Fonetika hodisalari
Download 34.94 Kb.
|
Mavzu Fonetik hodisalar. So’zlarda tovush ortishi Darsning a t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu : Fonetik hodisalar. So’zlarda tovush ortishi Darsning A) ta’limiy mqasadi
- B) tarbiyaviy maqsad
- “O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin”
SIRDARYO VILOYATI GULISTON SHAHAR 3 UMUMTA`LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI SODIQOVA SEVARANING “FONETIKA HODISALARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI Mavzu : Fonetik hodisalar. So’zlarda tovush ortishi Darsning A) ta’limiy mqasadi: o’quvchilarga fonetik hodisalar, og’zaki va yozma nutqning adabiy me’yorlari, tovush orttirilishi hodisasi, haqida tushuncha berish orqali tinglab tushuninsh va yozish komtetensiyasini singdirish; B) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga ota-bobolarimizga hurmat ruhini singdirish va tibbiy madaniyatni shakllantirish d)rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda tovush o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish; Darsni tabletka haqidagi qiziq ma’lumot bilan boshlash mumkin. Siz va bizning odatiy kun tartibimizdan joy olib ulgurgan tabletka so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, kulcha degan ma’noni anglatar ekan. O’quvchilarga tabletkalar haqidagi quyidagi savollar beriladi? 1. Tabletkalardan qachon foydalanamiz? 2. Parasetamol tabletkasidan nima maqsadda foydalanamiz? 3. Ayrim tabletkalarning o’rnini bosuvchi qanday o’simliklarni bilasiz? 4. Kattalar dorixonadan tabletka sotib olayotganda ko’pincha qaysi davlatlarda ishlab chiqarilganlarini so’rashadi? Darslikda berilgan “O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” matni audio yoki o’qituvchi yordamida o’qib eshittiriladi. O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik, miya fikrlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hech bir mubolag‘asiz hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. Lekin vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir. Vujudimizda “jon” deb atalmish omilning barhayotligi, yurib turganimizga sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir. Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, uning yurakka ta’siri boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarmasin. O‘zbekiston olimlari yurak xuruji kasalliklariga malham bo‘ luvchi “Allapi nin” degan preparatni kashf etishdi. Uning ixti ro qilinishiga o‘n yildan ziyod vaqt ketdi. Yer yuzidagi mu taxassislarning tan olishi, dorini sanoat asosida ishlab chiqarishga ham undan kam vaqt sarfl anmadi. O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkaz gan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shu preparat insoniyatga tuhfa etildi. Kashfi yotchi olimlar ilm-fan sohasidagi yuksak mukofot – Beruniy nomidagi davlat mukofoti bilan taq dirlandilar. (Sh. Jabborov) O’quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH kompotensiyasini sinab ko’rish maqsadida matn bilan bog’liq quyidagi savollar berilishi mumkin? Munosabat bildiring. 1. Mashhur tabib bobomiz Ibn Sino haqida nimalarni bilasiz? 2. Inson tanasida yurak faoliyatining o‘rni qanchalik deb o‘ylaysiz? 3. Siz qaysi sohada kashfi yot qilishni xohlar edingiz? Matnda uchragan quyidagi so’zlar sinf doskasiga va o’quvchilarning lug’at daftarlariga yozdiriladi. Download 34.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling