Форма № ко -2


Download 105.11 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi105.11 Kb.
#1507807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika ta’minoti va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish mexanizmi.

3. Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari hamda samarali

texnologiyalar


Fermer xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish, asosan, fan-texnika taraqqiyotiga bevosita bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotida – qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fanlarning rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishi nazarda tutiladi.
Fermer xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishi, mavjudlarini takomillashtirish, serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg‘or texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Respublikada fan-texnikaning taraqqiy etishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun yangi, sifatli haydov, ishlov beruvchi traktorlar, paxta terish mashinalari, kimyo sanoatida polietilen quvurlar, plyonkalar ishlab chiqarilmoqda hamda yomg‘irlatib, tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini ta’minlamoqda.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida olib borilmoqda.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo‘jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalarni, yangi navlarni, zotlarni yaratish, mavjud vositalarni takomillashtirish, mehnatning xarakterini o‘zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, ularni qayta ishlab, iste’molchilarga yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti fermer xo‘jaligida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
yangi yerlarni kompleks o‘zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta’minlanish tadbirlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish; tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, sermahsul chorva mollarini yaratish; fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; fermer xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko‘rsatish, mahsulotlarni qayta ishlab, saqlab, iste’molchilarga yetkazib berish, tadbirkorlik subyektlarini shakllantirish; fermer xo‘jaligi iqtisodiyotini erkinlashtirilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni yaratish va ularni joriy etish; fan-texnika taraqqiyoti natijalarini fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotganlarining rag‘batlantirishni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mexanizmlarni yaratish. Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi; fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratiladigan moddiy texnika resurslari fermer xo‘jaligida yangi, samarali texnologiya vujudga kelishini, bu jarayon rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Download 105.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling