Fonologiya birligi Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi Tilning barcha fonemalari
Download 22.46 Kb.
|
leningrad
Mavzu: Leningrad fonologiya maktabi Reja: Fonologiya birligi Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi Tilning barcha fonemalari Fonologiya birligi Fonologiyaning birligi fonemalardir. Fonema – so‘z va morfemalarni shakllantiradigan va ularning ma’nolarinn farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. Fonemalar haqidagi ta’limot fonologiyadir. Fonologiya ma’lum bir tildagi fonemalar sistemasini, ularning farqlash belgilarini o‘rganadi. Fonema termini hozirgi tilshunoslikda qat’iy o‘rin olgan bo‘lsa-da, ammo uning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik tovush birligi ekani haqidagi dastlabki ma’lumot I.A.Boduen de Kurtenega mansubdir. Lekin bungacha Sharq tilshunosligida, garchi fonema termini bilan nomlanmagan bo‘lsa ham, lekin ma’no farqlash uchun xizmat qiladigai eng kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari, turkiyshunoslar, xususan, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar tovushning ma’no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar. Fonema termini tilshunoslikka Boduen tomonidan kiritildi. Boduen 1870 yildagi «XIX asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi mazkur konsepsiyasi ayni shu holda uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi. I.A.Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‘zgarib bordi. Xususan, «Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» (1981) asarida fonemani, bir tomondan, «so‘zning fonetik bo‘linmas qismi» hisoblasa, iikinchi tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tovushlarginamas, balki morfema yoki so‘zning tarkibida bo‘lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, vraщat, vorotit so‘zlaridagi «ra» va «oro» tovushlari bir morfema doirasida bir butun holda almashinadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik sifatida qarashini namoyish etdi. Shu bilan birga, xuddi shu yerning o‘zida fonemaning quyidagi ikki farqli tomoni borligini ham ko‘rsatadi: 1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyatsion) xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning harakatlanuvchi komponenti va ma’lum morfologik kategoriya belgisi. Shunday qilib, Boduen de Kurtene fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonik aspekti ham borligini e’tirof etdi. Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi. Xususan, «Tilshunoslikka kirish» (1917) asarida «inson psixikasidagi tovush haqidagi tasavvur» fonema hisoblanadi. Hozirgi kunda Rossiyada ikki fonologik maktab mavjud. Har ikki maktab vakillari Boduen de Kurtenening fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda. Download 22.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling