishi qadim zamonlardan boshlanganini qayd etgan. Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom deb ataluvchi badiiy tasvir vositasi tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 27.06.2018 yildagi 486-son “Nurli navolar” xalqaro folklor tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi qaroriga ko`ra Navoiy viloyati har 2 yilda 1 marta tashkil etish, yakuniy bosqichni Navoiy viloyatining Nurota tumanida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 18.05.2018 yildagi 371-son “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor musiqa tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi qaroriga ko`ra 2019-yildan boshlab Farg’ona viloyati Marg’ilon shahrida har 2 yilda 1 marta o’tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori 07.02.2022 yildagi 59-son “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida “qarori qabul qilingan. Unga ko’ra 2022-yildan boshlab har ikki ylda bir marta aprel oyida Surxandaryo viloyatining Boysun tumanida o’tkaziladi.


Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling