Форма № ко -2
Moddiy-texnika resurslariga
Download 105.11 Kb.
|
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika ta’minoti va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish mexanizmi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga
- Chetdan jalb etiladigan mablag‘lar
- Fermer xo‘jaliklariga moddiy resurslar yetkazib berish ko‘rsatkichlari tahlili (2005).
Moddiy-texnika resurslariga – ishlab chiqarishning moddiy vositalari, binolar, inshootlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, urug‘liklar, yem-xashaklar, yonilg‘i-moylash, qurilish va boshqa materiallar kiradi.
Moliyaviy resurslariga – davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xo‘jaliklarning joriy, valuta hisoblaridagi, g‘aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aksiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olayotgan mablag‘lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‘lar kiradi. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari quyidagilar: Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga – mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi. Chetdan jalb etiladigan mablag‘lar – Irrigatsiya-melioratsiyaga, ekologiyaga hamda ijtimoiy sohalarga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan mahsulotlarga davlat hisobidan ajratiladigan transh mablag‘lari, tijorat institutlarining kredit mablag‘lari, investitsiyalar, homiylardan, hamkorlardan va boshqa manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar kiradi. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan fermerlar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalansa, barcha turdagi tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshiriladi. Tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi ta’minot korxonalari fermer xo‘jaliklarini moddiy texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to‘lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy texnika ta’minoti o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo‘jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar o‘z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak. 6.1.2-jadval. Fermer xo‘jaliklariga moddiy resurslar yetkazib berish ko‘rsatkichlari tahlili (2005).
Shartnoma bo‘yicha mineral o‘g‘it va dizel yonilg‘isi olingan bo‘lib, shartnoma bo‘yicha respublika fermer xo‘jaliklariga 367,2 ming tonna o‘g‘it yetkazib berilishi kerak edi. Aslida 339,4 ming tonna yoki 27,8 ming tonna yetkazib berilmadi. O‘g‘it hisobiga hosilning uchdan bir qismi yaratilsa – haqiqatda ushbu hosil olinmay qoladi. Dizel yonilg‘isi bo‘yicha respublikadagi 125,7 ming fermer xo‘jaligidan 84,8 mingta fermer ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzgan. Shartnoma bo‘yicha 509,5 ming tonna yonilg‘i yetkazib berilishi kerak bo‘lsa, haqiqatda 391,0 ming tonna yoki 118,5 ming tonna ta’minlab berilmadi. Xo‘jalikning mahsulot ishlab chiqarish uchun moddiy resurslari yetarli bo‘lmasa, mahsulot hajmi ham oshmaydi. Shuning uchun, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishlari kerak. 2005-yilda respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklarida paxtachilikda hosildorlik 19,0 sentnerni tashkil etdi. O‘tgan 1993-2005- yillar ichida 1990yilda olingan 27,7 s/gadan kamayish 1995-yilda 24 s/ga dan (3,7 s/ga yoki 13,4 %), 2000-yilda 18,9 s/gacha (8,8 s/ga yoki 31,8%); o‘rtacha kamayishi esa 6,7 sentnerni tashkil qildi. Ushbu yillar ichida paxta hosildorligining keskin pasayishi ba’zi bir obyektiv va subyektiv omillar (almashlab ekish tizimining buzilishi, mineral va organik o‘g‘itlarni solish me’yorining kamayishi, suv tanqisligi, yerlarning meliorativ holatining yomonlashuvi va sho‘rlanish darajasining kuchayishi, agrotexnologik jarayonlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazmaslik, hasharotlar, o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kurashish) tufayli bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan davr ichida paxtachilikda hosildorlikning pasayishiga ta’sir etadigan eng asosiy 8 ta omilning 4 tasi joylarda o‘simliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashlarning yetarli darajada olib borilmasligiga ko‘proq bog‘liq ekan. Ushbu holatning bir nechta obyektiv va subyektiv sabablari mavjud bo‘lib, eng asosiysi, hali joylarda o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish, hasharot va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish shoxobchalarining samarali faoliyat ko‘rsatmasligi, ularning yetuk va tajribali kadrlar bilan ta’minlanmaganligi natijasida belgilangan tadbirlarni talab darajasida olib borilmasligi; «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi va hududiy «Qishloqxo‘jalik-kimyo» bo‘linmalari fermer xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarining tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini «biznes-reja»ga asosan, aniq hisoblangan me’yorlar bo‘yicha mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanmasliklari natijasida ro‘y bermoqda. Yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotida hududlar o‘rtasidagi katta tafovut, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi tomonidan transh mablag‘larida vegetatsiya davrlari bo‘yicha yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa moddiy xarajatlar summasining to‘liq ko‘zda tutilmasligi yoki mablag‘larni xarajatlar turlariga nomutanosib tarzda taqsimlanishi; transh mablag‘larini haqiqatda qilingan sarf-xarajatlar bo‘yicha taqsimot ishlarida mahalliy hokimiyatlarning noqonuniy aralashishi va ba’zi bir boshqa xarajat turlariga ortiqcha mablag‘larni o‘tkazib yuborishlari; joylarda paxta va g‘alla maydonlarida yuqori hosil olish uchun qo‘shimcha agrotexnika tadbirlarining o‘tkazilishi yoki tabiiy ofatlar natijasida qo‘shimcha maydonlarga qayta ekin ekish jarayonlari uchun zarur miqdorda yonilg‘i-moylash materiallari ta’minotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasligi; joylarda fermer xo‘jaliklari tomonidan yonilg‘i-moylash materialari uchun o‘z vaqtida pul mablag‘larining o‘tkazib bermasligi sabab bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining yonilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish, xo‘jalik subyektlari o‘rtasida debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini kamaytirish maqsadida, 2004-yildan boshlab yonilg‘imoylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘i-moylash materiallarini fond orqali taqsimot usuli bilan bir vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun ortiqcha yonilg‘imoylash materiallarini tovar xomashyo birjasi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Agroservis xizmati ko‘rsatish korxonalarini tashkil etishda asosiy masala, ya’ni ularni qay darajada mijozlarga yaqin va qulay masofada joylashganligi hisoblanib, bunda buyurtmachilarning xizmat xarajatlarining tejalishi, barcha xizmatlarning arzon, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga erishiladi. Tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari o‘z hududlarida fermer xo‘jaliklarini turli xil servis xizmatlariga bo‘lgan talablarini muntazam kuzatib borishga ixtisoslashgan marketing bo‘limlarini tashkil etib, ular dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi zarur. Download 105.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling