Fonologiya segmental fonologiya tilning segment fonemalari bilan shug‘ullanadi, shunga ko‘ra u fonemika (yoki fonematika) deb ham ataladi
Download 4.17 Kb.
|
Fonologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tizimi quyidagi oppozitsiyalarni o‘z ichiga oladi
- 2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra
- Abu Ali ibn Sino korrelatsiya haqida
- Bobur korrelatsiya xususida
Fonologiya FONOLOGIYASegmental fonologiya tilning segment fonemalari bilan shug‘ullanadi, shunga ko‘ra u fonemika (yoki fonematika) deb ham ataladi.I z o h: fonemalar so‘z tarkibida birin-ketin joylashadi, o‘zaro zanjirsimon ulanib keladi, ayni shu хususiyat fonemalarning segment birliklar ekanligini belgilaydi. Masalan, a+ t+ l+ a+ s > atlas, k +a+ t+ t+ a > katta kabi.Supersegmental fonologiya tilning supersegment birliklari - sillabema, aksentema va intonema masalalari bilan shug‘ullanadi, shunga ko‘ra u prosodiya (yoki prosodika) deb ham yuritiladi.FONOLOGIK OPPOZITSIYAIkki fonemaning bitta (ba’zan bir necha) farqlanish belgisi asosida o‘zaro zidlanishidir. Маsalan, “p” (jarangsiz) va “b” (jarangli) undoshlari «jarangsiz-jarangli»lik oppozitsiyasiga (zidlanishga) birlashadi: p – b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab–lаb) -b (lab–lab), p (portlovchi) -b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga хоs bo‘lgan uchta fonologik belgidan (artikulatsiya o‘rni, artikulatsiya usuli va jaranglilik–jarangsizlik belgilaridan) faqat bittasi (so‘nggisi) p–b oppozitsiyasiga asos bo‘lgan.Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tizimi quyidagi oppozitsiyalarni o‘z ichiga oladi:1. Tilning uch darajali ko‘tarilish belgisiga ko‘ra:а) i (yuqori tor unli) - e (o‘rta keng unli) = i - e оppozitsiyasi;b) e (o‘rta keng unli) – а (quyi keng unli) = e - а оppozitsiyasi;v) i (yuqori tor unli) - а (quyi keng unli) = i - а оppozitsiyasi;g) u (yuqori tor unli) - o‘ (o‘rta keng unli) = u - o‘ оppozitsiyasi;d) o‘ (o‘rta keng unli) - о (quyi keng unli) = o‘ - о оppozitsiyasi;е) u (yuqori tor unli) - о (quyi keng unli) = u - о оppozitsiyasi;2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra:а) i (lablanmagan) - u (lablangan) = i - u оppozitsiyasi;b) e (lablanmagan) - o‘ (lablangan) = e - o‘ оppozitsiyasi;v) а (lablanmagan) - о (lablangan) = а - о оppozitsiyasi.KORRELATSIYAKorrelatsiya - bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori (mikrosistema). Masalan, o‘zbek tili undoshlari "labial-til oldi" farqlanish belgisi asosida (p-t), (b - d), (t - n), (f -s), (v - z), (f - sh), (v - l), (v -r) korrelatsiyasiga; "labial-til orqa" farqlanish belgisi asosida (p-k), (b-g), (f-x), (v-g‘) korrelatsiyasiga; "til oldi-til orqa" farqlanish belgisi asosida (t-k), (t-q), (d-g), (s-x), (z-g‘), (n-ng) korrelatsiyasiga, "portlovchi-sirg‘aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f), (b-v), (t-s), (d-z), (t-sh), (d-j), (k-x), (g-g‘), (q-x), (k-h), (g-h) korrelatsiyasiga uyushadi (korrelatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi). Abu Ali ibn Sino korrelatsiya haqidaU o‘zining fonetikaga doir bir risolasida "dol" "to"ga qanday munosabatda bo‘lsa, "zod" "sin"ga shunday munosabatda bo‘ladi," - degan edi.Qiyos qiling: "dol" (jarangli "d") - "to" (jarangsiz "t"), "zod" (jarangli "z") - "sin" (jarangsiz "s"). Bunda jaranglilik va jarangsizlik belgilariga asoslangan d-t, z-s oppozitsiyalarining bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.Bobur korrelatsiya xususidaSo‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, yana g‘ayn va qof va kof bir-birlari bila mubaddal; bo‘lurlar emish. (“Boburnoma” 145-bet)Demak, Bobur o‘zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‘lgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyatiga oid ayrim ma’lumotlarni keltirganlagini ko ‘rish mumkinhttp://fayllar.org Download 4.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling