Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. Fond birjasi


Download 1.06 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1450138
Bog'liq
9. Fond birjasi (1)


Fond birjasi
REJA:
  • Fond birjasi funksiya va vazifalari
  • Fond birjasida savdolarni tashkil etish va savdo maydonlari
  • Fond birjasi ishtirokchilari

Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
Fond birjasi - uyushgan qimmatli qog'ozlar bozorining muntazam ishlashini ta'minlaydigan moliyaviy institut.
Fond birjasi-bu qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish mumkin bo'lgan onlayn bozor: aksiyalar, obligatsiyalar, investitsiya birliklari va optsionlar va fyucherslar kabi moliyaviy vositalar orqali.
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan.
"Toshkent" RFB o'z faoliyatini 2003 yil 28 martdagi RR 38-01-sonli birja faoliyati uchun beriladigan litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
Boshqaruv organlari:
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi;
Kuzatuv kengashi;
Ijro etuvchi organ (boshqaruv).
Birjaning korporativ vazifasi : mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar uchun ishonchli, barqaror va oshkora sarmoyaviy muhitni ta'minlash orqali mahalliy kompaniyalar tomonidan davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish uchun texnologik infratuzilma taqdim etish orqali mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish.
Birjaning EPTK savdo tizimi quyidagi modullarni (EPTK bozorlari terminologiyasida) va segmentlarni o'z ichiga oladi:
aksiyalar bozori «Stock market»;
obligatsiyalar bozori «Bond market»;

«FTC Market» xorijiy valyutadagi qimmatli qog'ozlar bozori;
market-meyker ishtirokidagi savdo segmenti «Market- Making»
EPTK- savdo tizimi O'zbekiston Respublikasi qimmatli qog'ozlar bozorini modernizatsiya qilish bo'yicha Bosh shartnoma doirasida Koreya fond birjasi (KRX) tomonidan ishlab chiqilgan yagona dasturiy-texnik kompleks
«Stock Market» fond bozori modulida quyidagi bo'limlarda savdo sektsiyalari orqali amalga oshiriladi va listing kompaniyalari, aksiyalarini aylanishini ta'minlaydi:
asosiy sektsiya «Main Board» - №1;
muhokama auktsion rejimi sektsiyasida «Nego Board»- №2;
jismoniy shaxslar uchun kliringsiz bitimlar bo'yicha «NC Board» - №3;
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari bilan repo bitimlar sektsiyasi «Repo Board» - №4.
Obligatsiya bozori «Bond Market» modulida korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirish va muolada yurutish har bir qismini raqamlar mos bo'lgan quyidagi savdo sektsiyalarida amalga oshiriladi:
asosiy sektsiya «Main Board» - №5;
muhokama auktsion rejimi sektsiyasida «Nego Board» - №6;
korporativ va infratuzilma obligatsiyalari bilan repo operatsiyalari sektsiyasi «Repo Board» - №7.
Nominal narx
Bozor narxi
Kotirovka narxi
Nominal qiymat - bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli.
Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra belgilanadi.
Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo’ladi.
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. Birja qimmatli qog‘ozlar emissiyasi (chiqarilishi) ro‘yxatdan o‘tganligini, uning natijalari haqidagi hisobotni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilinishi va bir qator boshqa talablarga rioya qilnishini tekshiradi.
Delisting
Listing
2022-yil 31-avgust holatiga ko`ra “Toshkent” RFB kotirovkalar varag`ida 107 ta emitentning qimmatli qog`ozlari mavjud bo`lib, shundan: 101 tasi aksiya, 3 tasi obligatsiya va shuningdek 3 tasi esa aksiya va obligatsiya emitentlari hisoblanadi.
2022-yil 1-avgust holatiga ko`ra birja kotirovkalari varag`ida 104 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari mavjud edi.
Hisobot davrida birja kotirovkalar varag`iga quyidagi emitentlarning aksiyalari kiritildi;
“Bekobodsement” AJ /BECM/, /BEKMP/;
“UzAutoMotors” AJ /UZAM/;
“Ohangaron Don” AJ /OHDN/
va “Muborak paxta tozalash” AJ /MKPT/.
Shu bilan birga, hisobot davrida “Guliston Ekstraksiya-Yog‘” AJ /GUEY/, /GUEY1/ qimmatli qog‘ozlari sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi qaror aniqlanganligi sababli emitentning talabiga binoan birja kotirovkalari varaqasidan chiqarildi (delisting).
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling