Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini


Olmosh, kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi


Download 101.01 Kb.
bet18/25
Sana09.12.2021
Hajmi101.01 Kb.
#179459
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
ONA TILI o'qitish metodikasi 12 tali 5 yillik sirtqi 6000

10 Olmosh, kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi

REJA:
1.Olmoshlarning gapdagi vazifasi

2.Olmosharning ma’no jihatdan turlari

3.Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari

4.Olmosharning sintaktik vazifasi

Olmosh ham mustaqil so‘zlar turkumiga mansub bo‘lib, nutqda ot, sifat, son so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanadi. Olmosh shaxs, narsa, belgi va miqdorni ko‘rsatish uchun xizmat.qiladi. Olmoshlar ham xuddi sonlar kabi boshqa so‘z turkumlaridan morfologik yoki sintaktik yo‘l bilan yasalmaydi. Biroq son va olmosh turkumiga mansub so‘zlar boshqa so‘z turkumlarini yasash uchun asos bo‘lishi mumkin: birlik, ikkilanmoq, biryo‘la, sensiramoq, sizlamoq, manmanlik, allaqachon kabi. Olmoshlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘‘a yetti guruhga bo‘linadi.

Kishilik olmoshlari. Bu turdagi olmoshlarga quyidagilar kiradi:

Birlik sonda Ko‘plik sonda

I sh. men I sh. biz

II sh. sen II sh. siz

III sh. и III sh. ular

O‘zbek tilida 1 shaxs birlik sondagi kishilik olmoshi ko‘plik sondagi I shaxs kishilik olmoshi bilan almashinib ham qo‘llanadi. Masalan: Kitoblarni men keltiraman. Kitoblarni biz keltiramiz. Ushbu gaplarning har ikkalasida ham ishni bajaruvchi birlik sondagi birinchi shaxsdir. Shuningdek, II shaxs birlikdagi kishilik olmoshi o‘rnida II shaxs ko‘plik sondagi kishilik olmoshi qo‘llanib, ko‘plikni emas, balki hurmat ma’nosini anglatadi. Masalan: Uyga sen birinchi kir. Uyga siz birinchi kiring. Har ikkila holatda ham bir kishi nazarda tutilyapti. Odatda ko‘plik ma’nosi -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda anglashiladi: Sizlar tezroq boraveringizlar, orqalaringizdan yelib boramiz. Bugun qabul tugadi, sizlami boshqa kuni yana chaqiramiz.

Kishilik olmoshi kelishiklar bilan quyidagicha turlanadi:

1. Bosh kelishik: men, sen, u, biz, siz, ular.



2. Qaratqich kelishigi: mening, sening, uning, bizning, sizning, ularning.

3. Tushum kelishigi: meni, seni, uni, bizni, sizni, ularni.

4. Jo‘nalish kelishigi: menga, senga, unga, bizga, sizga, ularga.

5. O‘rin-payt kelishigi: menda, senda, unda, bizda, sizda, ularda.

6. Chiqish kelishigi: mendan, sendan, undan, bizdan, sizdan, ulardan. Men va sen kishilik olmoshlari qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘shimchalarini olganda, ular tarkibidagi bir (i) tovushi tushib qoladi: men-ning, sen-ni shaklida emas, me-ning, se-ni shaklida bo‘ladi. Xuddi shuningdek, и kishilik olmoshi jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklarining qo‘shimchasini olganda, tarkibida bir [n] tovushi orttiriladi: u-ga, u-da, u-dan shaklida emas, balki un-ga, un-da, un-dan kabi.

Rus tilida kishilik olmoshlari kelishiklar bilan turlanganda, ularning boshlang‘ich shakllari butunlay o‘zgarib ketadi. O‘zbek tilida esa, Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, o‘z asl shaklini saqlab qoladi.



Men kishilik olmoshi o‘rnida mumtoz adabiyotda kamina faqir, qulingiz, banda kabi so‘zlar ham qo‘llanib kelingan.

O‘zbek tilida sen kishilik olmoshiga -lar ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilgan holda qo‘llanishi ham uchraydi. Bunda mensimaslik, kamsitish, istehzo, ta’na kabi ma’nolar bo‘rtib turadi. Masalan: Senior bu yerda nima qilyapsanlar? Men senlarga aytyapman. Senlarni deb shuncha g‘alvaga qoldim.

Ko‘plik sondagi birinchi shaxs biz kishilik olmoshi ham nutqda -lar ko‘plik qo‘shimchasi bilan qollanishi mumkin. Bunda ko‘plik ma’nosi yanada kuchaytiriladi. Masalan: Bu ishni biz bajaramiz. Gapdan anglashilayotgan ish-harakatni bir kishi yoki ko‘pchilik bo‘lib bajarish mumkin. Bu gap bilan qiyoslang: Bu ishni bizlar bajardik. Ish-harakat bir kishi tomonidan bajarilmagan, ko‘pchilik tomonidan bajarilgan.

O‘zlik olmoshi. O‘zbek tilida o‘zlik olmoshi о‘z so‘zidangina iborat. Rus tilida esa bu vazifani egalik olmoshlari bajaradi. O‘z olmoshi otlar bilan birikib kelganda rus tilidagi svoy olmoshiga, egalik qo‘shimchasi bilan kelganda sam belgilash olmoshiga to‘g‘ri keladi: o‘zimning uyim, o‘zingning fikring, o‘zim, o‘zing kabi. O‘zlik olmoshi avval egalik, keyin kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:



Birlik sonda

Ko‘plik sonda

I sh. o‘zim

I sh. o‘zimiz

II sh.o‘zing

II sh. o‘zingi'z

III sh. o‘zi

III sh. o‘zlari

Kelishiklar

Bosh kelishik:

o‘zim

Qaratqich kelishigi:

o‘zimning

Tushum kelishigi:

o‘zimni

Jo‘nalish kelishigi:

о‘zimga

O‘rin-payt kelishigi:

o‘zimda

Chiqish kelishigi:

о‘zimdan

Egalik qo‘shimchalarini olgan o‘zlik olmoshi uchala shaxsdagi kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: men — o‘zim, sen — o‘zing, и o‘zi, biz o‘zimiz, siz —о‘zingiz, ular о‘zlari kabi. Bu xatni men yozdim. Bu xatni o‘zim yozdim.

So‘roq olmoshlari shaxs, narsa, belgi, vaqt, miqdor va hokazolar to‘g‘risidagi so‘roq ma’nosini bildiradigan so‘zlardir. Bu tur olmoshlarga quyidagi so‘zlar kiradi:kim?nima?qanday?qanaqa?qaysi?necha?nechta?qancha? qachon ? nega ? nimaga? qani? nechanchi? kimniki? kabi.

O‘zbek tilida aksariyat so‘roq olmoshlari ko‘plikda ham qo‘llana oladi: kimlar? nimalar? qaysilari? nechtalar? qanchalar? nechalar? qachonlar? kabi.

So‘roq olmoshlari ham egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi:

Birlik va ko‘plik sonda Kelishiklar

Ish. kimim Bosh kelishik: kimim

Qaratqich kelishigi: kimimning

II sh. kiming Tushum kelishigi kimimni

III sh. kimi Jo‘nalish kelishigi: kimimga

I sh. kimimiz O‘rin-payt kelishigi: kimimda

II sh kimingiz Chiqish kelishigi: kimimdan

Ill sh. kimlari

Ko‘rsatish olmoshlari shaxs. narsa yoki belgini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: u, bu, shu, o‘sha, ushbu, mana, ana, mana shu, manabu, ana u, bunday, shunday, shunaqa, shuncha kabi. Mumtoz adabiyotda ko‘rsatish olmoshlari ul, bul, shul, o‘shal kabi ko‘rinishlarda qo‘llangan.

Ko‘rsatish olmoshlari k plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi: bularingizni, mana shulardan, ana unisini, shunisiga kabi. Odatda, ko‘rsatish olmoshi bilan bog‘langan so‘z ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib turlangan bo‘ladi, olmosh esa o‘zgarishsiz qoladi: bu kitobimga, shu ishlaringizdan, o‘sha odatini, shu bog‘imizning kabi.

Belgilash olmoshlari shaxslar, narsalarning to‘dasini, jamini, yig‘indisini bildiradi yoki ularni ajratib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. Shuningdek, belgilash olmoshlari har so‘zi bilan bir, narsa hamda so‘roq olmoshlarining birikuvidan hosil bo‘ladi: har bir, har narsa, harkim, har nima, har qanday, har qaysi, har qancha, har qachon kabi.

Belgilash olmoshlari ham egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi (bundan faqat birlik sonning I shaxsi mustasno).



Download 101.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling