Fonetika bo’yicha maxsus test 1


Qaysi javobda jarangsiz jufti bo‘lmagan til orqa jarangli undoshi berilgan? A) g B) ng C) k D) g‘


Download 26.97 Kb.
bet9/12
Sana18.09.2023
Hajmi26.97 Kb.
#1680568
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fonetika maxsus(1)

100 Qaysi javobda jarangsiz jufti bo‘lmagan til orqa jarangli undoshi berilgan? A) g B) ng C) k D) g‘
101 Qaysi javobda jarangsiz jufti bor bo‘lgan til orqa undoshi berilgan? A) b B) ng C) g D)f
102 Ikki xil keng unli qator kelgan so‘zlarni toping. 1) soat; 2) muallif; 3) oila; 4) matbaa; 5) saodat; 6) sharoit; 7) zoomagazin; 8) maosh; 9) taom; 10) tamoil A) 1, 5, 8, 9 B) 1, 4, 5, 7, 8, 9 C) 2, 3, 4, 7, 8 D) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9
103 Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng unli qator kelgan so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior C) soat, muallim, muomala D) parvoyi, mavqeyi, obro‘yi
105 Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik o‘zgarish kuzatilmoqda? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
106 Hayotning ko‘p issiq-sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatilmoqda? A) 1 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi B) 2 ta tovush orttirilishi va 1 ta tovush almashishi C) 1 ta tovush orttirilishi va 2 ta tovush almashishi D) 2 ta tovush orttirilishi
107. Berilgan so‘zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg‘aluvchi undoshlar ishtirok etgan? 1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 2, 5,
108 Buni anglay olish uchun odamda mantiq qudrati bor. Berilgan gap tarkibidagi sodda yasama so‘zda qanday undosh ishtirok etmagan? A) jarangli undosh B) sirg‘aluvchi undosh C) ovozdor undosh D) lab undoshi
109 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor unlilar ishtirok etgan?
A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 5, 6
110 Ma’no urg‘usi yana qanday nomlanadi? A) leksik urg‘u B) frazaviy urg‘u C) ko‘chib yuruvchi urg‘u D) so‘z urg‘usi
111 O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. Ushbu gapda nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
112 Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi". Ushbu gapda nechta tovush o‘zgarishi ro‘y bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta
113 Qaysi gapda fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘z. qatnashmagan A) Odamning ko‘ngli nozik. B) Koinotga sig‘mas kuching bo‘lsa ham, zaiflarga ozor berma. C) To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar. D) O‘zbekistonning ravnaqi yildan yilga el og‘ziga tushmoqda.

Download 26.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling