Fonetika bo’yicha maxsus test 1


Download 26.97 Kb.
bet1/12
Sana18.09.2023
Hajmi26.97 Kb.
#1680568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika maxsus(1)


Fonetika boyicha maxsus test 1 Qaysi qatorda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bo‘g‘inga ajralish o‘rni o‘zgargan so‘zlar ko‘rsatilgan? A) kitobni, dengiz, singlim B) ko‘nglim, singlim, baxtingiz C) shtangasi, singlisi, dengizim D) dengizi, singlim, sinfga
2 Monografiya so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushgan? A) 3-bo‘g‘in B) 1-bo‘g‘in C) 2-bo‘g‘in D) 4-bo‘g‘in
3 b va p undoshlari uchun birlashtiruvchi belgi noto‘g‘ri berilgan javobni belgilang. A) lab undoshilik, portlovchilik B) jarangli-jarangsizlik C) lab undoshilik D) portlovchilik
4 Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli qatnashmagan? A) tor unli B) o‘rta keng unli C) keng unli D) lablangan unli
5 v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo‘la olmaydi? A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra
6 Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq bo‘g‘in mavjud? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy) A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
7 Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) no‘..at, ..ayot C) ba..t, ogo.. D) ..il-..il, sho‘..
8 Quyidagi gapda necha o‘rinda ng undoshi qo‘llangan? Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi? A) 5 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 2 o‘rinda D) 4 o‘rinda
9 Qaysi javobda ikkinchi bo‘g‘ini unli va jarangli undoshlardan iborat bo‘lgan so‘zlar berilgan? A) qog‘oz, qo‘g‘irchoq, qalam B) qo‘shiq, qovun, qamar C) ko‘rsat, qirg‘ich, qiymat D) qasam, quloq, quyon
10 Quyida berilgan gapda nechta so‘z tarkibida qator undoshlar ishtirok etgan? Ilm egallashga harakat qilish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farz. A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta
11 Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi? A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi. C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi. D) D.Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni tushuntira olamizmi?

Download 26.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling