Fonetika va fonologiya fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligi va farqlari


Download 61.08 Kb.
bet4/10
Sana28.01.2023
Hajmi61.08 Kb.
#1136627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fonetika va fonologiya fanlarining o

Nutq tovushlari tasnifi.
Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar.
Unli tovushlar faqat ovoz (un) ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning uchun unli tovushlarda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir.
Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.
Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o‘, u. Ular quyidagicha tasnif qilinadi: 1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra; 2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra; 3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ;
b) til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o‘, o
Bunday bo‘linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib ,
ko‘pincha yumshoq tanglay tomon yo‘naladi.
2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uchga bo‘linadi:
a) yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u;
b) o‘rta (o‘rta keng) unlilar: e, o‘;
v) quyi (keng) unlilar: a, o.
Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko‘ra tasnifida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi, og‘izning ochilishi darajasi hisobga olinadi. Chunonchi, i, u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning uchun og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o tovushlarini hosil qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun og‘izning ochilish darajasi ham keng bo‘ladi; e, o‘ tovushlarini hosil qilishda til va tanglay o‘rtasidagi oraliq o‘rtaga bo‘ladi, ya’ni tor ham emas, keng ham emas. Shunga ko‘ra, og‘izning ochilishi ham o‘rtacha keng darajada bo‘ladi.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi: 1) lablangan unlilar: o‘, u, o ; 2) lablanmagan unlilar: a, i, e.
Lablangan unlilarni talaffuz qilishda lablar faol ishtirok etadi, ya’ni ular oldinga intilib, doira shaklida bo‘ladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida esa, lablarning ishtiroki lablangan unlilar artikulyatsiyasiga nisbatan nofaolroq bo‘ladi.

Download 61.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling