Fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy an’anaviy tamoyil; 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili; 5) etimologik yoki grafik tamoyil. Fonetik tamoyil


Farqlash (differensiasiya) tamoyili


Download 21.21 Kb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1218938
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zek yozuvi tamoyillari

Farqlash (differensiasiya) tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra og‘zaki tilda o‘xshash, yaqin talaffuz qilinuvchi bir qator so‘zlar yozuvda shaklan farqlangan holda yoziladi. Farqlashning bir necha ko‘rinishlari bor:
1) unli tovushlarga ko‘ra farqlash: jodi (asbob) – jodu (sehrli), oxir (so‘ng) – oxur (mollarning oziqlanadigan joyi), urish (fe’l) – urush (jang, muhoraba), tursin (fe’l) – Tursun (ism), kampaniya (ma’lum davr) – kompaniya (sheriklar, shirkat);
2) undosh tovushlarga ko‘ra farqlash: abzal (ot asbobi) –afzal (yaxshi), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), paqir (chelak) – faqir (kambag‘al, bechora), xush (yaxshi) – hush (sezgi, es), xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol), pakt (siyosiy bitim) – fakt (dalil , isbot), zond (medisina asbobi) – zont (soyabon);
3) urg‘u vositasida farqlash: atlas (geografik kartalar yig‘indisi) – atlas (mato, material), yangi (sifat) – yangi (ravish), olim (ilmiy kishi) – Olim (ism), guli (meva guli) – Guli (ism), bosma (ot) – bosma (fe’l), akademik (sifat) –akademik (ot), olma – olma, suzma – suzma, surma – surma, tugma – tugma, tortma – tortma kabilar;
4) unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali, aniqrog‘i yozuvda tutuq belgisini qo‘llash orqali farqlash: davo – da’vo, ayon – a’yon, sava – sa’va, alam – a’lam, tana – ta’na, sher – she’r, tarif – ta’rif, taqib – ta’qib;
5) qo‘shimchalarga ko‘ra farqlash: bo‘shlik (yuvoshlik, ojizlik) – bo‘shliq (fazo), borlik (biror narsaga egalik, mavjudlik) – borliq (dunyo, koinot), otalik (otaga xos, otalik burchi) – otaliq (otaliqqa olish), tog‘lik (tog‘da yashaydigan kishi) – tog‘liq (tog‘li joy), oqlik (belgi oti) –oqliq (sut, qatiq), og‘alik (akalik) – og‘aliq (amal nomi). Misollarimizda -lik va -liq qo‘shimchalari ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, -li va -lik qo‘shimchalari yordamida ham so‘zlar yozuvda farq qilinadi: bolali (bolasi bor kishi)- bolalik (yoshlik, bolalik vaqti), belbog‘li (belbog‘i bor kishi) – belbog‘lik (belbog‘ bo‘ladigan mato), kiyimli (kiyimi bor kishi) – kiyimlik (kiyim bo‘ladigan mato), tog‘li (tog‘li joy)- tog‘lik (tog‘likda yashovchi), onali (onasi bor) – onalik (onalik mehri) va boshqalar.

Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling