Форма № ко -2
Download 105.11 Kb.
|
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari moddiy-texnika ta’minoti va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish mexanizmi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ilg‘or
texnologiyalariQishloq xo‘jaligi yerlariga ishlov berishning bizga odat bo‘lib qolgan usuli tuproqdagi hayvonot dunyosiga, chuvalchanglar, qo‘ng‘izlarga va boshqa mikroorganizmlarga o‘zining salbiy fizik ta’sirini ko‘rsatmoqda. Fermerlar 49 yilga ijaraga olgan yerning ekologik holatiga: tuproq unumdorligi, suvdan foydalanish darajasi hamda texnologik jarayonlarining o‘z vaqtida bajarilishiga javobgar ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning ilg‘or, tejamkor texnologiyalarini targ‘ib qilish bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shudgorsiz ekish, yerga hech qanday mexanik ishlov bermaslik, odatda, oldindan gerbitsit moddalarini ishlatib, o‘simliklarni ekish, ba’zida esa urug‘larini to‘g‘ri joylashtirish uchun kichik g‘ovaklar hosil qilishdir. Yerga minimal ishlov berish bo‘yicha tadqiqotlar dastlab AQSH, Yangi Zelandiya va Shotlandiyada o‘tkazilgan. «Ay-Si-Ay» firmasi 1961-yilda «parakvat» qo‘llash bilan shudgorsiz ekishni tavsiya qilishdan oldin iloji boricha hal qilish lozim bo‘lgan muammolardan biri tuproq bilan birikkandan so‘ng, kuchini yo‘qotib, parchalanib ketuvchi gerbitsitning qo‘llanilishi yerdagi o‘simliklarni nobud qilish bilan birga, tuproqqa mexanik ishlovsiz to‘g‘ridanto‘g‘ri ekish imkonini berishini aniqlagan. Respublikamiz sharoitida suv-yer resurslarini tejash texnologiyalaridan biri bu bug‘doy va paxtani pushtaga ekish texnologiyasi hamda irrigatsiya tizimini takomillashtirish (latoklarni qo‘llash) dir. Fermerlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yer va suv resurslarini tejashda har bir m2 yer maydoniga sarflanadigan xarajat va olinadigan foyda miqdorini oshirishdir. Yil davomida issiqxonadan foydalanish bilan gullar yetishtirish, uzum yetishtirish, gidrofonda har xil mahsulot yetishtirish va boshqalar. Yuqorida keltirilgan usul va uslublardan tashqari, maslahat beriladigan ish yuritish texnologiyalaridan biri bu aralash ekinlar hamda bir vaqtning o‘zida chorvachilik bilan parrandachilikni ham rivojlantirishdir. Qisqacha xulosalarFermer xo‘jaligi moddiy-texnika resurslaridan foydalanishi natijasida ishlab chiqarish jarayonida yuqori samaradorlikka erishadi. Unda jonli mehnat sarfi tejalib, mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yangi fan-texnika, texnologiya va chet el tajribalarini qo‘llash hisobiga ham samaradorlikka erishilmoqda. Respublikamiz agrar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan chet el texnikalari va texnologiyalari talab darajasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari keng yoritilgan bo‘lib, resurslardan foydalanish ko‘rsatkichlari hisob-kitob qilinmoqda. Amaliyotga ushbu yangi texnikalarning ish faoliyati samaradorligini aniqlash uslublarini joriy etish zarur. Download 105.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling