Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari Reja


Download 67.36 Kb.
bet1/14
Sana25.02.2023
Hajmi67.36 Kb.
#1229649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari


Aim.uz

Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari
Reja:
1. Fonetikaning to‘rt aspekti.
2.Fonetikaning predmeti maqsad va vazifalari.
3. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari.
4. Fonologiya.
5.Fonemika.
6. Fonemalarning differensial va integral belgilari.
Tayanch tushunchalar.
Tovushning fizik-akustik tabiati- tovushning balandligi, kuchi, tembri,
cho‘ziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari.
Gers- tebranayotgan jismning (mas., un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki
(qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi. .
Infratovush - 16 gersdan kam chastotali tovush.
Ul`tratovush –20000 gersdan ortiq chastotali tovush.
Tovushning kuchi- 1sm2 maydondan 1sekundda ota’digan energiya miqdori. U detsibel
bilan o‘lchanadi.
Tovush tembri- tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar)
qo‘shilmasidan tarkib topuvchi sifati.
Spektograf- tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
Tovush cho‘ziqligi- tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari- tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Brok markazi - bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv
xujayralarining bir turi. .
Eshituv markazi - bosh miya qobig‘i tizimiga kiruvchi nerv xujayralarining yana bir turi.
U eshitish a`zolaridan keladigan ta`sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulyatsiya - nutq a`zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Artikulyatsiya bazasi- til egalarida shu tilga xos artikulyatsiyani amalga oshirish uchun
shakllangan psixologik va fiziologik ko‘nikmalar.

Download 67.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling