Fonetika, orfografiya, orfoepiya va leksikologiya bo‘limlari yuzasidan matnni tahlil qilish


Download 37.5 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1738066
Bog'liq
ona tili 2


Mavzu: Fonetika, orfografiya, orfoepiya va leksikologiya bo‘limlari yuzasidan matnni tahlil qilish.


Hayotimizda har doim qarama qarshi turadigan tushunchalar juda ko‘p. Misol sifatida, internet tarmog‘ini olsak, hayotimizning ajralmas va muhim qismiga aylangan bu vosita sabab bugun uyda o‘tirib ham dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlar orqali istalgan inson haqida maʼlumotga ega bo‘lish hamda kuzatish, hatto uzoqdagi yaqinlarimizdan hol so‘rash imkoniga egamiz. Ammo, bugun ayrim tengdoshlarimiz undan qanday foydalanish haqida hali hanuz to‘liq tushunchaga ega emas, aniqrog‘i, ularga hech kim to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatmaydi yoki nazorat qilmaydi.
Kimdir internetdan o‘z ustida ishlash, ilm olish yoki hunar o‘rganish uchun foydalansa, yana kimdir shunchaki vaqti va soģlig’ini behuda sovurib yuboryabdi. Uzluksiz, bemaqsad foydalanish esa kuchli qaramlikni keltirib chiqarishi, zamonaviy manqurtlikka olib kelishi bugun psixologlar tomonidan bot-bot takrorlanmoqda. Bunga qandaydir davo sifatida chora ko‘rish mumkinmi? Albatta, bunda yechimni qadim yunon faylasuflari igari surgan g‘oyadan topishimiz mumkin – “Ahmoqlikning davosi – kutubxona”. Javonimizdan joy olgan birgina kitob ulkan qiymatga ega bo‘lgan boylik, ziyo mashʼali. Global tarmoqdan topib bo‘lmaydigan ilm, odob, madaniyat tushunchalarini kitobdan topish mumkin. Biz cheksiz internet, cheksiz telefon imkoniyatlariga o‘rganib qolib, o‘z atrofimizdagi voqealarga befarq qarayapmiz. Virtual olamda o‘z tanishlarimiz bilan soatlab gaplashyapmiz, kamiga virtual olamda sevyapmiz, do‘stlashyapmiz, guldek oilamizni shu «do‘st»lar bilan munosabatlar orqali buzyapmiz.
Hozirgi kunga kelib butun dunyo uyali aloqa abonentlarining soni 1,9 milliardni tashkil qiladi. Yurtimizda deyarli har ikki kishining birida uyali telefon mavjud. Uyali telefondan foydalanayotgan insonga uning ta’siri 15 soniyaga qadar sezilmaydi. Agar so‘zlashuv va foydalanish vaqtini oshirsa unda yaqqol o‘zgarish seziladi, chunki alfa to‘lqinlar miya faoliyatini yomonlashtiradi va o‘zining to‘lqin xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. Inson tanasining elektromagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan qismi bosh bo‘lib, aynan shu sohada so‘zlashuv olib boriladi. Shuning uchun u insonda nurlanish jarayoni tezlashishini yana ham orttiradi. Mutaxassislar so‘zlashuv jarayonidagi insonning qon bosimini o‘lchaganida har xil yoshdagilarda bosim ko‘tarilishi aniqlangan. Xulosa qilib aytsak, har qanday ilmsizlik, tor dunyoqarash va fikrsizlikning yagona davosi kitobda yashiringan, aziz tengdoshlar!
i - old qator, tor rezonatorli, lablanmagan, o esa orqa qator, keng rezonatorli, lablangan;
a - old qator va lablanmagan;
o esa orqa qator va lablangan;
j.z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy>ishtimoiy, mazkur>maskur kabi;
Orfografiya qoidalari asosida yozilgan so‘zlar: yuboryabdi-yuboryapti,
Pozitsion o‘zgarishlar asosida yozilgan so‘zlar: Tarmoq- tarmog’ini, Ayir- ayrim, u- undan, aniqroq- aniqrog’i, shu- shunchaki, sog’liq- sog’lig’ini, u- unda,
1. Adabiyotlar ro‘yxati:
1.M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili. Darslik. MOLIYA-IQTISOD, Toshkent, 2021-yil.
2.K.Qosimova, S.Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariev
Ona tili o‘qitish metodikasi darslik. 2019 y.Toshkent
3.O‘zbek tilining izohli lug‘ati.5 jildli. 2019 yil.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling