Fonetika hodisalari


Ba’zi tovush orttirilishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‘ladi


Download 34.94 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi34.94 Kb.
#1064137
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Fonetik hodisalar. So’zlarda tovush ortishi Darsning a t

Ba’zi tovush orttirilishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‘ladi:
– orzu, insho kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda y tovushi qo‘shib aytiladi, yozilmaydi (orzuyim emas, orzum)
– yonma-yon kelgan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. Masalan: material, tabiat, biologiya, maishat, teatr, aeroport va hokazo.


78-mashq. Qo’yilgan muammo: Bu mashq “Bilog’on o’quvchilar” o’yini orqali sinf doskasida bajariladi. Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlardagi tovush o’zgarishlarini ikki ustunga (faqat talaffuzdagi va yozuvdagi) ajratib yozadilar.

Yechim:



yozuvda

faqat talaffuzda

O’rni (o’rin+i)
Angla (ong+la)
Sana (son+a)
Shunday (shu+n+day)
Tirikligi (tiriklik+i)
Yasha (yosh+a)
Ata (ot+a)

Organism (arganizm) - almashish
Mumkin (mumkun) - almashish





79- mashq. Qo’yilgan muammo: Bu mashqni ham doskada bajargan ma’qul. “Tingla va angla” o’yini orqali o’quvchilar tomonidan jadvalga joylanadi.
Tovush ortishi Tovush tushishi Tovush almashishi
Parvoyim (parvo+y+im) Seniki (sen+niki) Sanoq (son+a+q)
Shundan (shu+n+dan) Meni (men+ni) Ishlov (ishla+v)
Mavqeyi (mavqe+y+i) Ko’ngli ( ko’ngil-i) Varag’i ( varaq+i)
Obro’yim (obro’+y+im) Shahrimiz ( shahar+imiz) O’quvchi ( o’qi+vchi)
Pasaymoq ( past+ay) Qishlog’ingiz ( qishloq+ingiz)


Shu mashqni “Teskari usul” metodi orqali mustahkamlash ham mumkin.
Ya’ni so’zlarni asos va qo’shimchaga ajratish orqali. Bu usul ham jadvalda aks etgan.

80-mashq. Uyga vazifa. ia, io, ai, oi, ea kabi yonma-yon keladigan unlilar ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing


Masalan, doim, muallim, matbuot, faol, matbaa,jamoa, ...
Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling