Fonetik-fonologik va leksik sath


Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari


Download 0.9 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1557963
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ppt leksikologiya

Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari

”XIX asrda paydo bo‘lgan yangi maktab “Yosh grammatikachilar” deb atalib, ular birinchi marta tillarda doimiy o‘zgarishlar bo‘lib turishini kashf etganlar. Ular tovush o‘zgarishlarining ma’lum turi tasodifiy emasligini qayd etishadi, ammo bu o‘zgarishlar juda ko‘p so‘zlarda namoyon bo‘ladi ( masalan, /p/ > /f/). Shuningdek, bugungi kundagi ayrim shakllarni til taraqqiyotining ma’lum bir davridagi tovush o‘zgarishlarini aniqlash orqali dastlabki holatidan ajratib olish mumkin. “Yosh grammatikachilar” tomonidan analogiya konsepsiyasi ishlab chiqildi: tillar barqarorligiga yordam beruvchi va undagi tartibsizliklarni chetlashtiruvchi jarayon –muhim mexanizm bo‘lib, biz tildagi odatiy tovush o‘zgarishlari bilan noodatiy (morfologiyada qayd etilgan) tovush o‘zgarishlarini bilishimiz kerak. Yosh grammatikachilar tovush o‘zgarishlarini tabiat qonunlariga ko‘ra izohlashgan.

Leksikologiyaning predmeti va vazifalari


Lеksikоlоgiya so‘zi grеkchа lexicos – “lug‘аviy bеlgi” vа logos - “bilim” so‘zlаridаn оlingаn bo‘lib, tilshunоslikning so‘z vа so‘zgа tеng lug‘аviy birliklаr, аniqrоg‘i, til bоyligi hаqidа bаhs yurituvchi qismidir. Hаr bir tilning lug‘аt tаrkibi, bоyligi, shuningdеk, tildаgi sо‘zlаr mаjmui lеksikа dеb yuritilаdi. Shungа kо‘rа lеksikа sо‘zi аdаbiy tilning lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm, birоr shеvа yoki diаlеktning lug‘аt tаrkibini ifоdаlаsh uchun hаm (diаlеktаl lеksikа), mа’lum bir kаsb-hunаr kаbi sоhаgа оid lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm (tеrminоlоgik lеksikа), hаttо аyrim yozuvchi аsаri (yoki аsаrlаri)ning sо‘zlаri mаjmui mа’nоsidа hаm (mаsаlаn, Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi) qо‘llаnаvеrаdi.
Lеksikоlоgiya lеksikаni о‘rgаnаdi, lеksikа esа, о‘z nаvbаtidа, sо‘zlаrdаn yoki sо‘zlаr mаjmuidаn ibоrаt bо‘lаdi.
Biroq xorijiy adabiyotlarda leksika va morfologiya ajratilmay ta’riflanadi, so`z turkumlari leksik kategoriyalar deb beriladi:
Ingliz tilida 1- muhim leksik kategoriya - ot ko`pincha dunyodagi barcha konkret obyektlarning turlarini ifodalaydi.(cake- tort, moon- oy, water- suv).
2-muhim kategoriya – fe’l esa o`ziga xos mashg`ulotlarni (applaud-olqishlamoq, steal-o`g`irlamoq, work-ishlamoq) ifodalaydi. Bundan tashqari, fe`llar va otlar bir qancha turli xil shakllarga ega: ayrim otlar maxsus ko`plik shakliga ega bo`lsalar, ayrim fe`llar ko`plab boshqa shakllarga egadirlar va ular quyidagicha:
  • People work- odamlar ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.ko`plik uchun
  • Maria works- Mariya ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.birlik uchun
  • Mariya is working- Mariya ishlayapti-hozirgi davomli zamon III sh.birlik uchun
  • Maria worked- Mariya ishlagan- o`tgan zamon.III sh.birlik uchun

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling