Fonetik hodisalar bo‘yicha umumiy topshiriq. N 1 Fonetik hodisalar mavjud bo‘lgan gaplar
Download 211.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Fonetik hodisalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shohjahon Akbarov
Fonetik hodisalar bo‘yicha umumiy topshiriq. N_ 1 Fonetik hodisalar mavjud bo‘lgan gaplar Ushbu gaplardagi fonetik hodisalar soni, turi, va nechta so‘zda ishtirok etayotganligini aniqlang... Nechta fonetik hodisa? Nechta turi bor? Nechta so‘zda bor? 1 So‘zni payvand etavering har bir yurakka, toki u bitta dard bilan o‘sa olsin falakka…. 2 Yigit shu gaplarni unga aytishga aytdi-yu, ko‘zini yashirishga joy topolmay qoldi. 3 O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalarga ham uni e’tirof ettiradi. O‘tmishda yashab o‘tgan bobolarning hayoti va faoliyatini bilish shu kunning asosiy vazifasi sanaladi. 4 Tog‘ bag‘rida rang –barang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlarkan,vujudini qiynayotgan achchiq o‘ylardan forig‘ bo‘lish uchun boshi oqqan tomonga ketishga rozi edi. 5 Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida, Falakni ko‘zlarida mening ham so‘zim. Lekin ikki daryo oralig‘ida, Qolib ketdi mening o‘sha ovozim 6 Shunday bo‘lmog‘iga asos bore di,chunki ular bir ko‘chada yashashgan, o‘sib-ulg‘aygan edila,bunisining asrori unisiga besh qo‘lday ayon edi. 7 Sulton Mahmud bu yoshgina yigitchaning farosatiga, iliq muomalasiga qoyil qoldi. Oilasidagilarning roziligini olib, uni saroyga keltirdi. Ayozning oyog‘idagi chorig‘i, egnidagi arzon po‘stinini yechib unga qimmatbaho ko‘ylaklar kiydirdi va xizmatiga oldi. 8 Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rar edi . 9 Ikkala qiz ham og‘zini ochmay jim o‘tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. 10 Qon yig‘latdi qaysi bag‘ri tosh,Jayron,nega ko‘zing to‘la yosh? Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh,Jayron,nega ko‘zing to‘la yosh? 11 Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir . 12 Sovuqni sovuq saqla, Issiqni issiq 13 Ne tong, axir farzandmizku shu zamonaga, Axir ona siynasian farzand tonolmas.Qo‘l ko‘tarib bo‘larmidi axir onaga, Zotan, unga qo‘l ko‘targan farzand sanalmas . 14 Fevral oyiga kelib sovuqning shashti bir pasaydi . 15 Achchiq bilan chuchukni totgan bilar,uzoq bilan yaqinni yurgan bilar. 16 Oktava – insonning hayotda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan intilishi. Bu intilish kuch-qudratingizni, buyukligingizni, yoshligingizni va salomatligingiz va sog‘ligingizni qanday timsolda ko‘rsangiz o‘shanday bo‘lishga intilishdir. 17 Mehnat bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko‘rmassan. 18 Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og‘zini tiyolmadi. 19 Bu mahbus toj-u taxt… bu saltanat… insomlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning niyati pokligiga kim ishinadi 20 Mening bu voqedan xabardorligimni unga ayta ko‘rma . 21 Sanab sanog‘iga yetolmadi 22 Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan o‘ymakor panjarali, katta va og‘ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biro z o‘ynab ketdi. @Ona_tili_va_adabiyot_N1 23 O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalarga ham uni e’tirof ettiradi. 24 Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanomoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. 25 Vatanning baxti, porloq istiqbolli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. 26 Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra,shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. 27 Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning g‘uvullashi orasida dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. 28 Xalq og‘zaki ijodida mard yigitlar bo‘ynidagi mas’ulyat ular ulg‘aygan sari ortib borishi haqida ham to‘xtatib o‘tilgan. 29 Unim yo‘q bunim yo‘q, Uyimda unim yo‘q. Ishimda unum yo‘q, Aytishga unim yo‘q. 30 Og‘zaki nutqi yashi bo‘lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi. 31 Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida tabiatning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘ltirdi. 32 Ayrim paytlarda ko‘nglim onamni qo‘msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim bog‘zimga tiqildi. 33 Unga uchragani yuragi dov bermaldi,yig‘lab uyga keldi. 34 Bu falokatga yo‘liqqan odamning jon achchig‘idagi qichqirig‘I edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. 35 Sovuqdan qulog‘im, burnim qizarib ketdi. 36 Shunaqa, singlim, odam yig‘lab-yig‘lab marza olsa,kulib-kulib sug‘orarkan. 37 Bo‘ta qaynoq choyining quruq o‘zini nonsiz ho‘plagancha o‘rnidan turarkan, birdan yuragi o‘ynab ketdi. 38 Qush negadir bo‘ynini cho‘zib tumshug‘ini osmonga qaratib silkitar, shunda azob, «tarak-tarak» degan ovoz eshitilardi. 39 Qo‘ltig‘imdagi anordan bittasini olib, yorig‘idan ikkiga ajratib, ikki qo‘lim bilan siqib, tom ishtaha bilan yeyishga tushdim. 40 O‘ynab yurib o‘choq yoniga borib qolgan o‘g‘lining qulog‘iga qizdirilgan temir tegib ketdi, u shunday chinqirdiki, onasi bechora yig‘lab turgan bolasini sira ovuta olmay qiynaldi. @Ona_tili_va_adabiyot_N1 Shohjahon Akbarov Download 211.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling