Folklor-milliy madaniyatimiz rivojiga asos. Folklor atamasini 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, «xalq donoligi»


Download 34.4 Kb.
bet9/11
Sana11.01.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1088145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
folklor. ss

Oilaviy marosimlar. Oilaviy marosimlar tizimi ham o‘z navbatida ikki katta guruhga ajralardi.
1) To‘y marosimlari folklori.
2) Motam marosimlari folklori.
To‘y marosimi folklori. To‘y dunyoning barcha xalqlariga xos marosimdir. «To‘y» atamasi «to‘ymoq», «el-yurtga ziyofat bermoq» ma’nolari orqali muayyan kishi hayotidagi muhim burilish nuqtasini anglatadi. Binobarin, to‘y ham moddiy, ham ma’naviy oziqlanish marosimidir. O‘zbek to‘y marosimlari nikoh to‘ylari bilangina chegaralanib qolmay, balki xatna (sunnat), beshik to‘yi kabilardan ham tashkil topgandir. Bu marosimlar turli munosabatlar bilan o‘tkazilganligi tufayli ularda ijro etiladigan folklor janrlari ham xilma-xillik kasb etadi.
Motam marosimlari folklori. Motam marosimi folklorining katta qismini yig‘i va yo‘qlovlar tashkil etadi. Yig‘ilar, odatda, dafn marosimi kunidan boshlab to «uch» yoki «yetti» marosimigacha azadorlar yoki maxsus yollangan yig‘ichi (go‘yanda yoki nahvagar) tomonidan azaxonaga ta’ziya bildirib kelganlar oldida yig‘i bilan ritual ijro qilinadi. Yig‘i matnlari qat’iy turg‘unlikka ega bo‘lmaydi. Ular, odatda, bir martalik ijroga moslashgan. Sababi, yig‘ilar mavjud holatdan kelib chiqib, badihatan kuylanadi. Yig‘ilarga xos situativlik va improvizatsion sajiya ular ijrosiga yetarli ta’sir ko‘rsatadi. Yig‘ichi an’anaviy yig‘ilarni ijro etar ekan, uning qaysidir misrasini yoki so‘zlarini tushirib qoldirishi, o‘zgartirishi yoki an’anaviy misralar yordamida yangi yig‘i matnlarini yaratishi mumkin. Shu tariqa yig‘ilarda variantlashish hodisasi ham kuzatiladi.
1. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida ma’lumot. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining lirik turiga kiruvchi eng ommaviy, keng tarqalgan, faol turi hisoblanadi. Xalq lirikasi janrlari uchun ham folklorga xos yetakchi xususiyatlar: og‘zakilik, ommaviylik, an’anaviylik, variantlilik, anonimlik birdek tegishlidir. O‘zbek xalq lirikasi namunalari marosimlar tarkibida va mustaqil ijro etiladigan qo‘shiqlardan iborat bo‘lib, janriy jihatdan: to‘y va motam qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy lirik qo‘shiqlar, bolalar folkloriga ajraladi.
Ashula atamasi qo‘shiqning biror cholg‘u sozi bilan ijrosi va bevosita qo‘shiq ma’nosida ham qo‘llaniladi. Musiqashunoslar tili bilan aytilsa, ijro jarayonida avjga ega namunalar ashula, avji yo‘qlari esa qo‘shiq, deb yuritiladi.
Adabiyotshunoslik va folklorshunoslikda lirika atamasi keng qo‘llanilib kelinadi. Lirika – yunoncha – «lira» deb yuritilgan cholg‘u asbobi nomidan olingan bo‘lib, kuylanadigan asarlarni bildiradi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari bugungi kunga qadar ko‘p marotaba o‘rganilganligiga qaramay, afsuski, yetarli darajada tasnif etilgan emas.Folklorshunos olima Muzayyana Alaviya o‘zbek qo‘shiqlarini 1. Lirik; 2. Mehr baytlari; 3. Terma; 4. Mehnat qo‘shiqlari; 5. Mavsum-marosim qo‘shiqlariga bo‘ladi.
Termani mutaxassislar ham lirik, ham epik turga kiritishadi. To‘g‘ri, termaning professional ijodkor – baxshi tomonidan ijro etilishi, doston kuylash an’anasi bilan chambarchas bog‘liqligi uni epik tur deya tadqiq etish imkonini beradi. Biroq unda epik voqelik emas, ijodkorning ma’lum bir holatdagi kechinmalari o‘z ifodasini topadi. Ya’ni baxshi terma kuylash orqali o‘zini doston aytishga, tinglovchini esa doston tinglashga tayyorlagan. «Oq olma qizil olma» to‘plamida noma’lum shoirdan yozib olingan «Bibi shaylanayotir» termasi shu paytgacha yozib olingan termalarning eng go‘zal namunasidir. O‘zbek xalq qo‘shiqlarining asosiy qismini lirik qo‘shiqlar tashkil etadi. Bu o‘rinda lirik deganda biz sevgi-muhabbat haqidagi ishqiy-maishiy qo‘shiqlarni nazarda tutamiz. Lirik qo‘shiqlarni ham 1) Aytishuv yo‘nalishidagi (O‘lan va lapar) aytishuv yo‘nalishida bo‘lmagan, turli mavzudagi qo‘shiqlarga ajratib tasniflash mumkin. Bugungi kunda o‘lan ham, lapar ham istalgan sharoitda, istalgan joyda ijro etilishi mumkin. O‘lanlar, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullangan, ko‘chmanchi hayot kechirgan urug‘lar orasida uchrasa, laparlar ko‘proq o‘troqlashgan hayot tarziga mosligi ko‘zga tashlanadi. Faqat laparlarda voqebandlik kuzatilsa, o‘lanlarda bu holat kuzatilmaydi. Terma lug‘aviy ma’nosi ko‘pdan terib olingan, ajratib saralangan tushunchalarini beradi. professor Abiyr Musaqulov “Termalar o‘zbek folklori estetikasini o‘rganish uchun g‘oyat muhim manbadir”
Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol atamasi arabcha – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan. Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. «Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar», Kimki falak sori otar toshni, Tosh ila ozurda qilar boshni; Kimgaki bir rishta yeturding ziyon, Qatlingga ul rishtani bilgin yilon; Masaldurkim, uyqu o‘limdir; Xotirni jam istar esang, avval xavotir daf’in et.(Alisher Navoiy);

Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling