Форма № ко -2


Moddiy-texnika resurslaridan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari


Download 105.11 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi105.11 Kb.
#1507807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika ta’minoti va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish mexanizmi.

2. Moddiy-texnika resurslaridan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Fermer xo‘jaligini moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu sarflanadigan mehnat hamda mablag‘ xarajatlari kamayishi, mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi ko‘payishi uchun imkoniyat yaratadi. Fermer xo‘jaligini moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash va undan foydalanish jarayonini bilishni talab etadi. Shuning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
1. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
MTRTD = (Yek+(AFq- As)+ AFs+ BDGk) ;
KXe
Bunda:
MTRTD – moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so‘m;
Yek – qishloq xo‘jalik yerlarining qiymati (so‘mda);
Afk – asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati (so‘mda);
As – asosiy vositalarning o‘rtacha yillik eskirish summasi (so‘mda); Afs – aylanma vositalarning o‘rtacha yillik summasi (so‘mda); BGk – bog‘lar, tokzorlarning o‘rtacha yillik summasi (so‘mda).
Bu ko‘rsatkich yordamida har bir fermer ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 ga qishloq xo‘jalik yeriga yoki ekin maydoniga qancha so‘mlik moddiy-texnika resurslari to‘g‘ri kelayotganligi aniqlanadi. Uning miqdori talab, ya’ni me’yor darajasida bo‘lishi kerak.
Fermer xo‘jaligining MTR ta’minlanganlik darajasini, masalan, asosiy va aylanma fondlar yoki haydov, chopiq traktorlari bilan ta’minlanganlik darajasini shu ko‘rsatkichning tarkibidagi boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham alohida-alohida aniqlash mumkin.

  1. Energetik resurslar bilan ta’minlanganlik – energetik resurslarning ekin maydoniga nisbati bilan aniqlanadi.

E rt = EmERk(KXe) ;
Bunda:
Ert – energetik resurslar bilan ta’minlanganlik; ERk – jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida); Em(Kxe) – jami ekin maydoni (qishloq xo‘jalik yerlari).


  1. Download 105.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling