Fonetika bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash
Download 32.5 Kb.
|
FONETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi
- Lab undoshlari Til undoshlari Bo‘g‘iz undoshi
- Chuqur til orqa
FONETIKA BO‘YICHA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad – unli va undosh harflarning hosil bo‘lish o‘rni, usuli. Undosh tovushlarning ovoz va shovqinga ko‘ra turlari o‘rganiladi; b) tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, tabiatni asrashga o‘rgatish; d) rivojlantiruvchi maqsad – mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Darsning jihozi: unli va undosh tovushlar jadvali. Darsning rejasi: Fonetika haqida ma’lumot. Unli tovushlar tasnifi. Undosh tovushlarning hosil bo‘lish o‘rni, usulini aniqlash. Berilgan savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilar bilimi aniqlanadi. So‘ngra o‘quvchilar fikri umumlashtirilib, shunday xulosaviy fikrlarni bayon qilish mumkin. Fonetikada tovush va harf, nutq a’zolari, bo‘g‘in, bo‘g‘n ko‘chirish, urg‘u singari hodisalarning o‘rganilishi aytiladi. Undosh va unli harflarni sinf taxtasiga oldindan yozib qo‘yish mumkin: b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng – a, e, i, o, u, o‘. Sinf «Chaqqon» va «Tezkor» guruhlariga bo‘linadi. «Chaqqon»lar undoshlarni, «Tezkor»lar unlilarni talaffuz qiladilar. Shu bilan birga, undoshlar va unlilarni ajratishda ularning to‘siqqa uchrashi va uchramaslik belgisiga tayanilganligini aytadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlarni jarangli va jarangsiz undoshlarning farqli belgilariga e’tiborni qaratadi. 5-mashqni bajarishda o‘quvchilar gaplarni ko‘chirib, unli va undosh tovushlarni ajratib, ularga tavsif beradilar. Namuna: b – undosh, jarangli, lab tovushi. 6-mashqni bajarishda o‘quvchilar undosh tovushlarni aniqlab berilgan jadvalga joylashtiradilar.
7-mashq shartini bajarish uchun portlovchi va sirg‘aluvchi undosh tovushlarni amaliy bajaradilar. D undoshi til uchining yuqori tishlar tirqishini jips berkitishidan og‘iz bo‘shlig‘ida qamalib yotgan havo zarb bilan til-tish orasini «yorib», «portlash»idan nosil bo‘lishi anglatiladi. M, n, ng undoshlarinig portlovchiligi burunni ikki barmoq bilan qisib, talaffuz qilish orqali oson tushuniladi. Sirg‘luvchi vndoshlar ikki nutq a’zosi jipslashishga yaqinlashganda og‘iz bo‘shlig‘ida to‘plangan havo har qanday sharoitda yo‘l topib, tirqishlardan chiqishi hisobiga hosil bo‘ladi. r, z, s tovushlarining talaffuzi o‘quvchilarning amaliy bajarishlari hisobiga aniqlansa, xotirada uzoq saqlanadi. N a m u n a : Sh sirg‘luvchi, n portlovchi, s sirg‘luvchi, t portlovchi, b portlovchi, l sirg‘luvchi, 8-mashq mustaqil bajariladi. 9-mashq uyga vazifa. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling